O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
361-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan 
daromadlar (xarajatlar) 
 
O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining 
shunday norezidentning bosh ofisi yoki boshqa tuzilmaviy bo’linmalari oldidagi 
majburiyatlari bo’yicha yuzaga keladigan kursga oid farqlar O’zbekiston 
Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi daromadlari (xarajatlari) jumlasiga 
kiritilmaydi. 
 


348 
362-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab qolingan 
soliqni hisobga o’tkazish tartibi 
 
O’zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan doimiy muassasa 
belgilariga javob beradigan faoliyatdan, doimiy muassasa sifatida davlat soliq 
xizmati organida hisobga qo’yishga qadar olingan daromadlarga ushbu Kodeksning 
50-bobida 
belgilangan tartibda soliq agentida soliq solinishi lozim. Bunda soliq 
agenti tomonidan uning ushlab qolingan soliq O’zbekiston Respublikasi norezidenti 
O’zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa 
sifatida hisobga qo’yilganidan keyin soliq majburiyatlarini uzish hisobidan hisobga 
olinishi lozim. 
Hisobga olish soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinganligini tasdiqlovchi 
hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi. 
 
50-bob. Norezidentlarning doimiy muassasa bilan bog’liq
bo’lmagan daromadlariga soliq solishning o’ziga xos
xususiyatlari 
 
363-modda. Umumiy qoidalar 
Norezidentning O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy 
muassasa bilan bog’liq bo’lmagan daromadlariga solinadigan soliq norezidentga 
daromadni to’lovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi hamda ushbu 
Kodeksning 
46-moddasida 
ko’rsatilgan daromadlarni har bir to’lanish chog’ida 
ushlab qolinadi.
Soliq ushbu Kodeksning 
365-moddasida 
nazarda tutilgan stavkalar bo’yicha 
hisoblab chiqariladi. 
Agar norezidentlar tomonidan uskunalarni (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi 
qismlar va ehtiyot qismlarni) olishga (sotishga) doir, montaj va (yoki) ishga 
tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni o’qitish bo’yicha xizmatlar hamda boshqa 
xizmatlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tashqi savdo shartnomalarida 
ko’rsatiladigan xizmatlar summasi alohida ko’rsatilmagan bo’lsa, bu holda 
norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday uskunalar (qurilmalar, 
mexanizmlar, butlovchi qismlar va ehtiyot qismlar) qiymatining 20 foizi miqdorida 
belgilanadi.
Ushbu 
modda 
uchinchi 
qismning 
qoidalari 
uskunalarni 
(qurilmalar,mexanizmlar, butlovchi qismlar va ehtiyot qismlarni) olishga doir 
bo’lgan, norezidentlar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash ishlarini 
amalga oshirish, ular tomonidan xodimlarni o’qitish va boshqa xizmatlar ko’rsatish 
nazarda tutilmagan tashqi savdo shartnomalari (kontraktlari) bo’yicha uskunalarni 
montaj qilish, o’rnatish yoki ishga tushirish-sozlash davrida O’zbekiston 
Respublikasi hududida norezidentning vakillari hozir bo’lishi fakti aniqlangan 
taqdirda ham qo’llaniladi. 


349 
Xizmatlar ko’rsatishga doir shartnomada O’zbekiston Respublikasi hududida 
ham, undan tashqarida ham norezident tomonidan xizmatlar ko’rsatilishini nazarda 
tutuvchi qoidalar mavjud bo’lsa, ushbu Kodeksda belgilangan soliqni hisoblab 
chiqarish va ushlab qolish xizmatlarning har bir turiga nisbatan alohida qo’llaniladi. 
Rezident tomonidan yagona ishlab chiqarish-texnologik jarayon doirasida xizmatlar 
ko’rsatishning har bir bosqichi to’lov manbaida norezidentning daromadlaridan 
soliqni ushlab qolish maqsadlarida alohida xizmat turi sifatida qaraladi. Bunda 
yuqorida ko’rsatilgan kontrakt bo’yicha norezident daromadlarining umumiy 
summasi asosli ravishda O’zbekiston Respublikasida va undan tashqarida xizmatlar 
ko’rsatishdan olingan daromadlarga bo’linishi kerak. 
Ushbu modda beshinchi qismining qoidalarini qo’llash maqsadida norezident 
O’zbekiston Respublikasining va (yoki) chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq 
tuzilgan, norezident daromadining umumiy summasi O’zbekiston Respublikasida 
xizmatlar ko’rsatishdan olingan daromadlarga va undan tashqarida xizmat 
ko’rsatishdan olingan daromadlarga taqsimlanganligini tasdiqlovchi hisobga olishga 
doir hujjatlarning norezident tomonidan tasdiqlangan ko’chirma nusxalarini 
oluvchiga taqdim etishi shart. 
Bunday taqsimlash mavjud bo’lmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasida 
ham, undan tashqarida ham xizmatlar ko’rsatishdan olingan daromadning 
norezidentga to’lanadigan jami summasiga soliq solinishi lozim. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish