O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

124-modda. 
Soliq 
qarzini 
banklardagi 
hisobvaraqlardagi pul mablag’lari hisobidan undirish 
 
Soliq qarzi belgilangan muddatda to’lanmagan yoki to’liq to’lanmagan 
taqdirda, soliq qarzini undirish undiruvni banklardagi hisobvaraqlardagi pul 
mablag’lariga qaratish yo’li bilan majburiy tartibda amalga oshiriladi. 
Ushbu moddaning qoidalari faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi 
tadbirkorlardan undirishga nisbatan qo’llaniladi. 
Soliq qarzini majburiy tartibda undirish to’lanmagan soliq qarziga ega bo’lgan 
soliq to’lovchidan yoki soliq agentidan, ushbu Kodeksning 123 va 125-moddalarida 
nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa shaxslardan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Bundan buyon mazkur bobda ushbu qismda ko’rsatilgan barcha shaxslar majbur 
shaxslar deb ataladi. 
Soliq qarzini undirish soliq organining qaroriga ko’ra (bundan buyon ushbu 
moddada undirish to’g’risidagi qaror deb yuritiladi), majbur shaxsning hisobvarag’i 
ochilgan bankka ushbu mazkur shaxsning hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish va 


123 
zarur pul mablag’larini byudjet tizimiga o’tkazish uchun inkasso topshiriqnomasini 
yuborish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Soliq organining majbur shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablag’larini 
hisobdan chiqarish va byudjet tizimiga o’tkazishga doir inkasso topshirig’ining 
shakli hamda uni bankka yuborish tartibi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
belgilanadi.
Undiruv to’g’risidagi qaror, soliq to’lovchi tomonidan bank hisobvarag’iga 
to’lov topshiriqnomasi qo’yilmagan taqdirda, soliq qarzini uzish uchun belgilangan 
muddat o’tganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay qabul qilinadi. 
Soliq organining majbur shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablag’larini 
hisobdan chiqarish va byudjet tizimiga o’tkazishga doir inkasso topshiriqnomasi 
O’zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan navbatda 
bank tomonidan so’zsiz bajarilishi lozim. 
Soliq organining majbur shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablag’larini 
hisobdan 
chiqarish 
va 
byudjet 
tizimiga 
o’tkazishga 
doir 
inkasso 
topshiriqnomasining amal qilishi: 
1) ushbu Kodeks 104-moddasining o’n to’rtinchi qismiga muvofiq qaror qabul 
qilinganda soliq organining tegishli inkasso topshiriqnomasining amal qilishini 
to’xtatib turish to’g’risidagi qaroriga; 
2) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuqori turuvchi soliq organining 
qaroriga ko’ra, to’xtatib turiladi. 
Inkasso topshiriqnomasining amal qilishi soliq organining ushbu to’xtatib 
turishni bekor qilish to’g’risidagi qaroriga ko’ra tiklanadi. 
Soliq organlari majbur shaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablag’larini 
hisobdan chiqarish va byudjet tizimiga o’tkazishga doir bajarilmagan (to’liq yoki 
qisman) inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olish to’g’risida quyidagi hollarda 
qaror qabul qiladi: 
1) ushbu Kodeksning 11-bobiga muvofiq soliq qarziga nisbatan kechiktirish 
yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati taqdim etilganda; 
2) soliq qarzi uzilganda, shu jumladan ushbu Kodeksning 12-bobiga muvofiq 
ortiqcha to’langan yoki ortiqcha undirilgan summalar hisobga olinishi munosabati 
bilan soliq qarzi uzilganda; 
3) ushbu Kodeksning 99-moddasiga muvofiq undirilishi umidsiz deb e’tirof 
etilgan soliq qarzi hisobdan chiqarilganda; 
4) ushbu Kodeksning 85-moddasiga muvofiq taqdim etilgan aniqlashtirilgan 
soliq hisoboti bo’yicha soliq summalari va penyalar kamaytirilganda. 
Soliq qarzini undirish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi 
hisobvaraqlardan, bunday hisobvaraqlarda mablag’lar etarli bo’lmagan taqdirda esa, 
valyuta hisobvaraqlaridan amalga oshirilishi mumkin. 
Majbur shaxsning valyuta hisobvaraqlaridan soliq qarzini undirish O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining valyuta sotiladigan sana uchun belgilangan kursi 
bo’yicha O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida undiriladigan summaga 
ekvivalent summada amalga oshiriladi. 


124 
Valyuta hisobvaraqlarida turgan mablag’larni undirish chog’ida soliq 
organining rahbari (rahbar o’rinbosari) inkasso topshiriqnomasi bilan bir vaqtda 
bankka majbur shaxsning valyutasini sotish uchun topshiriqnoma yuboradi. Ushbu 
topshiriqnoma bank tomonidan, u olingan kundan keyingi operatsiya kunidan 
kechiktirmay bajariladi. Chet el valyutasini sotish bilan bog’liq xarajatlar shu majbur 
shaxsning hisobidan amalga oshiriladi. 
Soliq organining majbur shaxsning bankdagi hisobvaraqlaridan pul 
mablag’larini hisobdan chiqarish va byudjet tizimiga o’tkazishga doir inkasso 
topshiriqnomasi bank tomonidan inkasso topshiriqnomasi olingan kundan keyingi 
bir operatsiya kunidan kechiktirmay, valyuta hisobvaraqlaridan undirishda esa ikki 
operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi. 
Agar bank tomonidan soliq organining inkasso topshiriqnomasi olingan kunda 
majbur shaxsning hisobvaraqlarida uni bajarish uchun pul mablag’lari etarli 
bo’lmasa, inkasso topshiriqnomasi shu hisobvaraqlarga pul mablag’lari kelib 
tushishiga qarab, har bir bunday tushum kunidan keyingi bir yoki ikki operatsiya 
kunidan kechiktirmay, hisobvaraq valyutasiga bog’liq holda bajariladi. 
Mazkur 
inkasso 
topshiriqnomasi 
bank 
tomonidan 
O’zbekiston 
Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan to’lovlar navbati tartibini 
hisobga olgan holda bank tomonidan bajariladi. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilaridan 
banklardagi hisobvaraqlardagi pul mablag’lari hisobidan soliq qarzini undirishning 
o’ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 125-moddasida belgilanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish