Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

340-modda. Soliqni toʻlash tartibi 
(1-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliqni toʻlash hisobot 
(soliq) davri yakunlari boʻyicha, tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish 
muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar 
hisobga olingan holda besh milliard soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar ushbu moddaning 
uchinchi - oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovlarini hisobot 
davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi.
(3-q.)
Joriy soliq davrining birinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak 
toʻlovining summasi oʻtgan soliq davrining oxirgi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik 
boʻnak toʻlovi summasiga teng etib qabul qilinadi. 
(4-q.)
Joriy soliq davrining ikkinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak 
toʻlovining summasi joriy yilning birinchi hisobot davri uchun soliq hisoboti boʻyicha hisoblab 
chiqarilgan foyda soligʻi summasining uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. 
(5-q.)
Joriy soliq davrining uchinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak 
toʻlovining summasi yarim yillik yakunlariga koʻra soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan 
foyda soligʻining summasi va birinchi chorak yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda 
soligʻining summasi oʻrtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
(6-q.)
Joriy soliq davrining toʻrtinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak 
toʻlovining summasi toʻqqiz oylik yakunlariga koʻra soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan 
foyda soligʻining summasi va yarim yillik yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda 
soligʻining summasi oʻrtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. 
(7-q.)
Agar ushbu moddaning uchinchi - oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan 
har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli 
chorakda amalga oshirilmaydi.
(8-q.)
Soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot 
davri mobaynida besh milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini 
bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi. 
(9-q.)
Boʻlish yoki ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etish natijasida yangidan tashkil 
etilgan yuridik shaxs, jami daromadining miqdoridan qatʼi nazar, har oylik boʻnak toʻlovlarini, 
agar boʻlish yoki ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq boʻyicha har 
oylik boʻnak toʻlovlarini bunday qayta tashkil etish amalga oshirilgan soliq davrida hisoblab 
chiqargan boʻlsa, ikkita kelgusi soliq davri mobaynida toʻlaydi. 


(10-q.)
Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha hisobot (soliq) davri mobaynida toʻlangan 
har oylik boʻnak toʻlovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq hisoboti boʻyicha hisoblab 
chiqarilgan soliqni toʻlash chogʻida hisobga olinadi. 
(11-q.)
Har oylik boʻnak toʻlovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Bunda soliq toʻlovchi kelgusi chorak birinchi oyining 15 sanasidan kechiktirmay joriy 
chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi 
toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Kutilayotgan foyda 
summasi asossiz kamaytirib koʻrsatilgan taqdirda soliq organlari soliq toʻlovchilar tomonidan 
taqdim etiladigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga 
oʻzgartirishlar kiritishga haqli. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 
(Oldingi tahririga qarang) 
(12-q.)
Jami yillik daromadning miqdoridan qatʼi nazar, soliq hisobotini soliq boʻyicha faqat 
soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini 
toʻlamaydi. 
(13-q.)
Soliq toʻlovchi tugatilganda soliq tugatish yakunlanguniga qadar toʻlanishi lozim. 
(14-q.)
Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq 
xizmati organi har oylik boʻnak toʻlovlarini hisoblashni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan bunday 
axborot olingan oydan eʼtiboran toʻxtatib turadi. 
(15-q.)
Faoliyat tiklangan va tugatish jarayoni toʻxtatilgan taqdirda, har oylik boʻnak 
toʻlovlarini hisoblash ularni hisoblash toʻxtatilgan oydan eʼtiboran tiklanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish