O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

 
54-bob. Imtiyozlar 
 


371 
390-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar 
Quyidagi daromadlar turlariga soliq solinmaydi:
1) moddiy yordam summalari: 
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi 
munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari – eng kam 
bazaviy miqdorining o’n ikki baravarigacha miqdorda; 
ushbu Kodeksning 
389-moddasida
ko’rsatilgan boshqa hollarda, – soliq davri 
uchun eng kam bazaviy miqdorning o’n ikki baravarigacha miqdorda; 
2) yuridik shaxslar tomonidan quyidagi yo’llanmalar qiymati, bundan turistik 
yo’llanmalar mustasno: 
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va 
sog’lomlashtirish muassasalariga yo’llanmalar qiymatini nogironlarga, shu 
jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga to’liq yoki qisman qoplash 
summalari; 
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa 
sog’lomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish 
muassasalariga o’z xodimlarining o’n olti yoshga to’lmagan bolalari (o’n sakkiz 
yoshgacha bo’lgan o’quvchilar) uchun yo’llanmalar qiymatini to’liq yoki qisman 
qoplash summalari; 
3) o’z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar 
tibbiy xizmat ko’rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to’langan summalar, 
shuningdek yuridik shaxsning davolashga va tibbiy xizmat ko’rsatishga, nogironlik 
profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni 
olishga doir xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko’rsatganlik 
uchun yuridik shaxslar tomonidan sog’liqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq 
to’langan taqdirda, shuningdek sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib 
berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun mo’ljallangan naqd pul 
mablag’lari bevosita xodimga, xodim yo’qligida esa, uning oila a’zolariga, ota-
onasiga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun mo’ljallangan mablag’lar xodimning 
bankdagi hisobvarag’iga kiritilgan taqdirda, mazkur daromadlar soliq solishdan 
ozod qilinadi; 
4) O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasidan 
tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet 
el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida 
belgilangan summalar doirasida; 
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar 
bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari 
ko’magida amalga oshirilayotgan bo’lsa; 
6) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun 
sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti; 
7) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-
mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan: 


372 
qimmatli qog’ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan 
emissiyaviy qimmatli qog’ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi 
(ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini); 
yashash uchun mo’ljallanmagan joylarni; 
36 oydan kam muddat jismoniy shaxsning mulkida bo’lgan turar joylarni;
8) uy xo’jaligida, shu jumladan dehqon xo’jaligida etishtirilgan hayvonlarni 
(qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va boshqalarni) tirik 
holda hamda ularni so’yib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan 
(sanoatda qayta ishlash bundan mustasno) chorvachilik, asalarichilik va 
dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan 
daromadlar, bundan manzarali bog’dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. 
Mazkur daromadlar soliq to’lovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi, bog’dorchilik, uzumchilik yoki 
polizchilik shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizatsiya qilingan 
mahsulot soliq to’lovchi tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga ajratilgan er 
uchastkasida etishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim 
etgan taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi, agar qonun hujjatlarida boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa; 
9) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum 
tarzidagi sovrinlarning qiymati; 
10) yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining olti baravari 
miqdorigacha bo’lgan qiymatdagi: 
xodimlar natura shaklida olgan sovg’alar; 
ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari bo’lgan ishlamayotgan pensionerlar 
va mehnat qobiliyatini yo’qotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila a’zolari 
tomonidan olingan sovg’alar va boshqa turlardagi yordam; 
11) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin olingan 
pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va san’at asarlarining, 
adabiyot va san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va 
sanoat namunalari 
mualliflarining merosxo’rlariga (huquqiy vorislariga) 
to’lanadigan pul mukofotlari mustasno; 
12) davlat zayomining obligatsiyalari bo’yicha yutuqlar, shuningdek 
O’zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlar; 
13) jamg’arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar, 
shuningdek banklardagi omonatlar bo’yicha foizlar hamda yutuqlar; 
14) xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek vakolatli 
organning xulosasi mavjud bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining ilmiy-texnika 
hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida jismoniy shaxs grant 
beruvchidan bevosita olgan grantning summasi; 
15) jismoniy shaxslarning O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyatini 
amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq 
muddatli sug’urta qilish bo’yicha sug’urta mukofotlari to’lovi uchun sug’urta 
shartnomasining har bir yili uchun va basharti sug’urta qilingan shaxsning umrining 
qolgan qismi munosabati bilan sug’urta to’lovlari shartnoma bo’yicha sug’urta davri 


373 
boshlangan sanadan e’tiboran kamida 12 oy o’tmasdan amalga oshirilsa, 
yo’naltiriladigan ish haqining va boshqa daromadlarining summalari. 
Hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish shartnomasi muddatidan oldin 
tugatilganda va sug’urtalovchi tomonidan sug’urta qildiruvchiga sug’urta 
mukofotining bir qismi yoki hammasi qaytarilganda qaytarilgan sug’urta 
mukofotining miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga 
kiritiladi; 
16) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqining va boshqa daromadlarining: 
O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o’zining 
o’qishi yoki yigirma olti yoshga to’lmagan farzandlarining o’qishi uchun) 
yo’naltiriladigan summalari; 
O’zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo’naltiriladigan summalari;
soliq davri davomida jami qiymati 15 million so’mgacha bo’lgan ipoteka 
kreditlarini hamda ular bo’yicha hisoblangan foizlarni qoplash, faqat yakka 
tartibdagi uy-joyning yoki ko’p kvartirali uydagi kvartiraning qiymati 300 million 
so’mdan oshmaslik sharti bilan; 
17) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomasi bo’yicha) 
olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar tarzidagi daromadlar, agar mazkur ulushlarni, 
paylarni va aktsiyalarni berish yaqin qarindoshlar o’rtasida amalga oshirilsa. 
Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet ellik 
yuridik shaxs uchun ro’yxatdan o’tish mamlakatining qonun hujjatlariga muvofiq 
kapitalda ishtirok etish nazarda tutilmagan bo’lsa, o’sha chet ellik yuridik shaxsga 
nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday huquqlar ularni bir oilaning a’zolari va 
(yoki) yaqin qarindoshlar bo’lgan shaxslar o’rtasida o’tkazish natijasida olingan 
bo’lsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf qilish huquqining yuzaga kelishi deb 
e’tirof etilmaydi; 
18) paxta yig’im-terimi bo’yicha qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilinadigan 
jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari; 
19) jismoniy shaxs bo’lgan oltin qidiruvchilarning qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda qazib olish yo’li bilan kavlab olingan qimmatbaho metallarni 
realizatsiya qilishdan olgan daromadlari.

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish