Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

109-modda. Bank kafolati 
(1-q.)
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari oʻzgargan taqdirda va ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqni toʻlash majburiyati bank kafolati bilan taʼminlanishi 
mumkin. 
(2-q.)
Agar soliq toʻlovchi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini va tegishli penyalarni 
belgilangan muddatda toʻlamasa, bank kafolati tufayli bank (kafolat beruvchi) soliq organlari 


oldida soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatini toʻliq hajmda bajarish 
majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 
(3-q.)
Bank kafolati quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) kafolat qaytarib olinmaydigan va boshqa shaxsga oʻtkazilmaydigan boʻlishi kerak; 
2) kafolatda soliq organi tomonidan kafolat beruvchiga ushbu moddada nazarda tutilmagan 
hujjatlarni taqdim etishga doir koʻrsatma boʻlishi mumkin emas; 
3) amal qilish muddati, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
soliq toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan taʼminlangan soliq toʻlash majburiyatini bajarishning 
belgilangan muddati oʻtadigan kundan eʼtiboran kamida olti oydan keyin tugashi kerak; 
4) qaysi summaga berilgan boʻlsa, oʻsha summa kafolat beruvchi tomonidan soliq 
toʻlovchining soliqni va tegishli penyalarni toʻlash boʻyicha majburiyati, agar ushbu Kodeksda 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlashi kerak; 
5) kafolat beruvchi tomonidan ushbu bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash 
toʻgʻrisidagi talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, soliq organi tomonidan 
toʻlash majburiyati bank kafolati bilan taʼminlangan summalarni kafolat beruvchidan undirish 
choralari qoʻllanilishini nazarda tutishi kerak. 
(4-q.)
Kafolat beruvchidan undirish, agar soliq organining mazkur talabnomasi kafolat 
beruvchiga bank kafolatining amal qilish muddati tugagunga qadar yuborilgan boʻlsa, ushbu 
Kodeksning 121 va 123-moddalarida nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda amalga 
oshiriladi. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishi bank 
kafolati bilan taʼminlangan soliq belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan 
taqdirda, soliq organi soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati tugagan kundan 
eʼtiboran besh kun ichida kafolat beruvchiga bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash haqida 
talabnoma yuboradi. 
(6-q.)
Bank kafolati boʻyicha majburiyat kafolat beruvchi tomonidan u bank kafolati 
boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisida talabnoma olgan kundan eʼtiboran besh kun ichida 
bajarilishi lozim. 
(7-q.)
Kafolat beruvchi soliq organiga bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash 
toʻgʻrisidagi talabnomani qanoatlantirishni rad etishga haqli emas (bundan bank kafolati berilgan 
muddat tugaganidan keyin kafolat beruvchiga talabnoma taqdim etilgan hollar mustasno). 
(8-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar penyalar va jarimalarni toʻlash boʻyicha 
majburiyatning bajarilishini taʼminlovchi bank kafolatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi. 
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda va 
shartlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki chet el yuridik shaxsi tomonidan 
soliqni toʻlash majburiyati xalqaro reyting agentliklarining yuqori reytingiga ega boʻlgan chet el 
bankining bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin. Chet el bankining bunday kafolati ushbu 
modda uchinchi qismining 1-4-bandlarida nazarda tutilgan talablarga mos boʻlishi kerak. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish