O‘zbekiston respublikasining markaziy banki to‘G‘risida


-modda. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish



Download 202,07 Kb.
bet125/178
Sana24.07.2021
Hajmi202,07 Kb.
#126989
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178
Bog'liq
1...Markaziy Bank tog'risida

44-modda. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish

Banklarning bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan yoki bunday shaxslar nomidan harakat qiladigan shaxslar bilan tuzadigan shartnomalari bankka aloqador bo‘lmagan shaxslar uchun nazarda tutilgan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslangan hollarda ularning bunday shartnomalarni tuzishi taqiqlanadi.

Ancha qulay shartlarni taqdim etish quyidagilarni anglatadi:

bank bankka aloqador bo‘lmagan shaxslar bilan ularning tabiati, maqsadi, xususiyatlari va bankning tavakkalchiligidan kelib chiqib tuzmaydigan bitimni bankka aloqador shaxs bilan yoki shunday shaxsning manfaatlarini ko‘zlab tuzilishini;

boshqa shaxslarga nisbatan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirganligi uchun pastroq tarzda mukofotlar olinishini va to‘lovlarni pastroq tarzda undirilishini yoki ta’minotni boshqa shaxslardan talab qilinadigan qiymatdan yuqoriroq qiymat bo‘yicha qabul qilinishini.

Bank o‘ziga aloqador shaxslarga ta’minlanmagan (ishonchga asoslangan kreditlar) kreditlar (qarzlar) berishi mumkin emas.

Bank o‘ziga aloqador shaxslar bilan ushbu moddaning talablarini hisobga olgan holda faqat bank kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra bitimlar tuzishi mumkin. Agar shaxs bank bilan bitim tuzish bo‘yicha shartnoma imzolanganidan keyin bankka aloqador shaxsga aylansa, bankning kuzatuv kengashi shaxs bankka aloqador shaxsga aylangan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida mazkur shartnomani ma’qullashi yoki uni bekor qilish to‘g‘risida farmoyish berishi kerak.

Kuzatuv kengashining a’zosi bank bilan o‘zi o‘rtasida yoki o‘ziga aloqador shaxs o‘rtasida tuzilgan yoki tuziladigan bitim masalasi ko‘rilayotgan kuzatuv kengashi yig‘ilishida hozir bo‘lmasligi, kuzatuv kengashi qabul qiladigan qarorga ta’sir ko‘rsatishga urinmasligi kerak.

Bank o‘ziga aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuzilgan bitimlarning alohida ro‘yxatini yuritishi va Markaziy bankni bankka aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzilishi oldidan xabardor etishi shart.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 53-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi 24-sonli “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/15-son qarori bilan tasdiqlangan Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi Nizom.


Download 202,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish