26-modda. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir.
Aktsiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug’urta tashkilotlari, banklar, jamoat fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar har yilgi moliyaviy hisobotni aktsiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi sub’ekti boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart.
Ushbu modda o’ziga nisbatan qonun hujjatlarining boshqa talablari belgilangan buxgalteriya hisobi sub’ektlarining moliyaviy hisobotiga tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |