Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Aktiv va passiv faoliyatdan



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

206-modda. Aktiv va passiv faoliyatdan 
olinadigan daromadlar 
(1-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining daromadlarini aniqlashda ushbu 
Kodeksning maqsadida uning quyidagi daromadlari hisobga olinadi: 
1) ushbu chet el kompaniyasi tomonidan olingan dividendlar; 
2) yuridik shaxslarning, boshqa shaxslarning yoki ular birlashmalarining foydasini yoki mol-
mulkini taqsimlash natijasida, shu jumladan ularni tugatish chogʻida taqsimlash natijasida 
olinadigan daromadlar; 
3) har qanday turdagi qarz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan foydada ishtirok etish 
huquqiga ega boʻlgan obligatsiyalar va ayirboshlanadigan obligatsiyalar boʻyicha foizli daromad; 
4) royalti; 
5) chet el huquqi boʻyicha yuridik shaxs boʻlmagan chet el tashkilotida aksiyalarni 
(ulushlarni) realizatsiya qilishdan va (yoki) huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishdan olinadigan 
daromadlar; 
6) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga (hosila moliyaviy vositalariga) doir 
operatsiyalar boʻyicha daromadlar; 
7) koʻchmas mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar; 
8) mol-mulkni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, shu 
jumladan lizing operatsiyalaridan olinadigan daromadlar, bundan dengiz yoki havo kemalarini va 
(yoki) transport vositalarini, shuningdek xalqaro tashishlarda foydalaniladigan konteynerlarni 
ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olinadigan daromadlar mustasno. Bunda lizing oluvchi 
tomonidan lizing predmetini olish va undan foydalanish bilan bogʻliq lizing operatsiyalaridan 
olinadigan daromad lizing toʻlovining lizing beruvchiga lizingga berilgan mol-mulk qiymatini 
toʻlashni chiqarib tashlangan holdagi barcha summasidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi; 
9) investitsiya pay fondlarining investitsiya paylarini realizatsiya qilishdan (shu jumladan 
toʻlanishidan) olinadigan daromadlar; 
10) maslahat berish, yuridik, buxgalterlik, auditorlik, injiniring, reklama, marketing 
xizmatlari, axborotga ishlov berish xizmatlari koʻrsatishdan, shuningdek ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar; 
11) xodimlarni taqdim etishga oid xizmatlardan olinadigan daromadlar; 
12) ushbu modda birinchi qismining 1-11-bandlarida koʻrsatilgan daromadlarga oʻxshash 
boʻlgan boshqa daromadlar
13) boshqa daromadlar. 


(2-q.)
Ushbu Kodeksning maqsadida ushbu moddaning birinchi qismi 1-12-bandlarida 
koʻrsatilgan daromadlar passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb, ushbu moddaning birinchi 
qismi 13-bandida koʻrsatilgan daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb eʼtirof 
etiladi. 
(3-q.)
Agar bunda chet el kompaniyasining asosiy faoliyati ushbu modda birinchi qismining 
3-bandida koʻrsatilgan daromadlarni olishga yoʻnaltirilgan boʻlsa va chet davlatning (hududining) 
qonunchiligiga muvofiq maxsus litsenziya asosida amalga oshirilsa, koʻrsatilgan daromadlar aktiv 
faoliyatdan olinadigan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin. Xususan, banklar uchun bunday 
daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish