46-modda. To‘lov tizimlarining ishlashini ta’minlash
Markaziy bank to‘lov tizimining ishlashini ta’minlash maqsadida:
to‘lov tizimining strategiyasini belgilaydi va amalga oshiradi;
o‘z vakolatlari doirasida to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
to‘lov xizmatlari bozorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir talablarni belgilaydi;
to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari faoliyatini tartibga solishni hamda nazorat qilishni amalga oshiradi.
Markaziy bank banklarga va to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga to‘lovlarga hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatilishini tashkil etishda, shu jumladan bank kartalari hamda boshqa to‘lov vositalari orqali to‘lagan holda ko‘maklashishga, bunday operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilashga va tegishli ko‘rsatmalar berishga haqlidir.
7-bob. Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish, shuningdek xalqaro zaxiralarni boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |