O`zbekiston Respublikasining milliy mustaqilligi O`zbekiston xalqining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-mafkuraviy hayot sohalarida katta o`zgarishlarga olib keldi


“Milliy g`oya tarixi va nazariyasi” fanining obyekti va predmeti



Download 251,05 Kb.
bet4/28
Sana02.01.2022
Hajmi251,05 Kb.
#307080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
МҒ тарихи 1 семестр

1.2.“Milliy g`oya tarixi va nazariyasi” fanining obyekti va
predmeti

Milliy g`oya tarixi va nazariyasi” fanining obyekti - xalqimizning tarixiy, milliy-ma`naviy merosi, qadriyatlari, maqsad va mo`ljallan, demokratik tamoyillari namoyon bo`lishining umumiy va milliy xususiyatlarni, jamiyat ma`naviy hayotida vujudga kelgan turli g`oyalar va fikrlar asosida shakllanadigan yagona umummilliy g`oya va mafkuraning tarixiy va nazariy masalalarni o`rganishdan iboratdir.

Mamlakatimizda milliy g`oya targ`iboti va ma`naviy-ma`rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta`sirchanligini yanada oshirish masalasiga e`tibor qaratilib, tarixiy, milliy-ma`naviy meros va qadriyatlarni o`rganishga bo`lgan qiziqish yanada kuchaymoqda

Ushbu fan O`zbekiston xalqining milliy g`oyasi, uning taraqqiyoti bosqichlan hamda nazariy asoslarini o`rganadi. O`zbek xalqining milliy g`oyasi va ma`naviy asoslarini o`rganishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilishning, milliy va axloqiy qadriyat hamda an`analarining, muqaddas dinimizning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Biron-bir xalq o`z tarixini bilmasdan, asrlar osha yaratilgan ma`naviy merosga tayanmasdan, uni yanada rivojlantirmasdan turib o`z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Xalqimizning milliy davlatchilik tarixi ning yilar avval shakllangan bo`lib, bugungi kunda biz qurayotgan buyuk davlat asoslari ham ana shu qadimiy poydevorga tayanadi. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlan tarixiy xotiramizni jonlantirib, vatanparvarlik, xalqparvarlik, shu zaninga muhabbat va sadoqat ruhidagi yangi fuqarolik ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Mamlakatimiz tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk arboblar, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg`oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Abu Bakr Narshaxiy, Abulqosim Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin al-Marg`inoniy, Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy, Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy, Sulaymon Boqirg`oniy, Umar Chag`miniy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ko`plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo`shib, xalqimizning milliy iftixoriga aylandilar. Ularning ma`naviy merosi milliy g`oyamiz oziqlanadigan manbaga aylandi. Buyuk ajdodlarimizning ulug` nomlari xalqning xotirasida saqlariib, uni buyuk ishlarga ilhomlantiradi.

Milliy g`oya tarixi va nazariyasi insonni o`z xalqi, uning an`analari, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Vatanparvarlik va fuqarolik yakdilligi O`zbekiston davlati barpo etilayotgan ma`naviy negizlar bo`lib, bu milliy g`oyada o`z ifodasini topgandir.

Insonning g`oyaviy-mafkuraviy tarbiyasida uning o`z sha`ni va qadr-qimmatini bilishi muhim ahamiyatga egadir. Insonning sha`ni, eng avvalo, o`zini himoya qilish, o`z qadrini bilishdan boshlanadi. O`z qadrini bilgan odam hech qachon o`z Vataniga xiyonat qilmaydi, unda vatanparvarlik tuyg`usi kuchli bo`ladi. Ushbu fanning o`rganish ob`yekti bo`lgan milliy g`oyaning tarixiy taraqqiyot bosqichlan, ulardagi vorislik jarayonlar, milliy g`oya to`g`risidagi nazariyalar o`rganilganda ham insondagi vatanparvarlik, milliy g`urur va milliy iftixor tuyg`ularning rivojlanishi masalasiga asosiy e`tibor qaratiladi.

Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanining predmeti - milliy g`oya va mafkuraning mohiyati, taraqqiyot bosqichlan, tarixiy ildizlari, xalqimiz ma`naviy merosi va qadriyatlarning shakllanishi, milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillar uyg`unligi, milliy mafkuraning bosh va asosiy g`oyalarning o`zaro munosabati, uni taqozo etuvchi umumiy va o`ziga xos jihatlar hamda milliy g`oyaning nazariy masalalarni o`z ichiga oladi.

Fanning muayyan bilimlar tizimi, o`ziga xos mavzulan hamda tushunchalari mavjuddir. Agar milliy g`oyaning predmetini - milliy g`oyaning shakllanishi, keng jamoatchilikning ishonch va e`tiqodiga aylanishi, uning madaniy negizlarining ijtimoiy hayot, mehnat faoliyatida namoyon bo`lish shart-sharoitlari, omillari, qonuniyatlarining ilmiy-nazariy asoslarini o`rganish tashkil etsa, milliy g`oya tarixi va nazariyasi fani esa g`oya va mafkura taraqqiyotini bosqichma-bosqich, vorislik asosida, tizimli tarzda o`rganadi, fanga taalluqli bo`lgan nazariy masalalarni ham tahlil qiladi. Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fani o`z tushunchanalarni bayon qilganda milliy g`oya fanining tushuncha va tamoyillariga bevosita tayanadi.



Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanini o`rganish jarayonida milliy g`oyaning shakllantirish tarixi, uning namoyon bo`lishi xususiyatlar o`rganiladi. Milliy g`oya konsepsiyasining mazmuni va mohiyati ochib beriladi. Milliy g`oya tipologiyasi va milliy g`oya konsepsiyasining asosiy yo`nalishlari ko`rib o`tiladi. Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanida O`zbekistonning mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy g`oya konsepsiyasi bilan bog`liqligi masalalari tahlil qilinadi. Fanda milliy g`oyaning jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy hayot sohalari bilan bog`liqligiga e`tibor qaratilgan. Milliy g`oya tarixi va nazariyasidagi eng muhim masalalardan biri inson masalasiga eng oliy qadriyat sifatida yondashilganligidir. Insonning huquqi, erkinligi va manfaatlarining milliy g`oya bilan bog`liqligi masalalari fandagi muhim masalalardan biridir. Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanida milliy g`oyada siyosiy institutlar va mafkuralar xilma-xilligi masalasiga e`tibor qaratiladi, milliy g`oyani asrab-avaylash va himoya qilishning shart-sharoitlari va omillari ko`rsatiladi. Mazkur fanda milliy g`oyaning paydo bo`lishi, rivojlanib, taraqqiy etib borishi bir butun yaXIIt jarayon sifatida ko`rib o`tiladi, milliy g`oyaning o`ziga xos xususiyatlar, rivojlanish mexanizimlari va vositalari tizimli ravishda o`rganiladi. Milliy g`oya bugungi kunda O`zbekiston xalqning ishonch-e`tiqodi manbaiga aylanib, milliy g`oyada ma`naviy va moddiy hayot uyg`unligi ham, millatlararo totuvlik va hamjihatlik ham, milliy va diniy bag`rikenglik ham o`z ifodasini topmoqda. Milliy g`oya O`zbekistonda komil insonni tarbiyalashdagi eng muhim omillardan biridir. Lekin eng muhimi bugungi globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi sharoitida milliy g`oya ma`naviy tahdidlarining oldini olishda, yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashda, “ommaviy madaniyat”ning zararli oqibatlariga qarshi fuqarolarda g`oyaviy, mafkuraviy immunitetni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo`lmoqda. Hozirgi paytda dunyoda turli-tuman g`oyaviy-mafkuraviy tahdidlar kuchayib, odamlar ongi va qalbiril egallash uchun mafkuraviy kurash kuchaygan bir davrda milliy g`oya milliy o`zlikni anglashning muhim omili sifatida muhim o`rin tutmoqda. Yosh avlodda Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat tuyg`ularni shakllantirishda, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda milliy g`oyaning tutgan o`rni va ahamiyati ham kundan-kunga ortib bormoqda. Milliy g`oya milliy va umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi. Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanida milliy g`oyaning milliy hamda umumdemokratik tamoyillari o zaro bog`liqlik, aloqadorlikda, uyg`unlikda ko`rib o`tiladi. Milliy g`oyani ilmiy o`rganish, o`qitish va targ`ib-tashviq qilishning nazariy-metodologik asoslari tadqiqoti ham milliy g`oya tarixi va nazariyasi fanining o`rganish sohasiga kiradi. Shu bilan birgalikda g oyaviy ta`lim-tarbiya va targ`ibot-tashviqot tizimi tadqiqoti ham fanning muhim masalalaridan biridir. Milliy g`oya tarixi va nazariyasini o`qitish jarayonida O`zbekistonning mustaqil demokratik taraqqiyotida milliy g`oyaga ehtiyojning ortib borish jarayoni ijtimoiy qonuniyat sifatida ko`rib o`tiladi. Milliy g`oya xalqning ishonch e`tiqodi manbai sifatida O`zbekistonning ichki siyosatida ham, uning tashqi siyosatida ham, davlatimizning xalqaro mavqeining mustahkamlanishida ham muhim ahamiyatga ega bo`lib kelmoqda.



Download 251,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish