46-modda. O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan
olinadigan daromadlar
Daromadlar O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar
yoki O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar
jumlasiga kiritilishi mumkin.
Ushbu Kodeks maqsadlarida O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy
faoliyatdan olingan daromadlar va O’zbekiston Respublikasining yurisdiktsiyasi,
huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari hamda iqtisodiy munosabatlarning
boshqa sub’ektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa
daromad O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga
kiradi.
Bunday daromadlar jumlasiga, quyidagilar kiradi:
37
1) O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan olingan dividendlar;
2) O’zbekiston Respublikasining qarz majburiyatlari bo’yicha olingan foizlar,
shu jumladan chiqarilishi va muomalasi shartlari foizlar tarzida daromadlar olishni
nazarda tutadigan davlat qimmatli qog’ozlari;
3) har qanday turdagi qarz majburiyatlari (shu jumladan foydada ishtirok etish
huquqiga ega bo’lgan obligatsiyalar va ayirboshlanadigan obligatsiyalar) bo’yicha
O’zbekiston
Respublikasining
yuridik
shaxslaridan,
yakka
tartibdagi
tadbirkorlardan va (yoki) chet ellik yuridik shaxslardan ularning O’zbekiston
Respublikasidagi doimiy muassasalari faoliyati bilan bog’liq holda olingan foizlar;
4) istalgan nomoddiy aktivdan O’zbekiston Respublikasida foydalanganlik
uchun yoki ushbu nomoddiy aktivdan foydalanish huquqini berganlik uchun royalti;
5) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar:
a) aktsiyalar (fond birjasida realizatsiya qilinadigan aktsiyalar bundan
mustasno), yuridik shaxslar bo’lgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav
kapitalidagi (fondidagi) ulush (pay);
b) O’zbekiston Respublikasida joylashgan ko’chmas mulk;
v) mulkiy majmua sifatida O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
korxona;
g) O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan investitsiya
fondlarining investitsiya paylari. Ushbu daromadlarga soliq solish xususiyatlari
ushbu Kodeksning 339-moddasida belgilanadi.
6) norezidentga tegishli bo’lgan va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish
doirasidagi komissiya, komissiya shartnomalari va boshqa shunga o’xshash
fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida O’zbekiston Respublikasi rezidenti orqali
realizatsiya qilingan daromadlar. Ushbu bandda ko’rsatilgan daromadlar norezident
tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar uchun olingan summaning ularni olish
qiymatidan oshganligi, hujjatlashtirilgan holda belgilanadi. Tovarni sotib olish
qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmaganda, to’lov manbaida
foydalaniladigan soliqni ushlab qolish norezident tomonidan olingan barcha
summadan amalga oshiriladi;
7) O’zbekiston Respublikasida yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni sug’urta
qilish, birgalikdagi sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha
to’langan sug’urta mukofotlari;
8) O’zbekiston Respublikasi norezidentiga sim, radio, optik yoki boshqa
elektromagnit tizimlar orqali belgilarni, signallarni, matnlarni, tasvirlarni,
tovushlarni uzatganlik, qabul qilganlik va ishlov berganlik uchun O’zbekiston
Respublikasi rezidentlari tomonidan to’lovni nazarda tutadigan xalqaro aloqa
xizmatlari uchun to’lovlar;
9) xalqaro yuk tashish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdan keladigan daromadlar,
shu jumladan yuk tashish shartnomasida nazarda tutilgan haq, yukni ortish, qayta
ortish, tushirish va joylash uchun to’lanadigan haq. Xalqaro tashish deganda turli
davlatlarda, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida joylashgan punktlar o’rtasida
amalga oshiriladigan yo’lovchilar, bagaj, yuklarni, shu jumladan pochtani, daryo
38
yoki havo kemasi, avtomobil yoki temir yo’l transportida har qanday tashish
tushuniladi.
Ushbu bandning maqsadlari uchun faqat O’zbekiston Respublikasidan
tashqarida joylashgan punktlar o’rtasida, shuningdek faqat O’zbekiston
Respublikasi hududida joylashgan punktlar o’rtasida amalga oshiriladigan tashishlar
xalqaro tashishlar deb tan olinmaydi;
10) O’zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga
berish yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olingan daromadlar, shu jumladan lizing
operatsiyalaridan olingan daromadlar, dengiz, daryo, havo kemalari va (yoki)
boshqa transport vositalarini, shuningdek konteynerlarni ijaraga berish yoki
ikkilamchi ijaraga berishdan olingan daromadlar;
11) xalqaro tashishlarda va O’zbekiston Respublikasi hududida tashish paytida
transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko’rsatishdan olinadigan daromadlar. Bu holda
soliq solinadigan daromad bu yukni jo’natuvchidan (yuk oluvchidan) olingan va yuk
tashuvchisiga to’lanishi kerak bo’lgan summa, yuk tashuvchining tegishli
boshlang’ich hujjatlari bilan tasdiqlangan summa o’rtasidagi farq sifatida
hisoblangan mukofot summasidir. Yuk tashuvchining tegishli dastlabki hujjatlari
bo’lmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi norezidentiga to’langan barcha
summaga ushbu Kodeks 365-moddasining 3-bandida belgilangan stavkalar bo’yicha
soliq solinadi.
12) O’zbekiston Respublikasida quvurlar, elektr uzatish liniyalari, optik tolali
va (yoki) simsiz aloqa tarmoqlari, boshqa aloqa vositalaridan, shu jumladan
kompyuter tarmoqlaridan foydalanishdan olinadigan daromadlar.
13) O’zbekiston Respublikasida mehnat yoki boshqa majburiyatlarni,
bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan haq. Bunda O’zbekiston
Respublikasi yuridik shaxslarining boshqaruv organlari (direktorlar kengashi yoki
boshqa shunga o’xshash organlar) direktorilariga va a’zolariga ish haqi va shunga
o’xshash boshqa to’lovlar, ular o’zlarining boshqaruv vazifalarini qaerda
bajarganligi yoki ko’rsatilgan haqlarni to’lash manbalaridan qat’i nazar, O’zbekiston
Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar hisoblanadi. Xuddi shu
qoidalar ko’rsatilgan mukofotlar va chet ellik yuridik shaxslarning boshqaruv
organlari a’zolariga - O’zbekiston Respublikasi soliq rezidentlariga to’lanadigan
to’lovlarga nisbatan qo’llaniladi;
14) shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarimalar, penyalar va boshqa
to’lovlar;
15) O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulkka xizmat
ko’rsatish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar;
16) bepul berilgan mol-mulk, xizmatlar. Bepul olingan (ko’rsatilgan xizmatlar)
mol-mulk qiymati ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan tartibda
belgilanadi.
17) talab qilish huquqini bergan norezident uchun O’zbekiston Respublikasida
doimiy muassasa orqali faoliyat ko’rsatuvchi rezidentga yoki yuridik shaxs bo’lgan
norezidentga qarzni undirish huquqini berishdan olinadigan daromadi.
39
Bunda bunday daromadning miqdori norezidentning dastlabki hujjatlariga
binoan, topshirilgan da’vo huquqining qiymati va qarzdordan talab huquqi berilgan
sanada olinadigan talab qiymati o’rtasidagi ijobiy farq shaklida aniqlanadi;
19) O’zbekiston Respublikasida doimiy vakolatxona orqali faoliyat
ko’rsatuvchi rezident yoki norezident yuridik shaxsdan, talab qilish huquqini olgan
norezident uchun qarzni talab qilish huquqini olishda talab qilish huquqini berishdan
olinadigan daromad.
Bunda bunday daromadning miqdori asosiy qarzning iltimosiga binoan
qarzdordan olinadigan summa, shu jumladan da’vo tayinlangan sanadagi asosiy
qarzdan oshib ketgan summa va da’voni sotib olish qiymati o’rtasidagi ijobiy farq
shaklida aniqlanadi;
20) diskka va (yoki) aloqa kanaliga serverga ma’lumot joylashtirish hamda
unga xizmat ko’rsatish xizmatlarini taqdim etishdan olinadigan daromadlar;
21) boshqaruv, texnik yoki maslahat tusidagi xizmatlar uchun to’lov sifatida
belgilangan texnik xizmatlardan keladigan daromadlar;
22) ushbu Kodeksning 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan oddiy shirkat
shartnomasi asosida qo’shma faoliyatda qatnashishdan olingan daromadlar;
23) norezidentning O’zbekiston Respublikasi hududida xizmat ko’rsatishdan
olingan boshqa daromadlari.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga kiritilmaydi:
faqat bunday operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs nomidan va uning
manfaatlarini ko’zlab amalga oshiriladigan va faqat O’zbekiston Respublikasida
tovarlar sotib olish yoki tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
bilan bog’liq bo’lgan tashqi savdo operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan banklarning vakillik
hisobvaraqlarini ochish va yuritish bilan bog’liq xizmatlarni taqdim etishdan,
shuningdek ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishdan, shuningdek xalqaro
to’lov kartochka orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlarni bajarish, xizmatlar
ko’rsatishdan olinadigan daromadlar, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida
nazarda tutilgan ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan daromadlar
mustasno.
O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish bilan bog’liq
operatsiyalarga nisbatan ushbu qoida quyidagi shartlar mavjud bo’lgan holda ichki
iste’mol uchun chiqarish bojxona tartib-taomilida olib kirishga nisbatan qo’llaniladi:
1) tovarni etkazib berish ushbu shaxs tomonidan O’zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan saqlash joylaridan (shu jumladan bojxona omborlaridan) olib
borilganda;
2) tovar chet el yuridik shaxsining O’zbekiston Respublikasidagi doimiy
muassasasi orqali sotilmasa.
Agar ushbu moddaning beshinchi qismida ko’rsatilgan shartlarning kamida
bittasi bajarilmasa, O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan
40
daromadlari
bo’lgan tovarlarni sotishda ushbu shaxsning O’zbekiston
Respublikasidagi faoliyati bilan bog’liq daromadlarning bir qismi tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |