6-bob. O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi va pul muomalasini tashkil etish
39-modda. O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi
O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi O‘zbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasini tashkil etishni va uni tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir. Bir so‘m yuz tiyindan iborat.
So‘m O‘zbekiston Respublikasidagi yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
So‘mning ramz tarzidagi grafik belgisi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul muomalasini tashkil etadi.
So‘m va oltin o‘rtasida yoki boshqa qimmatbaho metallar o‘rtasida nisbat belgilanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |