O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq organining asoslantirilgan fikri



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

177-modda. Soliq organining asoslantirilgan fikri 
 
Soliq organining asoslantirilgan fikri (bundan buyon ushbu bobda 
asoslantirilgan fikr deb yuritiladi) soliq organining soliqlar va yig’imlar to’g’ri 
hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to’liq va o’z vaqtida to’langanligi 
(o’tkazilganligi) masalalari yuzasidan nuqtai nazarini ifodalaydi. 
Soliq organi soliq monitoringini o’tkazish chog’ida o’z tashabbusiga ko’ra yoki 
yuridik shaxsning so’roviga binoan asoslantirilgan fikr tuzadi. 


173 
Asoslantirilgan fikr soliq organi rahbarining (rahbar o’rinbosarining) imzosi 
bilan yuridik shaxsga yuboriladi. 
Asoslantirilgan fikrning shakli va uni tuzishga doir talablar O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi. 
Agar soliq monitoringi o’tkazilayotganda yuridik shaxs tomonidan soliqlar va 
yig’imlar noto’g’ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to’liq yoki o’z 
vaqtida to’lanmaganligi (o’tkazilmaganligi) to’g’risida dalolat beruvchi fakt 
aniqlangan bo’lsa, asoslantirilgan fikr soliq organining tashabbusiga ko’ra tuziladi. 
Asoslantirilgan fikr tuzilgan kundan e’tiboran besh kun ichida yuridik shaxsga 
yuboriladi. 
Mazkur asoslantirilgan fikr soliq monitoringini o’tkazish muddati tugaguniga 
qadar kamida uch oy oldin tuzilishi mumkin. 
Asoslantirilgan fikr taqdim etish to’g’risidagi so’rov yuridik shaxs tomonidan
xo’jalik hayotining sodir etilgan faktlari natijalariga ko’ra soliq monitoringi 
o’tkazilgan davr uchun soliqlar va yig’imlar to’g’ri hisoblab chiqarilganligiga 
(ushlab qolinganligiga), to’liq va o’z vaqtida to’langanligiga (o’tkazilganligiga) 
nisbatan shubhalar mavjud bo’lgan taqdirda yoki ushbu masalalar yuzasidan 
noaniqliklar bo’lgan taqdirda soliq organiga yuboriladi. 
Asoslantirilgan fikr taqdim etish to’g’risidagi so’rovda yuridik shaxsning 
mazkur masalalarga doir nuqtai nazari bayon etiladi. 
Asoslantirilgan fikr taqdim etish to’g’risidagi so’rov soliq monitoringi davridan 
keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay yuborilishi mumkin. 
Yuridik shaxsning so’rovi bo’yicha soliq organining asoslantirilgan fikri ushbu 
yuridik shaxsga mazkur so’rov olingan kundan e’tiboran o’n besh kun ichida 
yuborilishi kerak. Mazkur muddat soliq organi tomonidan ushbu yuridik shaxsdan 
yoki boshqa shaxslardan asoslantirilgan fikrni tayyorlash uchun zarur bo’lgan 
hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish uchun bir oyga uzaytirilishi mumkin. 
Soliq organi asoslantirilgan fikrni yuborish muddatini uzaytirish to’g’risida 
tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida yuridik shaxsga yozma 
shaklda xabar qiladi. 
Yuridik shaxs asoslantirilgan fikrga roziligi to’g’risida shu asoslantirilgan 
fikrni tuzgan soliq organini mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi 
hujjatlarni (ular mavjud bo’lgan taqdirda) ilova qilgan holda asoslantirilgan fikr 
olingan kundan e’tiboran bir oy ichida xabardor qiladi. 
Yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni soliq organining buxgalteriya (soliq) 
hisobidagi, soliq hisobotidagi asoslantirilgan fikrda bayon etilgan nuqtai nazarini 
e’tiborga olish orqali, aniqlashtirilgan soliq hisobotini berish orqali yoki boshqa 
usulda bajaradi. 
Yuridik shaxs asoslantirilgan fikrga rozi bo’lmagan taqdirda, u olingan kundan 
e’tiboran bir oy ichida soliq organiga o’z e’tirozlarini taqdim etadi. 
Mazkur e’tirozlarni olgan soliq organi ular olingan kundan e’tiboran uch kun 
ichida bu e’tirozlarni o’zida mavjud bo’lgan barcha materiallar bilan birga 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga o’zaro kelishuv tartib-taomili 
tashabbusi bilan chiqish uchun yuborishi shart. 


174 
Soliq organi soliq monitoringi tugagan sanadan e’tiboran ikki oydan 
kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini o’tkazish jarayonida ushbu yuridik 
shaxsga yuborilgan va bajarilmagan asoslantirilgan fikrlar mavjudligi (mavjud 
emasligi) to’g’risida xabardor qiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish