Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

470-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq 
hisobotlarini taqdim etish va 
soliqni toʻlash tartibi 
(1-q.)
Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
boʻlsa, hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil 
ravishda aniqlanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi 
tahririga qarang) 
(2-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, hisobot davri 
yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining 
mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. 
(3-q.)
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga 
quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 
1) hisobot davri yakunlari boʻyicha - hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan 
kechiktirmay; 
2) soliq davri yakunlari boʻyicha - soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan 
kechiktirmay. 
(4-q.) 
Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliqni toʻlash tegishli hisobot (soliq) davri 
uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 


470-1-modda. Qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasi 
boʻyicha soliq toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda) 
(1-q.) 
Soliq toʻlovchilar qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtish toʻgʻrisida oʻzi 
soliq hisobida turgan joydagi soliq organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 
tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar oʻn kundan kechiktirmay 
xabardor qiladi. 
(2-q.) 
Yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar davlat roʻyxatidan oʻtish chogʻida qatʼiy 
belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli.
(3-q.) 
Qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga soliq davri mobaynida oʻtilgan taqdirda, 
soliq miqdori qatʼiy belgilangan summani oʻn ikkiga boʻlish va olingan natijani joriy soliq 
davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(4-q.) 
Agar soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summadagi soliq toʻlovchining jami 
daromadi besh yuz million soʻmdan oshsa, u holda qatʼiy belgilangan summadagi soliq summasi 
bunday oshish roʻy bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oxiriga qadar jami daromadi besh 
yuz million soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib 
chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi. 
(5-q.) 
Soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashdan qoʻshilgan qiymat 
soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qatʼiy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu 
soliqlarni toʻlashga oʻtish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda toʻlanadi. 
(6-q.) 
Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada 
soliq toʻlashni rad etishga va oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, navbatdagi soliq davri 
boshlanishiga qadar oʻn kundan kechiktirmay xabardor qilgan holda, soliqni ushbu Kodeks 467-
moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli. 
(7-q.) 
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisidan dividendlar tarzida 
olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi. 
(8-q.) 
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi mazkur soliq boʻyicha va 
dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish 
majburiyatidan ozod qilinadi. 
(9-q.) 
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi qoʻshilgan qiymat soligʻini 
va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli 
aktivlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi. 
(10-q.) 
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchilari soliqni kalendar oyidan 
keyingi oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish