41-modda. Pul belgilarini tayyorlash va saqlash
Markaziy bank pul belgilarining tayyorlanishini, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarining saqlanishini, bosma qoliplar va bo‘yoqlarning saqlanishi hamda yo‘q qilinishini ta’minlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yo‘q qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.
42-modda. Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pul belgilari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘lovlarning barcha turlarida, shuningdek hisobvaraqlarga, omonatlarga o‘tkazish va jo‘natma sifatida o‘tkazish uchun o‘z nominal qiymati bo‘yicha qabul qilinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |