O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
353-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq 
hisobotini
taqdim 
etish, 
shuningdek 
soliq 
to’lovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha soliqni to’lash tartibi
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha hisoblab chiqarilgan bo’nak to’lovlari 
summalarini, shuningdek soliq summalarini to’lashni shunday guruhni tuzish 
to’g’risidagi shartnoma ro’yxatdan o’tkazilgan joyda mazkur summalarni ushbu 


342 
guruhning va ular alohida bo’linmalarining ishtirokchilari bo’yicha taqsimlamasdan 
amalga oshiradi. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha soliq hisoboti 
soliq organiga ushbu Kodeks 351-moddasining beshinchi qismida belgilangan 
tartibda va muddatlarda taqdim etiladi. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining qolgan ishtirokchilari o’zi 
hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga soliq hisobotini taqdim 
etmaydi. 
Agar soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari ushbu 
guruhning konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydigan daromadlarni olsa, 
ular o’zi hisobga olingan joydagi soliq organlarga soliqning faqat ushbu 
daromadlarga nisbatan hisoblab chiqarilgan qismi bo’yicha soliq hisobotini taqdim 
etadi. 
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha hisobot (soliq) 
davri yakunlari bo’yicha soliqqa doir soliq hisoboti shu guruhning mas’ul 
ishtirokchisi tomonidan soliqni hisobga olish ma’lumotlari hamda umuman soliq 
to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo’yicha konsolidatsiyalashgan soliq 
bazasi asosida faqat konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga nisbatan soliqni hisoblab 
chiqarish qismi bo’yicha tuziladi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
tomonidan ushbu guruh faoliyat ko’rsata boshlagan soliq davrining birinchi 
choragida to’lanishi lozim bo’lgan soliq bo’yicha har oylik bo’nak to’lovlar uning 
summasi shu guruh barcha ishtirokchilarining ushbu guruh tuzilishidan oldingi soliq 
davrining uchinchi choragida to’lanishi lozim bo’lgan har oylik bo’nak to’lovlari 
summasi sifatida aniqlanadi.
Agar soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi 
shartnoma davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq davri boshlanganidan keyin 
ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
ishtirokchilari tomonidan soliq davri boshidan buyon o’tgan hisobot davrlarining 
yakunlari bo’yicha to’langan bo’nak (joriy) to’lovlar soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining bo’nak joriy to’lovlar soliq to’lovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining tegishli ishtirokchisi hisobiga o’tkazilishi 
(qaytarilishi) lozim. 
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi 
tomonidan soliq davri boshlanganidan buyon o’tgan hisobot davrlarining yakunlari 
bo’yicha konsolidatsiyalashgan soliq bazasi aniqlanishi natijasida yuzaga kelgan 
boqimonda summasiga penyalar soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
mas’ul ishtirokchisi tomonidan ushbu moddada konsolidatsiyalashgan guruh 
ro’yxatdan o’tkazilgan hisobot (soliq) davri yakunlari bo’yicha soliqni (bo’nakni, 
joriy to’lovlarni) to’lash belgilangan kundan keyin keluvchi soliqni (bo’nakni, joriy 
to’lovlarni) to’lash majburiyatini bajarishni kechiktirib yuborishning har bir 
kalendar kuniga hisoblanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish