41-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar kiritilishi Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida takliflar berish
huquqi o‘z qonuniy manfaatlariga daxl qilinayotgan jamoatchilik nazorati subyektlariga taqdim
etiladi.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga
o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflari faqat uni amalga oshirish boshlanguniga qadar qabul
qilinadi.
Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yozma yoki elektron shaklda beriladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi kelib tushgan taklifni o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqadi.
Aholi punktining bosh rejasiga oid o‘zgartirishlarning jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish zarurati
bo‘lmagan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi arizachilarga jamoatchilik
muhokamasini o‘tkazishni rad etishga doir asoslantirilgan javob yuboradi.
42-modda. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar
ekspert baholash natijalari olinganidan keyin o‘n besh kunlik muddatda buyurtmachilar
tomonidan arizachi yoki uning vakolatli vakili ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni
ekspert baholash buyurtmachi mablag‘lari hisobidan tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda
o‘tkaziladi.
Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritish ishlab chiquvchi
tomonidan buyurtmachining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
43-modda. Aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish tartibi Aholi punktining muqobil bosh rejasi aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi
bo‘lgan jamoatchilik nazorati subyektlarining tashabbusiga ko‘ra va ularning mablag‘lari hisobidan
bajariladigan loyihaviy, ilmiy ishlanmadan iborat.
Aholi punkti muqobil bosh rejasining tashabbuskori mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga
o‘z aholi punktining bosh rejasini muqobil bosh reja deb topish to‘g‘risida yozma ariza bilan
murojaat qiladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yozma arizani olganidan keyin aholi punkti bosh
rejasining tayyorlik darajasini hisobga olgan holda, uni muqobil bosh reja deb topish hamda
jamoatchilik ekspertizasiga va jamoatchilik muhokamalariga taqdim etish yoki uni asoslangan
holda rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Aholi punktining bosh rejasini muqobil bosh reja deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qaror
ustidan ushbu Kodeksning
39-moddasida
nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish, ekspertiza qilish, kelishib olish va uning
jamoatchilik muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aholi punktining bosh rejasi muqobil bosh reja deb topilgan taqdirda, tashabbuskorga uni
ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni ushbu bosh rejaning buyurtmachisi tomonidan