I. BOB. O‘ZBEKISTONDA XALQ TA’LIMI TIZIMI
1.1. Ta’lim sohasida davlat siyosati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlaridayoq respublikada ta’limni tashkil etish sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada takomillashtirish va jahon ta’limi darajasiga ko‘tarish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari hamda ta’limning o ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo‘nalish deb e’lon qilinganligi bilan belgilanadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi. Davlatimizda tashkil etilayotgan ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs or-nomusi, qadr-qimmati, ma’naviy hamda ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori va qobiliyatini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, xohish-istagi va ehtiyojlarini inobatga olish masalalari nazarda tutiladi.
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi ta’lim jarayonida didaktik xarakter kasb etib, o‘quvchilarga berilayotgan bilim va shakllantirilayotgan ko‘nikma va malakalarning uzluksiz, doimiy ravishda shakllanishini ta’minlaydi. Uzluksiz va izchillik ma’lumotlar, hodisalar va fan asoslarini o‘rganishning tartibga solinishini, awalgi va keyingi materiallar o‘rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni anglatadi. Har bir o‘quv fani muayyan mantiqiy izchillikda o‘qitilishi lozim. Mazkur prinsip shu holatni ifoda etishga xizmat qiladi.
3. Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi. Mazkur prinsip o ‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini olishning respublika fuqarolari uchun shartligini ifodalaydi. Respublika hududida umumiy o‘rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi bepul bo‘lib, ularning faoliyatini tashkil etish respublika va mahalliy budjet mablag'lari hamda budjetdan tashqari mablagMar hisobidan amalga oshiriladi. o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadHar.
4. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi. Ushbu prinsip o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini o‘quvchining o‘z qiziqishi, ehtiyoji hamda layoqatiga mosini (muayyan mutaxassislikda ixtisoslashtirilgan akademik litsey yoki ma’lum kasb-hunar kollejida tahsil olishni) erkin tanlash huquqiga egaligini ifoda etadi.
5.Ta’lim tizimining dunyoviy tavsifda ekanligi. Ushbu prinsip respublika hududidagi mavjud ta’lim muassasalarida yoshlarga dunyoviy tavsifdagi ilmiy bilimlarni berishni nazarda tutadi. Ta’tim muassasalarida jangari, buzg‘unchilik, shuningdek, milliy nizolar hamda diniy adovatlarni keltirib; chiqarishga xizmat qiluvchi g‘oyalarning targ‘ib etilishi, ular yoshlar ongiga singdirilishi qonun yo‘li bilan taqiqlanadi. Yoshlarga diniy bilimlarni berish davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan) hamda diniy ta’lim-tarbiya berish huquqiga ega ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi. Respublika fuqarolari istalgan ta’lim muassasalari (ta’lim muassasasi Nizomida ko‘zdatutilgan talablarga muvofiq)da o ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 16-avgustda qabul qilingan «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori, shuningdek, bu borada o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning davlat tizimi standartlari to‘g‘risidagi o ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan ishlab chiqarilgan DTS talablariga muvofiq ta’lim olish huquqiga egadirlar.
7. Ta’lim dasturini tanlashga yagona tabaqalashtirilgan yondashuv. Ta’lim bo‘yicha yaratilgan dasturlar orasidan o‘quv dasturini yaratishga qo‘yiladigan talablarga muvofiq yaratilgan hamda eng maqbul deb topilgan dasturni tanlab olish asosida ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, mutaxassislik, kasb-hunar ta’limi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muayyan ta’lim muassasalari ma’lum mutaxassislik va kasbhunar ta’limining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda yaratilgan dasturlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etishlari mumkin.
8. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish. Ta’limni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodga chuqur bilim berish, ulardagi rnavjud layoqat va iste’dodlarni rivojlantirishdan iboratdir. Bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar orasidan bilimli, iqtidorli o‘quvchilar (talabalar)ni aniqlash va ularni qo'llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Ushbu maqsad yo‘lida faoliyat olib boruvchi qator jamg‘armalar, chunonchi, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quwatlovchi «Uinid» va Ulug‘bek nomli jamg'armalar tashkil etildi. Mazkur jamg‘armalarning homiyligida yuzlab o‘quvchi va talabalar yetakchi xorijiy mamlakatlarda ta’lim olish huquqiga ega bo‘ldilar.
9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish. Samarali ta’limni tashkil etish jamiyat taraqqiyotini, millat va xalqning porloq kelajagini ta’minlaydi. Shu bois, ta’limni tashkil etish nafaqat davlat, balki umumxalq ishidir. Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ota-onalar qo‘mitasi, o'quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish organlarining kuchi va imkomyatlaridan, shuningdek, otaliq (homiy) tashkilotlarning moliyaviy, ma’naviy qo‘llab-quvvatlashlari evaziga ta’lim samaradorligini oshirish mumkin. Ushbu prinsip mana shu g‘oyani ochib berishga harakat qiladi.
1o. Ta’lim tizimi muayyan jamiyatda- ijtimoiy-tarixiy jarayonda tarkib topgan ma’lurn talablar asosida boshqariladigan hamda bir-biri bilan bog‘langan barcha tipdagi o‘quv-tarbiya muassasalarining yig'indisidan iborat ekanligi. Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat olib boradi. Ta’lim tizimi ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega muayyan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti darajasida hamda siyosati mazmuni bilan bog‘liq holda tarkib topadi.
Xalq ta’limi tizimi va uning bosqichlari. Xalq ta’limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etadigan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga, milliy xususiyatlarga bog‘liq. Xalq ta’limi tizimi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan. Konstitutsiyamizning 18, 41-moddasida ko‘rsatilganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, 26 bilim olish huquqiga egadir. Fuqarolarning bepul umumiy ta’ lim olishlari davlat tomonidan kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustda o‘tkazilgan IX sessiyasida umumxalq muhokamasidan o‘tgan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi. Har bir bosqich muayyan vazifalarni hal etishni nazarda tutadi.
I bosqich (1997—2oo1) — mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoit yaratish.
II bosqich (2oo1—2oo5) — milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda aniqliklar kiritish.
III bosqich (2oo5-yil va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribalarni tahlil etish, umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish.
Ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) davlat ta’lim standartlariga muvofiq, ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’Um muassasalari;
b) ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar;
d) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘- lib, mazkur tizim doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta’limni bosqichma-bosqich amalga oshrish uchun xizmat qiladilar. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining ta’lim turlari xususidagi 1o-moddasida shunday deyiladi: — Maktabgacha ta ’lim. Uch yoshdan boshlab, olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulkchilik ko‘rinishlaridan qat’i nazar, boshqa ta’lim tashkilotlarida olib boriladi. —Boshlang’ch ta’lim. 1—4-sinflarni o‘z ichiga oladi. o ‘qish 6—7 yoshdan boshlanadi. O‘zbekiston xalq ta’limi tizimi. — Umumiy ta’lim. o ‘quvchilarga 5—9-sinflar doirasida bilim va tarbiya beriladi. — O‘rta maxsus ta’lim va kasb-hunar ta’limi. O‘qish muddati 3 yildan kam bo‘lmagan akademik litseylar hamda kasbhunar kollejlari. — Oliy mutaxassislik ta ’limi. To‘rt yildan kam bo‘lmagan muddatda davom etadi. Oliy mutaxassislik ta’limi bakalavrlik, magistraturaga bo‘linadi. Bakalavrlik bazaviy oliy ta’lim berish demakdir. Unda o‘qish kamida 4 yil davom etib, oliy ma’lumot v'a tayanch mutaxassislik diplomi olish bilan tugaydi. Magistratu a aniq mutaxasislik bo‘- yicha oliy kasbiy ta’lim bo‘lib, bakalavrlik negizida kamida 2 yil davom etadi. Unda tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakunlanadi. — Oliy o‘quv yu dan keyingi ta’lim — aspirantura nihoyasiga yetkazilgan magistrlik negizida 3 yil davom etadi. Aspirantura akademiya va kvalifikatsion imtihonlari, nomzodlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. — Doktorantura — fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadi, dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. — Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash. — Maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi hamda o ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonunlari talablari asosida tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini soglom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning olti-yetti yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari (yaslilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun, bolalar bog‘chalari 3 yoshdan 6—7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’- lim-tarbiya oladilar. Ularning sog‘lig‘i mustahkamlanadi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi. Kattalarga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta’limi uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinflari bilan uzluksiz aloqani amalga oshirishi lozim. Maktabgacha ta’lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasining Nizomi o ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqiladi. Tuman, shahar xalq ta’limi bo‘- limlari tomonidan tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari Maktabgacha ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
• bolalarni xalqimizning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviyaxloqiy jihatdan tarbiyalash;
• bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash;
• bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini must-aqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
• bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlash.
Maktabgacha ta’lim muassasalari hududning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. MTMni tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. MTM yo‘nalishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi:
— bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli-bog‘chasi, xonadon bolalar bog‘chasi;
— bog‘cha-maktab majmuasi;
— tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan maktabgacha ta’lim muassasasi (til o‘rgatuvchi, musiqa, sport yo‘nalishlari bo‘yicha);
— tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus MTM;
— sanitariya-gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlari, muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog‘- lomlashtiruvchi bolalar bog‘chasi;
— aralash turdagi MTM. Maktabgacha ta’lim turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatorida ta’lim-tarbiya sohasida ham tub ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Bugungi bolakay va qizaloqlar zimmasida XXI asrda sog‘lom, bilimli, aqlli bo‘lib, jamiyatimizning faol a’zolariga aylanishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda esa ular siz-u bizga — kattalarga umid, ishonch nigohi bilan boqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |