O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

33-modda. O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari 
bo’lgan jismoniy shaxslar, O’zbekiston Respublikasining soliq 
rezidentlari bo’lmagan jismoniy shaxslar 
Tegishli maqomi aniqlanadigan joriy soliq davrida boshlanadigan yoki 
yakunlanadigan har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr mobaynida jami bir 
yuz sakson uch kalendar kunidan kam bo’lmagan muddat O’zbekiston 
Respublikasida haqiqatda turgan jismoniy shaxslar O’zbekiston Respublikasining 
soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi. 
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari mazkur moddada belgilangan o’ziga 
xos xususiyatlar va O’zbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga oid 
xalqaro shartnomalari qoidalari inobatga olingan holda qo’llaniladi. 
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O’zbekiston Respublikasida jami bir 
yuz sakson uch kundan kam bo’lgan muddat, biroq boshqa biror bir davlatda 
turganidan ko’proq muddat turgan bo’lsa, u O’zbekiston Respublikasining soliq 
rezidenti deb e’tirof etiladi. 
Agar jismoniy shaxs mehnatga oid uzoq muddatli bitimni yoki ushbu 
moddaning birinchi – uchinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini 
tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etsa, u soliq organlariga bergan o’z arizasiga 
ko’ra O’zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilishi mumkin. 
Jismoniy shaxsning O’zbekiston Respublikasida turishining haqiqiy davri 
uning qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki o’qish uchun O’zbekiston 
Respublikasi hududidan tashqariga chiqish davrida uzilmaydi. 
Ushbu modda maqsadlarida chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan 
shaxsning: 
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo’lgan shaxs sifatida; 
2) O’zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo’lgan xalqaro shartnomaga ko’ra 
tashkil etilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida; 
3) basharti ushbu shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilmagan 
bo’lsa, ushbu qismning 1-bandida ko’rsatilgan shaxslarning oila a’zosi sifatida 
turgan vaqti O’zbekiston Respublikasida haqiqatda turish vaqti jumlasiga kirmaydi. 
O’zbekiston Respublikasining xorijda xizmatni o’tayotgan harbiy 
xizmatchilari, 
shuningdek 
davlat 
hokimiyati 
organlarining 
O’zbekiston 
Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborilgan xodimlari, O’zbekiston 
Respublikasida haqiqatda turgan vaqtidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasining 
soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda turganlikni tasdiqlash uchun 
O’zbekiston Respublikasiga kirish (undan chiqish) kuni O’zbekiston 
Respublikasining chegara nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organi va (yoki) 
chet davlatning shunday vakolatli organi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga 


22 
va (yoki) O’zbekiston Respublikasiga kirish (undan chiqish) hujjatlariga chet 
davlatlarning davlat chegaralarini kesib o’tganlik to’g’risida kiritiladigan belgi 
asosida, shuningdek soliq organida mavjud bo’lgan, qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida 
aniqlanadi. 
Agar ushbu modda to’qqizinchi qismining qoidalari jismoniy shaxsning 
O’zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda turgan vaqtini aniq belgilash 
imkonini bermasa, jismoniy shaxs soliq organiga o’zining kalendar yil (yillar) 
davomida haqiqatda turgan joyini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarni (ularning 
ko’chirma nusxalarini), shuningdek uning haqiqatda turgan joyini aniqlash uchun 
asos bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan istalgan boshqa hujjatlarni (ularning 
ko’chirma nusxalarini) taqdim etadi: 
1) shaxsini tasdiqlovchi hujjatni; 
2) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, O’zbekiston Respublikasida 
vaqtinchalik yashashi uchun berilgan ruxsatnomani; 
3) haqiqatda turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlarni. 
Agar bir vaqtning o’zida ushbu modda va O’zbekiston Respublikasining soliq 
solish masalalariga doir xalqaro shartnomalari qoidalariga muvofiq jismoniy shaxsni 
ham O’zbekiston Respublikasining, ham chet davlatning soliq rezedenti deb e’tirof 
etish uchun asoslar mavjud bo’lsa, uning soliq rezidentligi ushbu xalqaro shartnoma 
qoidalariga muvofiq aniqlanadi. Bunda quyidagi shartlardan loaqal bittasi bajarilgan 
taqdirda, jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi O’zbekiston 
Respublikasida deb e’tirof etiladi: 
1) jismoniy shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari O’zbekiston 
Respublikasida yashasa; 
2) O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsga va (yoki) uning eriga 
(xotiniga) va (yoki) uning yaqin qarindoshlariga mulk huquqi yoki boshqa asoslarda 
tegishli bo’lgan, istalgan vaqtda uning yashashi va (yoki) eri (xotini) va (yoki) uning 
yaqin qarindoshlari yashashi mumkin bo’lgan ko’chmas mol-mulkning mavjudligi. 
O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lmagan jismoniy shaxslar 
O’zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish