Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi 
(1-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi ushbu 
Kodeksning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan 
tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan 
qoʻllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning 
(xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi. 
(2-q.)
Xaridorlarga realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani amalga oshirish sanasida 
chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq toʻlovchi soliq bazasini bunday chegirmalar 
(tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi. 
(3-q.)
Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidan 
kelib chiqqan holda aniqlanadi: 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
1) tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda; 
2) agar ushbu Kodeksning 239-moddasi birinchi qismi 2-bandida yoki ikkinchi qismining 2-
bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda 
(koʻrsatishda); 
3) yuridik shaxsning mol-mulkidan ushbu Kodeksning 239-moddasi toʻrtinchi qismi 6-
bandiga muvofiq shaxsiy maqsadlarda foydalanishda. 
(4-q.)
Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori 
boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq toʻlovchi bunday qaror 
yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga 
qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli. 
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni 
realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida 
budjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.
(6-q.)
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan 
tovarlar ishlab chiqarish boʻyicha xizmatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ularni qayta 
ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, unga soliqni kiritmagan holda, aksiz toʻlanadigan 
tovarlar boʻyicha esa ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, ushbu Kodeksga 
muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻi hisobga olingan holda aniqlanadi. 
(7-q.)
Obyektlarni qurishda, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor qilib 
qurishda, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy 
ishlarni, shuningdek uzoq texnologik (bir hisobot davridan ortiq) davriylikdagi boshqa uzoq 
muddatli shartnomalarni bajarishda soliq bazasi har bir kalendar oyning oxirida haqiqatda 
bajarilgan ishlar hajmining ushbu Kodeksning 303-moddasiga muvofiq soliq bazasi kiritilmagan 
holda aniqlanadigan qiymati asosida aniqlanadi. Agar shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar 
bilan taʼminlash majburiyati buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan 
mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, soliq bazasi bajarilgan hamda 
tasdiqlangan ishlarning qiymatidan kelib chiqqan va buyurtmachi materiallarining qiymatini soliq 
bazasiga kiritmagan holda aniqlanadi.
(8-q.)
Jismoniy shaxslarga mehnat haqi hisobiga yoki dividendlar toʻlovlari hisobiga tovarlar 
berilganda (xizmatlar koʻrsatilganda), shuningdek ushbu Kodeksning 239-moddasi toʻrtinchi 


qismi 3-bandida belgilangan hollarda soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning 
birinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan qiymatidan kelib chiqqan va soliqni hisobga olgan holda 
aniqlanadi. 
(9-q.)
Erkin bojxona hududining bojxona rejimiga soliq toʻlamasdan joylashtirilgan tovar 
yoʻqotilganda soliq bazasi ushbu Kodeksning 254-moddasi birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi. 
(10-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) olishga boʻlgan huquqni beruvchi vaucherni realizatsiya 
qilish chogʻida vaucherning soliq hisobga olingan holdagi qiymati soliq bazasi boʻladi. 
(11-q.)
Olib sotish uchun jismoniy shaxslardan olingan avtomobillar va uy-joy koʻchmas 
mulk obyektlari realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan, 
realizatsiya qilish narxi va sotib olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. 
(12-q.)
Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq 
xarajatlari chegirilmaydigan soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun oʻzi ishlab chiqargan 
tovarlardan foydalanilganda (oʻz kuchi bilan xizmatlar koʻrsatilganda), soliq bazasi ushbu 
tovarlarning (xizmatlarning) bunday soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan 90 kun davomida 
realizatsiya qilingan aynan shunday (ular mavjud boʻlmaganda shunga oʻxshash) tovarlarning 
(xizmatlarning) oʻrtacha oʻlchangan narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan qiymati 
sifatida, koʻrsatilgan davrda bunday realizatsiya mavjud boʻlmaganda esa aksizlar hisobga olingan 
(aksizosti tovarlar uchun) va soliq qoʻshilmagan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(13-q.)
Ushbu boʻlimga muvofiq realizatsiya qilishga doir aylanmalari soliq solinmaydigan 
aylanmalar boʻlgan chiptalar, abonementlar, yoʻllanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan 
hujjatlar) va xizmatlarni olish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar realizatsiya qilingan taqdirda, 
soliq bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va ularni sotib olish narxi 
oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
(14-q.)
Soliq bazasini aniqlashning boshqa shartlar va holatlarni hisobga oladigan oʻziga xos 
xususiyatlari ushbu Kodeksning 249-256-moddalarida belgilanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish