O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
366-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab 
chiqarish tartibi 
 
Norezidentning 
O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan 
daromadlariga solinadigan soliq summasi, ushbu Kodeksning 
368-moddasida 
nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, soliq bazasining soliq 
stavkasiga muvofiq foizdagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. 
Soliq summasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
O’zbekiston Respublikasining norezidentiga daromadni to’lash sanasidagi 
belgilangan kurs bo’yicha, ushbu Kodeksning 
368-moddasida 
nazarda tutilgan 
xususiyatlarni hisobga olgan holda, hisoblab chiqariladi va to’lanadi. 
Norezidentlarga to’lanadigan daromadlardan olinadigan soliq summasini 
hisoblab chiqarish va ushlab qolish soliq agenti tomonidan daromadlarning barcha 
turlari bo’yicha amalga oshiriladi, bundan quyidagilar mustasno: 
1) soliq agenti norezident tomonidan to’lanadigan daromad norezidentning 
O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasiga taalluqli ekanligi va soliq 
agentining ixtiyorida norezident soliq organida norezidentning doimiy muassasasi 
sifatida hisobda turganligi to’g’risida soliq organi tomonidan tasdiqlangan 
ma’lumotnoma borligi haqida xabardor qilingan hollar; 
2) norezidentga to’lanadigan daromadga nisbatan ushbu Kodeksning 
365-
moddasida 
0 foizli soliq stavkasi nazarda tutilgan hollar; 


351 
3) mahsulot taqsimoti to’g’risidagi bitimlarni bajarish chog’ida olingan 
daromadlar to’lanadigan hollar, agar O’zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlarida bunday daromadlarni norezidentga to’lash chog’ida ularni O’zbekiston 
Respublikasida soliqni ushlab qolishdan ozod qilish nazarda tutilgan bo’lsa; 
4) xalqaro shartnomalarga muvofiq O’zbekiston Respublikasida soliq 
solinmaydigan daromadlar to’lanadigan hollar, basharti tegishli daromadni olish 
uchun haqiqiy huquqqa ega bo’lgan norezident tomonidan soliq agentiga ushbu 
Kodeks 
370-moddasida 
nazarda tutilgan tasdiqnoma taqdim etilgan bo’lsa. 
Soliq agenti tomonidan norezidentga xalqaro shartnomalarga muvofiq 
O’zbekiston Respublikasida kamaytirilgan stavkalar bo’yicha soliq solinadigan 
daromadlar to’langan taqdirda daromadlardan soliq summasini hisoblab chiqarish 
va ushlab qolish tegishli kamaytirilgan stavkalar bo’yicha, norezident tomonidan 
soliq agentiga ushbu Kodeks 
370-moddasida 
nazarda tutilgan tasdiqnoma taqdim 
etilgan taqdirda amalga oshiriladi. Ushbu qism qoidalari ushbu Kodeksning 
7-
moddasi 
qoidalari hisobga olingan holda qo’llaniladi. 
Daromadni to’lash deganda, norezidentga daromadni to’lash amalga 
oshiriladigan joydan qat’i nazar, quyidagilar tushuniladi: 
1) naqd pul va (yoki) naqd pulsiz shaklda pullarni, qimmatli qog’ozlarni, 
ishtirok etish ulushini, tovarlarni, mol-mulkni berish; 
2) O’zbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga nisbatan 
tuziladigan bitimlar (voz kechish haqi, bir turdagi muqobil talabnomani hisobga 
o’tkazish, talab qilish huquqidan o’zganing foydasiga voz kechishni hisobga 
o’tkazish, yangilik, qarzni kechib yuborish); 
3) bajarishning imkoni bo’lmaganligi yoki qarzdor va kreditor ayni bir shaxs 
ekanligi tufayli daromadni to’lash majburiyatining tugashi. 
Agar daromad norezidentga pulsiz shaklda yoki o’zaro hisobga o’tkazishlar 
yo’li bilan to’lansa, shuningdek agar ushlab qolinishi lozim bo’lgan soliq summasi 
norezidentning pul shaklida olinadigan daromadi summasidan ortiq bo’lsa, agar 
ushbu moddaning o’n uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, 
soliq agenti soliqni norezidentning pulsiz shaklda olinadigan daromadini tegishli 
tarzda hisoblab chiqarilgan summada byudjetga o’tkazishi shart. 
Norezidentning daromadlariga soliq solish O’zbekiston Respublikasining 
mazkur norezidenti tomonidan o’z daromadlarini uchinchi shaxslarning, boshqa 
davlatlardagi o’z bo’linmalarining foydasiga va boshqa maqsadlarda tasarruf 
etishdan qat’i nazar amalga oshiriladi. 
Sug’urta badallaridan daromadlar bo’yicha soliqlarning to’langan summalari 
sug’urta hodisasi yuzaga kelganda qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Sug’urta hodisasi yuzaga kelganda sug’urta uchun to’lov bo’yicha xarajatlar 
o’zidan soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolingan va to’langan norezident 
bo’lgan sug’urtalovchi daromadlarining kamayishi hisobiga o’tkazishga qabul 
qilinadi. Mazkur qayta hisoblash norezidentga daromadni to’lagan va daromadni 
to’lash chog’ida soliqni ushlab qolgan soliq agenti tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin.


352 
Soliq summasi ushlab qolinmaganda yoki O’zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomalari qoidalari g’ayriqonuniy ravishda qo’llanilganda va bu mazkur 
soliqning ushlab qolinmasligiga yoki to’liq hajmda ushlab qolinmasligiga sabab 
bo’lganda soliq agenti ushlab qolinmagan summani va u bilan bog’liq bo’lgan penya 
summasini qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga kiritishi shart.
Soliq agenti tomonidan ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq norezidentning 
daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi o’z mablag’lari hisobidan uni 
ushlab qolmagan holda to’langan taqdirda, soliq agentining soliqni to’lov manbaida 
ushlab qolish va o’tkazish bo’yicha majburiyati bajarilgan deb hisoblanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish