Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

8-BOB. SOLIQ HISOBOTI 
81-modda. Soliq hisobotini tuzish 
82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi 
83-modda. Soliq hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish 
84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati 
81-modda. Soliq hisobotini tuzish 
(1-q.)
Soliq toʻlovchining har bir soliq turi yoki toʻlangan daromadlar boʻyicha hisob-
kitoblarni va soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga hamda soliq deklaratsiyalariga 
doir ilovalarni oʻz ichiga oladigan, soliq toʻlovchilarning va soliq agentlarining soliq 
majburiyatlarini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlari soliq hisobotidir. 


(2-q.)
Soliq hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakllarda 
tuziladi. 
(3-q.)
Soliq hisoboti soliq organlariga shaxs faqat soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladigan 
soliqlar boʻyicha taqdim etiladi. 
(4-q.)
Soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik soliq 
toʻlovchining yoki soliq agentining zimmasiga yuklanadi. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchining soliq hisoboti uning tanloviga koʻra soliq organlari tomonidan 
tuzilishi mumkin. Bunda soliq hisobotini tuzish va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga 
muvofiq kiritilgan qism) 
82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi 
(1-q.)
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan 
shaklda qogʻoz yoki elektron shaklda ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi 
lozim boʻlgan hujjatlar bilan birga taqdim etiladi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim boʻlgan 
hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli. 
(3-q.)
Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq 
hisobotini oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar boʻyicha elektron 
hujjat tarzida taqdim etadi. 
(4-q.)
Yirik soliq toʻlovchilar, joylashgan yeridan qatʼi nazar, soliq hisobotini Yirik soliq 
toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.
(5-q.)
Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari qoidalari davlat sirlari jumlasiga 
kiritilgan axborotni taqdim etishga nisbatan qoʻllanilmaydi. 
(6-q.)
Soliq hisoboti blankalari soliq organlari tomonidan bepul taqdim etiladi. 
(7-q.)
Soliq hisoboti ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchi tomonidan 
soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi yoxud pochta joʻnatmasi tarzida 
joylanmalar roʻyxati bilan yuborilishi mumkin.
(8-q.)
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq hisobotini soliq toʻlovchi nomidan soliq 
toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida taqdim etishga haqli. 
(9-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etilgan soliq 
hisobotini qabul qilishni rad etishga haqli emas. 
(10-q.)
Soliq hisoboti qogʻozda olingan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchining iltimosiga 
koʻra, soliq hisobotining koʻchirma nusxasiga uning qabul qilib olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyishi 
va u olingan sanani koʻrsatishi shart. 


(11-q.)
Soliq hisoboti, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilgan holda taqdim etiladi. 
(12-q.)
Soliq toʻlovchi va uning vakolatli vakili soliq hisobotida koʻrsatilgan 
maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlab, unga imzo qoʻyadi. 
(13-q.)
Agar soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini soliq 
toʻlovchining vakolatli vakili tasdiqlasa, soliq hisobotida bu haqda tegishli belgi qoʻyiladi. Bunda 
soliq hisobotiga ushbu vakilning uni imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatning 
koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. 
(14-q.)
Soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda vakilning uni imzolashga boʻlgan 
vakolatini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali 
elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. 
(15-q.)
Soliq hisoboti soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim 
etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(16-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga 
muvofiq soliq hisobotini taqdim etish majburiyati zimmasiga yuklatilgan soliq agentlariga va 
boshqa shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish