Batafsil rejalashtirish loyihalari aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududining qismlari uchun ishlab chiqiladi va bu loyihalar:
qizil chiziqlarni;
yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini; yerdan foydalanish chegaralarini;
hududning zonalashtirilishini va qurish navbatini; muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini;
ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘lovchilarga ajratilgan zonalarning, shuningdek transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalari va hududni obodonlashtarish ko‘rsatkichlarini;
ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning tarkibi va joylashuvini;
qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejali yechimini, qurish zichligi va ko‘rsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligi hamda turlarini belgilaydi.
Batafsil rejalashtirish loyihasi qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |