Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

51-modda. Xedjirlash 
(1-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida xedjirlash operatsiyalari deganda soliq toʻlovchi uchun 
noxush oqibatlarni (toʻliq yoki qisman) kamaytirish (kompensatsiya qilish) maqsadida muddatli 
bitimlarning moliyaviy vositalari (shu jumladan harxil turlari bilan) amalga oshiriladigan 
operatsiyalar (operatsiyalar majmui) tushuniladi.
(2-q.)
Bunday noxush oqibatlar jumlasiga, xususan, zarar koʻrish, tushumning yoki 
foydaning kamayishi, mol-mulk bozor qiymatining kamayishi, narxning, foiz stavkasining, milliy 
valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining yoki xedjirlash obyekti (obyektlari) boshqa 
koʻrsatkichining (koʻrsatkichlari majmuining) oʻzgarishi oqibatida soliq toʻlovchining 
majburiyatlari koʻpayishi kiritilishi mumkin. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchining mol-mulki, mulkiy huquqlari va uning xedjirlash operatsiyasini 
amalga oshirish sanasida bajarilish muddati yetib kelmagan majburiyatlari xedjirlash obyektlari 
deb eʼtirof etiladi. 
(4-q.)
Amalga oshirilishi (bajarilishi) tarafning shartnoma boʻyicha talab qoʻyishi bilan 
bogʻliq boʻlgan hamda ularga nisbatan soliq toʻlovchi xedjirlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan 
talab qilish huquqlari va majburiyatlar xedjirlash obyektlari boʻlishi mumkin. 
(5-q.)
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining xedjirlash operatsiyasi uchun 
foydalaniladigan asos aktivlari xedjirlash obyektidan farq qilishi mumkin. 
(6-q.)
Xedjirlash maqsadida har xil turdagi muddatli bitimning bittadan ortiq moliyaviy 
vositasini, shu jumladan xedjirlash muddati ichida bitta xedjirlash operatsiyasi doirasida muddatli 
bitimlarning bir nechta moliyaviy vositalarini tuzishga yoʻl qoʻyiladi. 


(7-q.)
Soliq toʻlovchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyani 
xedjirlash operatsiyasi jumlasiga kiritish asoslanganligini tasdiqlash uchun xedjirlash 
operatsiyasiga doir bitimni tuzish sanasida soliq toʻlovchining taxminlaridan kelib chiqqan holda 
ushbu operatsiyaning amalga oshirilishi narxning, bozor kotirovkasining, valyuta kursining yoki 
xedjirlash obyekti boshqa koʻrsatkichining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan noxush oqibatlarni 
kamaytirish imkonini berishini tasdiqlovchi maʼlumotnomani tuzadi.
(8-q.)
Agar bitta xedjirlash operatsiyasi maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalari bilan bogʻliq operatsiyalar majmuidan foydalanilsa, bunday maʼlumotnoma ushbu 
bitimlar majmuining birinchisi tuzilgan sanadagi holatga koʻra tuziladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish