O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Mehnat shartnomasining mazmuni



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

73-modda. Mehnat shartnomasining mazmuni
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi:
ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi);
xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim;
ishning boshlanish kuni;
mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati;
mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalari”ning 
III
(“Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari”) va 
IV bo‘limlari 
(“Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning
qo‘shimcha shartlari”), “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida,
moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning
6

15

21-bandlari 
(28.03.2020-y., ro‘yxat raqami 3228).
Mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarning qonunlar va boshqa normativ hujjatlar
bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas.
Keyingi
 tahrirga qarang.
74-modda. Mehnat shartnomasining shakli
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Mehnat shartnomasining shakli O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shartnomani hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qaror bilan
tasdiqlangan Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning 
namunaviy shakli.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga
saqlash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko‘rsatiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor
shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, imzolangan muddati qayd etib qo‘yiladi. Mansabdor
shaxsning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ta’kidlash tariqasida korxona muhri bilan
(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
(74-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalari”ning 
V bo‘limi
(“Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni rasmiylashtirish”).

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish