Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

108-modda. Kafillik 


(1-q.)
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari oʻzgargan taqdirda va ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqlarni toʻlash majburiyati kafillik bilan taʼminlanishi 
mumkin. 
(2-q.)
Kafillik tufayli kafil, agar soliq toʻlovchi tegishli soliq summalarini va tegishli 
penyalarni belgilangan muddatda toʻlamasa, soliq organlari oldida soliq toʻlovchining soliqlarni 
toʻlash boʻyicha majburiyatini toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oladi. 
(3-q.)
Kafillik fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq organi va kafil 
oʻrtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchi kafillik bilan taʼminlangan soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatini 
bajarmagan taqdirda, kafil va soliq toʻlovchi solidar javobgar boʻladilar. 
(5-q.)
Toʻlanishi boʻyicha majburiyat kafillik bilan taʼminlangan soliq belgilangan muddatda 
toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, soliq organi soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi 
talabnomani bajarish muddati tugagan kundan eʼtiboran besh kun ichida kafillik shartnomasi 
boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisida kafilga talabnoma yuboradi. 
(6-q.)
Agar kafil kafillik shartnomasi boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisidagi 
talabnomani belgilangan muddatda bajarmasa, soliq organi ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda 
tutilgan tartibda va muddatlarda ushbu kafildan toʻlash majburiyati uning kafilligi bilan 
taʼminlangan summalarni majburiy ravishda undirish choralarini qoʻllaydi. 
(7-q.)
Kafil shartnomaga muvofiq oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajargach, kafil 
tomonidan toʻlangan summalarni, shuningdek shu summalar boʻyicha foizlarni hamda soliq 
toʻlovchining majburiyatlari bajarilishi munosabati bilan koʻrilgan zararlarning oʻrni qoplanishini 
soliq toʻlovchidan talab qilish huquqi unga oʻtadi. 
(8-q.)
Yuridik yoki jismoniy shaxs kafil boʻlishi mumkin. 
(9-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha bitta majburiyatga nisbatan bir vaqtning oʻzida bir nechta 
kafilning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi. 
(10-q.)
Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora sifatida kafillik 
belgilanishida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar soliq toʻgʻrisidagi qonun 
hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolik qonun hujjatlarining qoidalari 
qoʻllaniladi. 
(11-q.)
Ushbu moddaning qoidalari yigʻimlarni toʻlashdagi kafillikka nisbatan ham 
qoʻllaniladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish