O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

163-modda. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib 
chiqish natijalari bo’yicha qarorning kuchga kirishi 
 
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha ushbu Kodeksning 
162-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror o’ziga nisbatan 
tegishli qaror qabul qilingan shaxsga (shaxsning vakiliga) berilgan kundan e’tiboran 
bir oy ichida kuchga kiradi. 
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha qaror u qabul qilingan 
kundan e’tiboran ikki kun ichida o’ziga nisbatan ushbu qaror qabul qilingan shaxsga 
(uning vakiliga) imzo qo’ydirib berilishi yoki olingan sana to’g’risida dalolat 
beruvchi boshqa usulda topshirilishi kerak. 
Agar qarorni berish yoki u olingan sana to’g’risida dalolat beruvchi boshqa 
usulda topshirish imkoni bo’lmasa, u yuridik shaxsning (alohida bo’linmaning) 
joylashgan eri yoki jismoniy shaxsning yashash bo’yicha pochta orqali buyurtma xat 
bilan yuboriladi. Qaror pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda buyurtma xat 
yuborilgan kundan e’tiboran beshinchi kun u berilgan sana deb hisoblanadi. 
Soliq organining qarori ustidan shikoyat berilgan taqdirda, mazkur qaror ushbu 
Kodeksning 166-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi. 
O’ziga nisbatan tegishli qaror chiqarilgan shaxs u kuchga kirguniga qadar 
qarorni to’liq yoki qisman ijro etishga haqli. Bunda shikoyatning berilishi shaxsni 
kuchga kirmagan qarorni to’liq yoki qisman ijro etish huquqidan mahrum etmaydi. 
164-modda. Ta’minlash choralari 
Tekshiruv natijalari bo’yicha qaror qabul qilinganidan so’ng soliq organining 
rahbari (rahbari o’rinbosari) mazkur qarorning ijro etilishi imkoniyatini 
ta’minlashga qaratilgan ta’minlash choralarini ko’rishga haqli. 
Agar ushbu choralarni ko’rmaslik keyinchalik bunday qarorning ijrosini va 
(yoki) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish 
to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan soliq qarzini undirishni qiyinlashtirishi mumkin 
yoxud imkoni yo’q deb taxmin qilish uchun etarlicha asoslar bo’lsa, ta’minlash 
choralari ko’riladi. 
Ta’minlash choralarini ko’rish uchun soliq organining rahbari (rahbari 
o’rinbosari) tegishli qaror qabul qiladi. Mazkur qaror qabul qilingan kundan 
e’tiboran kuchga kiradi va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 
javobgarlikka tortish to’g’risidagi qaror ijro etiladigan va (yoki) soliqlar qo’shib 
hisoblanadigan kunga qadar yoxud yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan 
qabul qilingan qaror bekor qilingan kunga qadar amal qiladi. 
Soliq organining rahbari (rahbari o’rinbosari) ushbu moddaning oltinchi va o’n 
birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda ta’minlash choralarini bekor qilish yoki 
ularni almashtirish to’g’risida qaror qabul qilishga haqli. 


163 
Ta’minlash choralarini bekor qilish (almashtirish) to’g’risidagi qaror 
chiqarilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 
Mol-mulkni soliq organining roziligisiz boshqa shaxsning ixtiyoriga 
o’tkazishga (garovga qo’yishga) doir taqiq ta’minlash chorasi deb e’tirof etiladi. 
Boshqa shaxsning ixtiyoriga o’tkazishga (garovga qo’yishga) doir cheklov ketma-
ketlik bilan quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi: 
a) ko’chmas mol-mulkka, shu jumladan mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) 
ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan mol-mulkka; 
b) transport vositalariga, qimmatli qog’ozlarga, xizmat xonalarining dizayn 
buyumlariga; 
v) boshqa mol-mulkka, bundan tayyor mahsulot, xomashyo va materiallar 
mustasno; 
g) tayyor mahsulotga, xomashyo va materiallarga. 
Avvalgi guruhlardagi mol-mulkning qo’shilgan qiymati soliq tekshiruvi 
natijalari bo’yicha qaror asosida to’lanishi lozim bo’lgan soliq qarzining umumiy 
summasidan kam bo’lgan taqdirda, har bir navbatdagi guruhning mol-mulkini 
boshqa shaxs ixtiyoriga o’tkazishga (garovga qo’yishga) doir cheklov qo’llaniladi. 
Bunda mol-mulkning qiymati buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo’yicha 
belgilanadi. 
O’ziga nisbatan ta’minlash choralarini ko’rish to’g’risida qaror chiqarilgan 
shaxsning iltimosiga ko’ra soliq organi ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda 
tutilgan ta’minlash choralarini: 
1)
bankning javobgarlikka tortish va (yoki) soliqlarni qo’shib hisoblash 
to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan soliq qarzi summasini ushbu summalar soliq 
organi tomonidan belgilangan muddatda printsipal tomonidan to’lanmagan taqdirda 
to’lashga roziligini tasdiqlovchi bank kafolatiga; 
2)
qimmatli qog’ozlar uyushgan bozorida muomalada bo’lgan qimmatli 
qog’ozlarni garovga qo’yishga yoki ushbu Kodeksning 110-moddasida nazarda 
tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan boshqa mol-mulkni garovga qo’yishga; 
3)
uchinchi shaxsning ushbu Kodeksning 111-moddasida nazarda tutilgan 
tartibda rasmiylashtirilgan kafilligiga almashtirishga haqlidir. 
Soliq to’lovchi tomonidan soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi natijalari 
bo’yicha qaror asosida byudjet tizimiga to’lanishi lozim bo’lgan summaga doir 
amaldagi bank kafolati taqdim etilgan taqdirda, soliq organi bu soliq to’lovchiga 
ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan ta’minlash choralarini 
almashtirishni rad etishga haqli emas. Agar mazkur bank kafolati ushbu Kodeks 
112-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan banklar ro’yxatiga kiritilgan 
bank tomonidan taqdim etilgan bo’lsa, bunday qoida qo’llaniladi. 
Ta’minlash choralarini ko’rish to’g’risidagi qarorning ko’chirma nusxasi va 
ularni bekor qilish haqidagi qarorning ko’chirma nusxasi ular chiqarilgan kundan 
e’tiboran besh kun ichida o’ziga nisbatan mazkur qaror chiqarilgan shaxsga (uning 
vakiliga) imzo qo’ydirib beriladi yoki olingan sana to’g’risida dalolat beruvchi 
boshqa usulda topshiriladi. Qarorning ko’chirma nusxasi pochta orqali buyurtma xat 


164 
bilan yuborilganda qaror buyurtma xat yuborilgan sanadan e’tiboran besh kun 
o’tgach olingan deb hisoblanadi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish