O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


  128-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor bo’lmagan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 


128 
128-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor bo’lmagan 
jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish 
 
Agar yakka tartibdagi tadbirkor bo’lmagan jismoniy shaxs (bundan buyon 
ushbu moddada jismoniy shaxs deb yuritiladi) soliq to’lash bo’yicha majburiyatini 
belgilangan muddatda bajarmagan bo’lsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy 
shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to’g’risidagi ariza (bundan buyon ushbu 
moddada undirish to’g’risidagi ariza deb yuritiladi) bilan sudga murojaat qilishga 
haqli. 
Undirish to’g’risidagi arizaga soliq organining talabnomani ta’minlash 
tartibida javobgarning mol-mulkini xatlab qo’yish haqidagi iltimosnoma ilova 
qilinishi mumkin. 
Undirish to’g’risidagi arizaning nusxasi u sudga berilgan kundan 
kechiktirilmay soliq organi tomonidan soliq qarzi undirilayotgan jismoniy shaxsga 
yuboriladi. 
Undirish to’g’risidagi ariza, agar jismoniy shaxs soliq qarzining umumiy 
summasi bir million so’mdan oshadigan bo’lsa, soliq organi tomonidan sudga 
beriladi. 
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to’g’risidagi 
ishlarni ko’rib chiqish O’zbekiston Respublikasining protsessual qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida soliq qarzini jismoniy 
shaxsning mol-mulki hisobidan undirish ushbu moddada nazarda tutilgan o’ziga xos 
xususiyatlarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish quyidagilarga 
nisbatan ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi: 
1)
bankdagi hisobvaraqlaridagi pul mablag’lariga; 
2)
naqd pul mablag’lariga; 
3)
boshqa shaxslarga shartnoma bo’yicha egalik qilishga, foydalanishga, 
tasarruf etishga berilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga 
o’tmagan holda, agar soliq majburiyati ijrosini ta’minlash uchun bunday 
shartnomalar belgilangan tartibda bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan 
bo’lsa; 
4)
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan 
boshqa mol-mulkka, bundan jismoniy shaxsning yoki uning oilasi a’zolarining 
kundalik shaxsiy foydalanishi uchun mo’ljallangan mol-mulk mustasno. 
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirishning ushbu 
moddaning ettinchi qismida belgilangan ketma-ketligini buzishga yo’l qo’yilmaydi. 
Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablag’lari bo’lmagan mol-mulki hisobidan 
undirilgan taqdirda, soliq qarzi bunday mol-mulk realizatsiya qilingan va qarz 
tushgan summalar hisobidan to’langan paytdan e’tiboran to’langan deb hisoblanadi. 


129 
Mazkur mol-mulk xatlab qo’yilgan kundan e’tiboran va tushgan summalar 
byudjet tizimiga o’tkazilgan kunga qadar soliqlarni o’z vaqtida to’lamaganlik uchun 
penyalar qo’shib hisoblanmaydi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish