35-modda. Markaziy bankning obligatsiyalari
Markaziy bank faqat pul-kredit siyosatini amalga oshirish maqsadida obligatsiyalar emissiyasini amalga oshiradi.
Obligatsiyalarning emissiyasi, joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi hamda muomaladan chiqarilishi tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
36-modda. Ichki valyuta bozoridagi valyuta intervensiyalari
Markaziy bankning valyuta intervensiyalari pulga bo‘lgan umumiy talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek so‘m kursining ortiqcha o‘zgarishlarini yumshatish uchun ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish-sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |