O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Qimmatli qog’ozlarga doir operatsiyalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
339-modda. Qimmatli qog’ozlarga doir operatsiyalar 
bo’yicha soliq bazasini aniqlashning o’ziga xos xususiyatlari
 
Soliq to’lovchining qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilishdan yoki qimmatli 
qog’ozlarning boshqacha tarzda chiqib ketishidan (shu jumladan ularning nominal 
qiymatini qoplash yoki qisman qoplashdan) olingan daromadlari qimmatli 
qog’ozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketish 
narxidan, shuningdek soliq to’lovchiga xaridor tomonidan to’langan, jamlangan 
foizli (kuponli) daromadning summasidan va soliq to’lovchiga emitent (veksel 
beruvchi) tomonidan to’langan jamlangan foizli (kuponli) daromadning 
summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to’lovchining qimmatli 
qog’ozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda chiqib ketishidan olgan 
daromadi ilgari soliq solish chog’ida hisobga olingan foizli (kuponli) daromad 
summasiga kiritilmaydi. 
Soliq to’lovchining qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan paychilik investitsiya 
fondining investitsiya paylarini realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda 
chiqib ketishi (shu jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman 
qoplash) chog’idagi xarajatlari qimmatli qog’ozni olish narxidan (shu jumladan uni 
sotib olish xarajatlaridan), uni realizatsiya qilish xarajatlaridan, investitsiya 
paylarining hisob-kitob qilingan qiymatidan ajratilgan siylovlar miqdoridan, 


322 
qimmatli qog’ozlarni sotuvchiga soliq to’lovchi tomonidan to’langan jamlangan 
foizli (kuponli) daromad summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ilgari 
soliq solish chog’ida hisobga olingan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasi 
xarajatga kiritilmaydi. 
Ushbu bob maqsadlarida qimmatli qog’ozlar quyidagi hollarda ham 
realizatsiya qilingan (sotib olingan) deb e’tirof etiladi: 
1) soliq to’lovchining tegishli qimmatli qog’ozlarni muqobil bir turdagi 
talablarni hisobga o’tkazish orqali berishga (qabul qilishga) doir majburiyatlari 
tugatilganda, shu jumladan bunday majburiyatlar O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq kliringni amalga oshirish chog’ida tugatilgan taqdirda;
2) tashkil etilgan savdolarning shartlari yoki kliring qoidalari asosida tuzilgan 
shartnomalardan kelib chiqadigan muqobil talablar hisobga o’tkazilganda, agar 
bunday hisobga olish netto-majburiyatlarning summasini aniqlash maqsadida 
amalga oshirilgan bo’lsa. 
Muomaladagi qimmatli qog’ozlarga oid bitimlar tuzilgan taqdirda, qaysi 
savdolar uchun qimmatli qog’ozga doir tegishli bitim tuzilgan bo’lsa, o’sha savdolar 
o’tkazilgan sana bitim tuzilgan sana deb e’tirof etiladi. 
Muomaladagi qimmatli qog’ozlarga oid bitim qimmatli qog’ozlarning 
uyushgan bozoridan tashqarida tuzilgan taqdirda, qimmatli qog’ozni o’tkazishning 
barcha jiddiy shartlarini belgilovchi shartnoma sanasi bitimni tuzish sanasi deb 
e’tirof etiladi. 
Aktsiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini ko’paytirish chog’ida olingan 
aktsiyalarni realizatsiya qiluvchi aktsiyador-soliq to’lovchi xarajatni aktsiyalarni 
realizatsiya qilish narxi va aktsiyalarning daromadni ustav kapitalini ko’paytirish 
natijasida aktsiyalar soni o’zgarishi hisobga olingan holda tuzatish kiritilgan, dastlab 
to’langan qiymati o’rtasidagi farq sifatida aniqlaydi. 
Qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib 
ketishi chog’ida soliq to’lovchi qabul qilingan hisobga olish siyosatiga muvofiq 
soliq solish maqsadlarida, chiqib ketgan qimmatli qog’ozlarning qiymatini 
xarajatlarga o’tkazishning quyidagi usullaridan birini mustaqil ravishda tanlaydi: 
1) sotib olish vaqtiga ko’ra birinchi bo’lgan qiymat bo’yicha (FIFO); 
2) birliklarning qiymati bo’yicha. 
Ushbu bob maqsadlarida to’lovi qimmatli qog’ozni chiqarish shartlarida 
nazarda tutilgan, qimmatli qog’ozni chiqarish sanasidan yoki keyingi kuponli 
daromadni to’lash sanasidan qimmatli qog’ozni berish sanasiga qadar o’tgan 
kalentar kunlar soniga mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadigan foizli (kuponli) 
daromadning bir qismi jamg’arilgan foizli (kuponli) daromad deb e’tirof etiladi. 
Qimmatli qog’ozlarga doir operatsiyalar bo’yicha soliq bazasi soliq 
to’lovchilar tomonidan alohida aniqlanadi. Bunda soliq to’lovchilar qimmatli 
qog’ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo’lgan qimmatli qog’ozlarga doir 
opertsiyalar bo’yicha soliq bazasini qimmatli qog’ozlarning uyushgan bozorida 
muomalada bo’lmagan soliq bazasidan alohida tarzda aniqlaydi. 
Bunda soliq to’lovchi qimmatli qog’ozlarning (qimmatli qog’ozlarning 
uyushgan bozorida muomalada bo’lgan yoki qimmatli qog’ozlarning uyushgan 


323 
bozorida muomalada bo’lmagan) turlarini mustaqil ravishda tanlaydi, ushbu 
qimmatli qog’ozlarga doir operatsiyalar bo’yicha soliq bazasini shakllantirishda 
daromadlarga va xarajatlarga ushbu bobga muvofiq aniqlangan boshqa daromadlar 
va xarajatlar kiritiladi. 
O’tgan soliq davri davomida qimmatli qog’ozlar operatsiyalari bo’yicha zarar 
(zararlar) ko’rgan soliq to’lovchilar mazkur Kodeksning 348-moddasida 
belgilangan tartibda va shartlarda qimmatli qog’ozlar operatsiyalari bo’yicha 
shakllangan soliq bazasini joriy hisobot (soliq) davrida kamaytirishga (ushbu 
zararlarni kelgusiga o’tkazishga) haqli. 
Bunda, o’tgan soliq davrlarida qimmatli qog’ozlar uyushgan bozorida 
muomalada bo’lmagan qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalardan ko’rilgan 
zararlar, ushbu qimmatli qog’ozlar operatsiyalar bo’yicha belgilangan hisobot 
(soliq) davrida soliq bazasining kamaytirilishi uchun hisoblanishi mumkin. 
Shuningdek o’tgan soliq davrlarida qimmatli qog’ozlar uyushgan bozorida 
muomalada bo’lgan qimmatli qog’ozlar operatsiyalardan ko’rilgan zararlar, ushbu 
toifadagi qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalar bo’yicha soliq 
bazasining kamaytirilishiga kiritilishi mumkin. 
Tegishli hisobot davrida qimmatli qog’ozlar uyushgan bozorida muomalada 
bo’lgan hamda unda muomalada bo’lmagan qimmatli qog’ozlar operatsiyalaridan
ko’rilgan zararlarni, soliq davri mobaynida kelgusiga ko’chirish, qimmatli 
qog’ozlarning ko’rsatilgan toifalari bo’yicha tegishincha bunday operatsiyalardan 
ko’rilgan foyda doirasida alohida-alohida amalga oshiriladi. 
Qimmatli qog’ozlar bozoriga taalluqli qimmatli qog’ozlar operatsiyalari 
bo’yicha olingan foyda, ushbu bozorga taalluqli bo’lmagan qimmatli qog’ozlar 
operatsiyalari bo’yicha qilingan xarajatlar yoki ko’rilgan zararlar hisobiga 
kamaytirilishi mumkin emas. 
Qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bo’lmagan qimmatli qog’ozlar 
operatsiyalaridan olingan daromadlar, ushbu bozorda muomalada bo’lgan qimmatli 
qog’ozlar operatsiyalari bo’yicha qilingan xarajat yoki ko’rilgan zararlar hisobiga 
kamaytirilishi mumkin emas. 
Qimmatli qog’ozlar uyushgan bozorida muomalada bo’lgan qimmatli 
qog’ozlarning bozor bahosi deganda soliq solish maqsadida qimmatli qog’ozning 
haqiqiy sotilish yoki boshqacha chiqib ketish bahosi e’tirof etiladi. 
Qimmatli qog’ozlar uyushgan bozorida muomalada bo’lgan ochiq payli 
investitsiya fondlari tomonidan ochilgan investitsiya paylari bo’yicha operatsiyalar, 
shu jumladan ular ushbu fondlar tomonidan ochilgan muklning ishonchli
boshqaruvini amalga oshirayotgan kompaniyadan olinganda (qarz uzilganda), 
soliqqa tortish maqsadida bitimning haqiqiy qiymati, agar u O’zbekiston 
Respublikasi investitsiya fondlari to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda investitsiya payi hisobiga to’g’ri kelsa, qabul qilinadi.
Qimmatli qog’ozlar uyushgan bozorida muomalada bo’lmagan qimmatli 
qog’ozlar bo’yicha bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu bandda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo’lsa, qimmatli qog’ozning hisoblangan narxi va narxning 
chegaralangan o’zgarishidan kelib chiqib aniqlanadigan bundan eng past hamda eng 


324 
yuqori narx o’rtasidagi oraliqda turgan bo’lsa, soliqqa tortish maqsadida qabul 
qilinadi. 
Ushbu moddaga asosan, qimmatli qog’ozlar uyushgan bozorida muomalada 
bo’lmagan qimmatli qog’ozlar narxining chegaralangan o’zgarishi, ushbu qimmatli 
qog’ozning o’zgarishi mumkin bo’lgan tomonga 20 foiz (o’sishi yoki kamayishi) 
miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Uyushgan qimmatli qog’ozlar bozorida 
muomalada bo’lmagan qimmatli qog’ozlar kutilgan bahosida va narxlarning 
chegaraviy o’zgarishidan kelib chiqib aniqlangan minimaldan past maksimaldan 
yuqori narx bo’yicha realizatsiya qilingan (olingan) taqdirda soliqqa tortish 
maqsadida moliyaviy natijalarni aniqlash qimmatli qog’oz narxining eng past (eng 
yuqori) narxidan va uning chegaralangan o’zgarishidan kelib chiqib qo’llaniladi. 
Ushbu bob maqsadlarida qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bo’lmagan 
qimmatli qog’ozlar hisob-kitob narxini belgilash tartibi O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi bilan kelishuvga ko’ra qimmatli qog’ozlar bozori bo’yicha vakolatli 
organ tomonidan belgilanadi.
Ochiq payli investitsiya fondlarining qimmatli qog’ozlar uyushgan bozorida 
muomalada bo’lmagan investitsiya paylari bilan operatsiyalar bo’yicha, shu 
jumladan ular mazkur ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkning 
ishonchli boshqaruvini amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan olinganda 
(to’langanda) soliq solish maqsadida bitimning haqiqiy bahosi, agar u O’zbekiston 
Respublikasining investitsiya fondlari to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda aniqlangan investitsiya payining kutilgan qiymatiga mos kelsa, qabul 
qilinadi. 
Yopiq va intervalli payli investitsiya fondlarining qimmatli qog’ozlarning 
uyushgan bozorida muomalada bo’lmagan investitsiya paylari bilan operatsiyalar 
bo’yicha ular tegishli payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkning 
ishonchli boshqaruvini amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan olinganda 
soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy bahosi, agar u O’zbekiston 
Respublikasining investitsiya fondlari to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda aniqlangan investitsiya payining kutilgan qiymatiga mos kelsa, qabul 
qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasining investitsiya fondlari to’g’risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq payli investitsiya fondlarining muomalasi cheklangan 
investitsiya paylarini berish investitsiya payining kutilgan qiymati bo’yicha amalga 
oshirilmasa, soliq solish maqsadida bitimning haqiqiy bahosi, agar u bitta 
investitsiya payi beriladigan va payli investitsiya fondini ishonchli boshqarish 
qoidalariga muvofiq, o’zgarishlarning oxirgi chegaralarini inobatga olmasdan, 
aniqlangan pul mablag’lari summasiga mos bo’lsa, qabul qilinadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish