Ijtimoiy siyosiy sohada tub o’zgarishlar.
Jamiyatni ijtimoiy hayotida o’zgarishlarning zanjirli mantig’i o’z manbalari va shart sharoitlari bilan odamlarda texnologiyalarda odamlarni turli guruhlarin iqtisodiy ahvolidaa ular o’rtasida mulkni taqsimlanishida o’z ifodasini topadi. Shu sabbali iqtisodiy tuzilmada tub siljishlar ijtimoiy kuchlarni yangi joylashuvini keltirib chiqardi.
Klassik industrial jamiyat XIX asr o’rtalarida o’z taraqqiyotini cho’qqisiga chiqqnda o’zini bir-biriga qarshi turgan ikki sinfi yollanma ishchilar va kapitalistlarni yaratdi. Ko’p sonli mayda burjuaziya –fermerlar, hunarmand, mayda savdogarlar o’tnishning qoldig’i sifatida yashadi. Jamiyatda mavjud bo’lgan barcha ijtmoiy qatlamlar o’z daromadlarini bir qismini armiya, amaldorlar, boshqaruv sud, politsiyani saqlash uchun davlatga ajratdi.
XX asrning oxirida bu ijtimoiy tuzilma tub o’zgarishlarni boshdan kechirdi va jamiyat ijtimoiy hayotini o’zgartirdi.
Burjuaziya turlki manfaatlari bilan ajralib turadigan bir necha guruhlarga bo’lindi. Davlat byurokratik apparatiga tayanadigan monopolistik burjuaziya, oliy tabaqa amaldor va harbiylar. Bu qatlam o’z manfaatlariga zid keladigan har qanday o’zgarishlarga qarshilik qiladi.
Mayda ishlab chiqaruvchi fermerlar, kichik tadbirkorlar, savdogarlar innovatsiya firmalari egalari, kafe, restoran xojayinlarini yangidan uyg’onish jarayonini boshdan kechiradilar. Kichik va o’rta biznesni yalpi ishlab- chiqarishdagi ulushi o’sib boradi, bir vaqtni o’zida uning ijtimoiy kuchi, siyosiy salmog’i kuchayib boradi. Siyosiy partiyalar saylovlarda bu qatlamning ko’p sonli ovozi nuchun kurashadi. Bu qatlamga ko’p sonli “erkin kasb” vakillari(vrachlar, rassomlar, advokatlar, artistlar, yozuvchilar) qo’shiladilar.hayotga Nanotexnologiyalarni innovatsiyalarini joriy qilinishi, ishlab-chiqarishni dekonsentratsiyasi, axborot vositalarini rivojlanib borishi bilan istiqbolda kichik va o’rta biznesni ulushi o’sib boradi.
Ishchilar sinfini qiyofasi o’zgardi. Malakali ishchilar yaxshi ish haqiga ega bo’lib, o’z uyi, avtomobili, aksiyalarga ega. O’n minglab ishchilar to’plangan gigant korxonalar otmishga ketmoqda. Moddiy ne’mat va xizmatlarning yaratuvchisi endi avtomatik liniya operatori programmist va boshqalar. Xizmatchilarni salmoqli qismini differensiyasi yuz beradi. Ularni bir qismi katta-kichik kompaniya, firmalarni menejerlari yirik burjuaziya tarkibiga kiradi. Bu qatlam konservativ kayfiyatda bo’lib, tub islohotlarga qarshilik qiladi. Boshqa eng ko’p sonli xizmatchilar amalda ishchilar sinfiga qo’shiladi.
Nafaqaxo’rlar safi kengayib boradi, ular uy xo’jaligida xizmat ko’rsatish sohasi yoki ishlab chiqarishda qo’shimcha ish bilan band bo’ladilar. Ularni ozgina jamg’armalarini nafaqalari inflyatsiya yo’q qilishi xavfi ostida bo’ladi.
Shunday qilib, jamiyatda ijtimoiy to’ntarish uchun baza qisqarib boradi. U yoshlarni bir qism radikal kayfiyatdagi qismi, ishsizlar turli daydi unsurlar, giyohvand –pionistalar, o’z qatlami bilan aloqasini uzgan qalang’i –qasang’ilardan iborat bo’ladi. Ular har qanday tartibsizliklarga xayrixoh bo’ladilar.
Bunday sharoitda kim progressni dvigateli, o’zgarishlar oldida boradi? Bu eng avvalo iqtisodiy va siyosiy hayotda salmoqli o’rinni egallash uchun kurashayotgan yangi avlodning faol vakillari, o’zgarishlar zarurligini tushunib yetgan va jamoatchilik ongini shakllantirishga ta’sir qiladigan ijodiy kasb kishilarini bir qismi: yangi yo’lboshchilar jalb qiladigan texnik intelektuallar, yosh harbiylar, malakasiz ishchilar.
Asta- sekin XXI asrning ijtimpoiy tuzilmasining chizgilari gavdalana boshlaydi. U bir necha asosiy ijtimoiy guruhlar va ularni turli ko’rinishlarini o’z ichiga oladi:
Qayta ishlab chiqarish sohasidagi malakali xodimlar ishchilar, texniklar, programmistlar, olimlar, konstruktorlar, injenerlar, o’qituvchilar, xizmatchilar.
Sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, maishiy xizmat sohalarida mustaqil ish olib boradigan kichik va o’rta tadbirkorlar
Nafaqaxo’rlar, qimmatbaho qog’ozlar, bank foizlari hisobiga kun ko’ruvchi rantye
Katta tadbirkorlar, oliy darajadagi davlat amaldorlari, armiyani oliy zobitlari, siyosiy partiyalar yo’lboshchilari, jinoyat dunyosini qurollari-katta iqtisodiy-siyosiy kuchga ega bo’lgan, demokratik o’zgarishlarga qarshi bo’lgan qatlam.
Jins –yosh guruhlari orasida yoshlar va ayollar vharakati yo’lboshchilari o’sib borayotgan ta’sirga ega bo’ladi. Bu har ikkala guruhni manfaatlari bo’ladi.yoshlar jamiyatdagi o’zgarishlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari bo’ladi, qayta ishlab chiqarishning turli rohalariga tobora ko’proq tortilib borayotgan ayollar ijtimoiy-siyosiy hayotda yetakchilikni davo qiladilar.
O’tish davrida qo’qisdan milliy va irqiy belgilarga ko’ra ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi. XX asrning 60-70 yillarida AQSH da negrlar harakati irqiy kamsitishga qarshi kuchaydi, janubiy Afrikada o’nlab yillar davom etgan irqiy to’qnashuvlar ko’pchilik negr aholisini g’alabasi bilan tugatildi.
Milliy mustaqillik uchun kurash natijasida SSSR, Yugoslaviya, ChSSR federativ davlatlari parchalanib, ularni o’rnga mustaqil davlatlar paydo bo’ldi. Ayrim hududlarda (Kavkaz orti, sobiq Yugoslaviya) uchun millatlar o’rtasida qonli to’qnashuvlar yuz berdi. Soni jihatidan kichik millatlarni o’z milliy mustaqilliklariga erishish uchun harakatlari kuchaydi. )Rossiya federatsiyasida Chechenlar, Xitoyda uyg’urlar).
Milliy harakat-bu amalda siyosiy kuch, u bilan hisoblashish lozim.
Millatchilik to’lqini o’z chegaralariga ega. Milliy elita hokimiyatni qo’lga olgach, bu hokimiyatni saqlab qolish uchun mamlakt ichida va uning tashqarisida turli millat, xalq, elatlar o’rtasida teng huquqli munosabatlar hamda har tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yishni anglab yetadi. Millatchilik va shovinizm kasalliklari o’tib ketadi, bu muammoga juda ehtiyoj bo’libsergak qarash ustuvor bo’ladi. Kelajak milliy madaniyatlarni gullab-yashnashi, alohida mamlakatlar va xalqaro munosabatlarda, ikki tomonlama aloqalarda millatlarning teng huquqli ittifoqi va hamkorligi bilan belgilanadi.
Siyosiy sohada o’tish davrining yetakchi an’analari bo’lib, quyidagilar korinadi:
Totalitar, fashistik, millatchilik g’oyalarini targ’ib qiladigan siyosiy partiyalar tarix sahnasidan tuhsib ketadi.
Siyosiy plyuralizm, turli ijtimoiy guruhlarni manfaatlarini aks ettiradigan, saylov kompaniyasini olib beradigan lekin monopol ta’sirga ega bo’la olmaydigan ko’pgina siyosiy partiyalar paydo bo’ladi. Postsotsialistik davlatlarda siyosiy partiyalarni paydo bo’ladi. Postsotsialistik davlatlarda siyosiy partiyalarni konsolidatsiyasi bir necha o’n yillar davom etadi.
Siyosiy kurashning keskinligi zaiflashadi, saylovchilar orasida apatiya keng tarqaladi, siyosiy hayotni davomiy nisbatan sokin davri vaqti-vaqti bilan tushkunlik vaziyatlarida kuchlar nisbatini tub o`zgarishlari davrida siyosiy ziddiyatlar, keskinliklar davri bilan almashib turadi.
O`tmishda aniqlangan siyosiy munosabatlarni siklik dinamikasini qonuniyatlari kelajakda ham saqlanib qoladi. XX asrning 70 – yillaridan XXI asrning 20-yillari o`rtalarigacha bo`lgan uzoq muddatli siyosiy sikl to`g`risida gapirish mumkin. Bu oraliq davomiyligi 15-20 yil bo`lgan uch-to`rt o`rta muddatli siklni oz ichiga ola oladi.
Ulardan biri XX asrning 90-yillarida tugadi va bu sohada navbatdagi yarim asrlik siklga o`tish bilan bog`langan tushkunlikni qamrab olishini aks ettirdi. Ikkinchisi XX asrning 90-yillarida boshlanib XXI asrning birinchi o`n yilligi oxirida tugashi kutiladi. U siyosiy sohada tub o`zgarishlar bilan tavsiflanadi: deyarli barcha hukmron Kommunistik partiyalar tarix sahnasidan tushdi, sotsialistik, xrestian –demokratik partiyalarni tasiri zaiflashdi; SSSR, Sharqiy Yevropadagi Mongoliya siyosiy tuzumlar halokatga uchradi; Millatlararo to`qnashuvlar kuchaydi; sotsial-demokratik an`analar post sotsialistik bo`shliqda qayta uyg`ona boshladi; yangi siyosiy yo`lboshchilar soyosiy maydonga chiqdi.
Uchinchi o`rta muddatli sikl taxminan XXI asrning 20-yillari o`rtalarigacha davom etib, yangi siyosiy kuchlarni konsolidatsiyasi, yetakchilik qilayotgan mamlakatlarda postindustrial sivilizatsiyaga mos siyosiy munosabatlarni qaror topishi bilan belgilanadi.
Ikkinchi uzoq muddatli sikl vaqtida, u XXI asrning 70-yillarigacha davom etadi, siyosiy tuzum keng rivojlanadi, yangi-yangi mamlakatlarni qamrab olib, amalga oshirish mexanizmlarini mukammallashtirib chuquqr rivojlanadi. Bu bosqichda qurolli ziddiyatlar qisqaradi, qurolsizlanish siyosati zonasi kengayadi, asta-sekin urush siyosatini amalga oshirish vositasi hisobidan chiqariladi. O`tish davrida shaxsni va jamiyatni insonparvarlik rolini o`sishi, iqtisodiy- ijtimoiy kuchlar nisbatini o`zgarishi davlat huquqiy sohada jiddiy o`zgarishlarga olib keladi.
XX asrning so`ngi choragida davlatchilikning chuqur tushkunligi kuzatiladi. Unga teng keladigani postindustrial sivilizatsiyaga o`tish davridan bo`lmagan edi. Nisbatan yumshoq shaklda bu jarayon an`anaviy demokratik boshqaruv tizimiga ega mamlakatlarda (AQSH, Angliya, Fransiya, Shvetsiya) o`tadi. Qattiqroq va tub shaklda tushkunlik va davlatchilikni transformatsiyasi bazi rivojlangan mamlakatlarda (Italiya), ayniqsa postsotsialistik va sobiq SSSR respublikalarida yuz berdi. Ko`pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda o`zgarishlar hali oldinda.
Bu sohada postindustrial sivilizatsiyaga o`tish davrida qanday an`analar yuz beradi?
Birinchidan, davlatni qayta ishlab-chiqarish va ijtimoiy hayotga aralashuvi kamaya boshladi. XIX asrning oxiridan davlat jamiyat piramidasining barcha davlatlarida yuz beradigan jarayonlarni muvofiqlashtirishni o`ziga yanada ko`proq ola boshladi. Bu hukmron tabaqani dektaturasini emas, balki jamiyat nomidan, xalq faravonligi uchun qilindi. Bunday jarayonlar totalitar davlatlarda o`z cho`qqisiga erishdi, faqat mafkuraviy jihatdan farq qilib, jamiyat hayotini barcha sohalari ustidan qat`iy nazorat o`rnatishda yakdil edilar.
Lekin bu tuzum XX asrning 70-80 yillarda darz keta boshladi, 90-yillar boshlarida qator mamlakatlarda halokatga uchradi. Davlatni, jamiyatni turli sohalaridagi boshqaruvchilik roli yana jiddiy toraya boshladi. Birnchi bo`lib nazorat ostidan ma`naviy hayot chiqdi. Olimlar, madaniyat arboblari, jurnalistlar, dessidentlar kuchi va ezgulik davlatini jamiyat ko`z oldida obro`ini tushirishga harakat qildilar: Rejali tizimni halokati, bozor munosabatlarini qayta tiklanishi, demokratik iqtisodiy islohotlar byurokratik davlat apparatini iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini cheklab ijtimoiy boylikni o`zboshimchalik bilan o`z foydasiga qayta taqsimlash imkoniyatidan mahrum qildi.
Davlat asta-sekin kelajak jamiyatda o`zi shug`ullanadigan sohani topadi: inson huquqini himoya qilish, xo`jalik subektlari, jamoat tashkilotlarini suiqasd va suistemollardan asrash; ko`p sonli qarama-qarshilik, bahslarda hakam vazifasini o`tash; iqtisodiyot va ijtimoiy-siyosiy hayotda “o`yin qoidalari” qonuniyatlarini aniqlash va bu qoidalarga rioya qilishni nazorat qilish; jamiyatni topshirig`i bilan ayrim funksiyalarni bajarish, qaysiki ularni xususiy kishilar va kompaniyalarga topshirish foydali emas (atrof-muhitni ifloslanishi ustidan nazorat yordamga muhtoj turg`un hududlarni qo`llab-quvvatlash va hokazo) jinoyatchilik bilan kurash; tashqi xavfni bartaraf qilish; tashqi munosabatlarni boshqarish; o`z fuqarolari, kompaniya, fermalarini manfaatlarini chet elda himoya qilish.
Ikkinchidan, davlat hokimiyatini tuzilmasi o`zgaradi. Ko`p mamlakatlarda hokimiyatni demokratik bo`linish tamoyili qaror topadi. O`tish davrini tugallanishida hokimiyatlarni balansi qayta tiklanadi.
Uchinchidan hokimiyatni yuqori darajada markazlashuvi desentralizatsiya an`anasi bilan almashadi, qator funksiyalar, hududlar va mahalliy (munisipal) organlarga o`tadi. Ko`pgina davlatlarda bu organlarni huquqlarini kengaytirgan ma`muriy islohotlar o`tkazilgan. Bu davlat hokimiyatini demokratlashtirdi, uni xalq ehtiyojlariga yaqinlashtirdi. Markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalarini optimal nisbati qayta tiklanadi.
To`rtinchidan, davlat huquqi vakolatlarini amalga oshirish mexanizmi o`zgaradi. Demokratik saylov tizimi qaror topadi. Davlat apparati kasbiy asosda tashkil etiladi.
Jamiyatni davlat organlari faoliyati va amaldorlarni suistemollarini nazorat qilishi ancha hajmda “to`rtinchi hokimiyat” ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televideniya amalga oshiradi. O`tish davrida ommaviy axborot qator mamlakatlarda keskin tus oladi.
Beshinchidan, qonun ustuvorligi an`anasi birinchi o`ringa chiqadi. Inson huquqlari himoyasi, hamma uchun teng shart-sharoitlarni yaratish uchun huquqiy normalar tizimi to`ldiriladi va yangilanadi. Huquqqa konservatizm xos, bu uning qarori, avantyurizm va subektivlikga qarshi davo lekin huquqiy normalarni yangilashda qoloqlik o`z boshimchalikka olib keladigan boshliqni yaratadi. Shu sababli barcha mamlakatlarda qonun ijodkorligi bo`yicha ish kuchayadi. Xalqaro siyosiy munosabatlar sohasi yangi belgilarni oladi. Ko`p qutbli dunyo shakllandi. O`tish davrida yangi an`analar bir qutbli dunyoni inkor qiladi. Bir mamlakatni butun dunyoga o`z irodasini o`tkazishga boshqalar ko`nmaydilar.
Hududlararo ittifoqlar, hududiy xalqaro tashkilotlarni roli kuchayadi. Ayniqsa Yevropadagi o`zgarishlar diqqatga sazovor. Umumyevropa g`oyasi, umumyevropa jarayoni insoniylik o`lchovini olmoqda. “Fuqaro Yevropasi”, “inson Yevropasi” masalasi qo`yilmoqda. BMT, Yunesko, Yunido, Xalqaro savdo tashkiloti, Xalqaro sud, xalqaro tashkilotlarining ahamiyati oshib boradi. Ular mamlakatlar bilan siyosiy munosabatlarni barqaror holatga keltirishda, ijtimoiy, ekologik, gumanitar siyosatni kelishishda, xalqaro huquq normalarini shakllantirish va qo`llab quvvatlashda, xalqaro ziddiyatlar, urushlarni tinch yo`l bilan bartaraf qilishda davlatlar o`rtasida hamkorlikni amalga oshiradilar. Mamlakatlar, millatlar, xalqlar, elatlar, davlatlar o`rtasida asta-sekin hayotning barcha sohalarida hamkorlik yo`lga qo`yila boshlaydi. Jahon miqyosida yalpi muammolarni hal qilishni optimal yo`llarini topish va uni hal qilish uchun barcha mamlakatlar ahillik bilan hamkorlikni amalga oshirish darajasida yetadilar. O`tish davrida manaviy sohani o`zgarish an`anasi. O`tish davrida jamiyat hayotini barcha tomonlarini chuquqr transformatsiya manaviy sohani ham qamrab oladi. Tafakkur faoliyati – fan, badiiy ijodiyot, ta`lim, mafkura doimo olg`a harakatda bo`ladi. Odatda manaviy sohadagi o`zgarishlar iqtisodiy-siyosiy hayotdagito`ntarishlardan oldin keladi, ularni tayyorlaydi. Lekin, bu safar to`ntarishni tuzilmasi, uni mohiyati chuqurligini anglash bazi kechikishlar bilan yuz beradi. Ehtimol bir tarixiy supersikldan boshqasiga o`tishdagi alohidalik, antik jamiyat halokati vaqtida ijtimoiy ongning ildam rivojlanishi kuzatilmadi. Bu bilan jamiyatda o`zgarishlarning uzoq davom etishi va azob-uqubati, odamlarni ularni qabul qilishga tayyor emasliklari, yangi amaliyotga moslashuvni qiyin kechishi tushuntiriladi.
Bu o`tish manaviy sohadagi tushkunlikni chuqurlashuvi bilan boshlandi, uning belgilari birinchi jahon urushidan his qilindi va o`sib bordi. XX asrning 70-90 yillaridagi iqtisodiy, texnologik, ekologik, ijtimoiy-siyosiy tushkunliklarni fan ko`ra olmadi va yer aholisini ko`pchiligiga uni zarbalarini yumshata olmadi, bu inson tafakkuri qudratiga ishonchni yo`qotdi.
Ilmiy romantizm, eyforiya o`rniga ishonchsizlik, skeptisizm, u dunyodagi kuchlarga ishonish, okkultizm keldi. Ommaviy axborot vositalari tomonidan kuchli qo`llanilgan antimadaniyat oqimi o`sib bordi. Asriy manaviy –axloqiy qadriyatlar yemirildi, zo`ravonlik va buzg`unchilik kulti qaror topdi. Diniy fanatizm qayta tug`ildi, ko`plab sektalar yuzaga keldi. Ta`lim tizimi o`zini yo`qotib qo`ydi: qanday bilimlar, qanday yurish-turish qoidalari bilan yosh avlodni qurollantirish kerak? Insoniyatni intelektual va manaviy –axloqiy aynish xavfi kuchaydi.
Lekin XX asr oxirida ma’naviy hayotda tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu eng avvalo chuqur ilmiy inqilob uchun shart-sharoit yaratdi, unijng cho’qqisi XXI asr boshlarida ko’rindi. Bu safar uning oldingi safida fizika emas, inson va uni hayoti to’g’isidagi fan biologiya bormoqda. Uning sifat jihatdan taraqqiyotini yangi darajasi XX asrning 70-yillaridan gen injenerlkigini (boshda mikroorganizmlarga qo’llanilgan) shakllanishidan boshlani.
Odam genini siri, nasliyatni genetik kodini o’qish maqsadida ulkan ish olib borilmoqda. Koinotni kelib chiqishi va rivojlanish qonuniyatlarijamiyat va alohida odamlar hayotidakosmik jarayonlarning ta’siri to’g’risida yangi konsepsiyalar paydo bo’ldi.
Lekin jamiyat to’g’risidagi fanlar kuchli kuchli transformatsiya oldida turibdi. Qaysiki bu fanlar hali hayotdan orqada qolgan eskirgan paradigma va dog’malar bilan to’lib toshgan. Bu fanlar hayot jarayonlariga murojaat qilib, yangi dalil va voqeliklarni qat’iy tanlash va umumlashtirish, ijtimoiy statistika, dinamika va genetikan qonuniyatlari , an’analarni aniq shakllantirish , ularni retrospektiv tahlil va bashorat yordami bilan astoydil tekshirish lozim.
Faqat shunda jamiyatni yangi ilmiy manzarasi uning tuzilishi va dinamikasijamiyatni bilish va o’zgartirishning kuchli va mustahkam quroli bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ammo hali bungacha uzoq. Hozir jamiyatshunoslikning ko’p sohalarida yangi ilmiy paradigmalarni unsurlari shakllanmoqda.
O’tish davrining keyingi bosqichda ilmiy tadqiqotlarning natijalariga talab kuchayadi. Fanning o’zi ham ajoyib kashfiyot, yirik mixtirolarni tug’diradi, ularni o’zlashtirish ishlab chiqarishni yangilash va uni samaradorliginioshirishga yordam beradi, u yanada fan bilan qo’shilgfan bo’ladi. Lekin XX asrning 50-yillarida kuzatlgan ilmiy potensial dinamikasini eksteniv yuqori sur’atlariga qaytish mumkin emas. Chunki iqtisodiytoni militarlashuviharbiy texnika inqilobi bilan bog’liq edi.fundamental tadqiqotlar yangi xalq is’temoli mahsulotlarini fuqarolik progressive texnologiyalarni ishlab chiqish uchun ko’p minglik ilmiy tadqiqot institutlari va konstruktorlik buyrolari kerak emas.fanga dekonsentratsiya va diversifikatsiya tadbiq etiladi.
Ilmiy texnika to’ntarishi davrida fundamental tadqiqotlar bialn shug’ullanadiganlar soni ko’payadi, ma’naviy eskirgan texnika avlodlarinitakomillashtirish bilan band bo’lganlar soni keskin qisqaradi. Fanga tadbirkorlar jiddiy e’tibor beradi;lar va uni qo’llab quvvatlaydilar. Uning obro’yi jamiyatda keskin o’sadi, yoshlarni fan sohasiga kelish oqimi kuchayadi.
O’tish davrining eng muhim xususiyatlaridan biri yuqori madaniyatni qayta uyg’onishidir. Bu tug’ilayotgan postindustrial sivilizatsiyaning gumanizmi bilan bog’liqligidir, uning yuragi ilmiy va badiiy ijodiyot bo’ladi. Industrial madaniyat tushkunligi azoblaridan R.Sorokin va boshqa olimlar aytganidek ommavy antimadaniyatni nkor qiladigan sanan renessansi tug’iladi.
Rivojlangan mamlakatlarda madaniyatga ustuvor ahamiyat beriladi. J. Hesbitt va P. Eburdin XX asr 90-yillaridagi o’n jahon an’analari ichda ikkinchi o’ringa san’atni qayta uyg’onishini qo’ydilar. “Ming yillikning so’nggi yillarida bo’sh vaqtni o’tkazish va unga xarajatlarda ustuvorliklarni tub va inqilobiy almashuvi yuz beradi. 90-yillar tasviriy san’at, poeziya, raqs, teatrva musiqani zamonaviy renessansini butun sivilizatsiya dunyosida hayotga chaqiradi.
Bu hali uzoq zamon bo’lmagan industrial davr bilan qarama-qarshi bo’ladi, qachonki unda harbiylar namuna edilar, sport esa metafora ... jamiyat hayotida san’atni rolini o’sishi bilan alohida odamlar, korporatsiyalar,.. katta-kichik shaxarlar o’z taqdirlarinisan’at asarlaridagi obrazlar, shaxslar hayot stili bilan yanada ko’proq belgilaydilar.” (39.c.70.71.90)
Yangi uyg’onish davri to’g’risida gapirish mumkin, qachonki bunday an’analar XIV-XVI arlarda Renessans davrida kuzatiladi. Lekin bu tarixiy progressning hozirgi davri xususiyatini aks ettiradigan jahon madaniyati taraqqiyotini spiralini yangi xalqasi.
Otish davrida yuqori madaniyatni uyg’onishi an’nalarini o’ziga xosliklari va omillari qanday?
1. bu anana jamiyatni insonparvarlashuvi ma’naviy sohani yuksalishi, inson ijodiy qobiliyatlarini ustuvorligining yanada umumiy oqqimining uzluksiz tarkibiy unsuri bo’ladi. XXI asr bu ijodiyot asri estetik mezonlar asosida atrof dunyoni o’zgartiradigan inson ma’naviyatining yangi parvozi davridir.
Bolalikdan insoniyat urug’ida odamlarda go’zallikka intilish mavjud edi, alohida davrlarda u shaxsni komilligiga yordam berib, yorqin ifodasini topdi.o’rta asrlar Italiyasida san’at renessansini va buyuk ilmiy inqilobni vaqt bo’yicha bir to’g’ri keldi.
Postindustrial davriga individualllik yorqin ifodalangan va shaxsni etnik guruhni, milatni ma’naviy kuch qudratini amalga oshirish xos bo’ladi. Industr9ial standartlashtirish zulmi ostida qolgan madaniy o’ziga xoslik qayta uyg’onadi. Madaniyat shaxsni, ijtimoiy va etnik guruhlarini, millatlarni , xalqlarini o’zligini ifodalashga aylanadi, madaniyat shaxslar aro, millatlararo, xalqaro muloqotning bosh kanallaridan biri bo’ladi. Hatyada, oliy madaniyat renessansi-postindustrial sivilizatsiyani XXI asr odamining ma’naviy dunyosining shakllanishini bosh yo’lidir. Sodir bo’layotgan o’zgarishlar san’atni mazmuni va funksiyalarida, badiiy stillarda albatta aks etadi. Modernizmni uning turli ko’rinishidagi shakllarda hukmronligi, tabiat va insonni mukammal birligi va yaxlitligini ataylab sohalashtirishi mashina asrini oqibati, shaxs bir butunligini bo’laklarga bo’lib yuborishga norozilik edi.
Lekin keljak moderniizmga tegishli bo’lmaydi. P.Sorokin o’z vaqtida modernizmni o’rniga boshqa san’at kelishini aytib o’tgan edi.
Bu bashorat XX arsning 30-yillariga tegishli lekin badiiy stillarni almashuv vaqti birdaniga kelmadi. Amalda XX asrning butun ikkinchi yarmi har badiiy madaniyatida modernizmni hukmronligi davri va unga qarshi nihoyatda mafkuralashgan “sotsialistik realizm” bo’ldi. Lekin bu har ikki oqim hissiy san’atni yemirilish davridagi chekka shoxchalar edi.
Ularni o’rniga oliy qayta tug’ilish inson va uni o’rab turgan dunyoni uyg’unligi va go’zalligini, fojeaviylik va inson faoliyati, uni barchani his qiladigan aqlini ifodalaydigan san’atni qayta tug’ilishi keladi. Klassik san’at, antik va Renessansni nodir asarlariga ommaviy qiziqish va modaga aylandi. Kelajak odamlar va tabiatda go’zallikni, yaratuvchilikni o’zida aks ettirgan san’atdadir.
Bir badiiy maktab, stil, yo’nalish hukmron bo’lmaydi yoki majburan tegishtirilmaydi. Aksincha san’at vasarlarini turli did va qarashlarga mos holda tanlash erkinligi hukm suradi. Nafaqat tanlangan saylanma elita, balki odamlarni barchasi uchun zamonaviy axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, turizm orqali jahon madaniyati san’atining noyob namunalari, madaniy merosdan bahramand bo’lish imkoniyati yaratiladi.
2.San’atning yangi renessansini o’ziga xosligi va afzalligi uni zamonaviy oily texnologiyalarga , san’at estetik ta’limni axborotlashuviga tayanishidir. Bu san’atning noyob namunalarini (musiqa, opera san’ati, balet, me’morchilik , tasviriy san’at) telekomunikatsiya, internet orqali namoyish qilish, ko’paytirish, tarqatish imkoniyatini beradigan axborot texnologiyalari
Xalqaro va milliy axborot setlari estetik ta’limni vositalaridan biri bo’lib, san’at namunalari har bir maktab oila, shaxs bilishi, ko’rib tanishuvini amalgam oshiradi va estetik ta’lim tarbiya beradi. Har bir kishi uyida turib jahonnning mashhur muzey, galereyalaridagi noyob san’at namunalaridan bahramand bo’lishl;ari odatdagi hodisa bo’ldi.
3. Oliy madaniyat iqtisodiy resurs bo’lib, tez o’sayotgan bozorda kapitalni qo’llashni foydali sohasi bo’ldi. J.Nesbitt va P Eburdin oily sanoatga talabni kuchayib borayotganiga ko’p dalillar keltiradilar. AQSH da muziylarga kirish 1965 yildan 1988 ylgacha bir yilda 200 mlndan 500mln kishiga o’sgan. G’arbiy Germaniyada o’n yillikda 300 muzey qurilgan.
Buyuk Britaniyada madaniyat va san’at sohasi har yili 17 mlrd dollar keltiradi, avtomobil sanoati ham shuncha foyda keltiradi. Nyu Yorkdagi “Metropoliten” muzeyi Van Gog asarlari kamayishiga boshga shaharlardan 253 ming kishi keldi, ular shahar restoran, kafe, magazinlariga 223 mln dollar sarf qildilar. Shu muzeydagi magazine 1988 yil 53 mln ga mahsulot sotdi va 9,2 mln sof foyda oldi.
AQSH korporatsiyalari 1988 yilda san’atni9 qo’llashga 1 mlrd dollar sarfladilar. (39.C. 78,83, 98)
4.sanoatni qayta tug’ilishi xalqlarni madaniy yaqinlashuviga yordam beradi, ma’naviy hayotni baynalmillashuvini muhiom bo’g’ini bo’ladi. Industrial jamiyatda madaniyatni unifikatsiya va standartlash an’anasiga qarshi milliy madaniyatlarni qayta uyg’onishi va ular orasidagi intensive almashuvi asosida millatlarni yaqinlashuvi yuz beradi. San’atni tili (haykaltaroshlik, tasviriy san’at, memorchilik, musiqa, raqs) tarjimasiz tushunarli, u umuminsoniyat muloqotining asosi, global madaniy kenglik, dunyoni merosini shakllanishidir.
Madaniyatning boshqa sdsohalarida katta o’zgarishlar yuz beradi. Kitob bosish to’ldiriladi. Electron nashriyotlar jadal rivojlanadi. Arxiv hujjatlari, nodir kitoblar lazer disklariga ko’chirilib asrlarcha saqlanadi va internet, boshqa aloqa vositalari orqali boshqalar foydalanishi mumkin bo’ladi. Endi ko`p kunlar arxivda, kutubxonalarda o`tirib kitob titkilashga hojat yo`q, zarur adabiyotlarni, hujjatlarni “elektron kottej”dan chiqmasdan aloqa kanallari, jumladan internet orqali olish mumkin.
O`tish davrida ta`lim tizimida katta o`zgarishlar yuz beradi. Bu sohani qamrab olgan chuqur tushkunlik XX asrning 60-70 yillar boshlaridan o`zini bildira boshladi. Ta`lim sohasidagi zamonaviy inqilob bir necha o`n yillarni (yarim asrdan ko`proq) qamrab olib, qator bosqichlarni bosib o`tadi.
Birinchi bosqichda (XX asrning 70-90 yillari) jamiyat taraqqiyotining o`zgargan sharoitlariga mos ta`limning skakllari, yangi yo`llarini, xavfli tus olgan funksional savodsizlik, kasbiy layoqatsizlikni tugatish usullarini izlash amalga oshirildi. Ikkinchi bosqichda (XXI asrning birinchi o`n yilligi) ta`lim mazmuni boshlanayotgan ilmiy inqilobga moslashtiriladi. O`quv jarayonini axborotlashtirish uni samaradorligini ko`p marta oshiradi. Uchinchi bosqichda (XXI asrning 20-30 yillari) ta`limdagi inqilob natijalari kengayadi, rivojlanayotgan mamlakatlarni qamrab oladi. Texnologik to`ntarish uchun shart-sharoit yaratadi, bu mamlakatlarni asta-sekin qoloqligini bartaraf qilishga, qayta ishlab chiqarishni samaradorligi va turmush darajasini o`sishiga shart-sharoit yaratadi.
Bu sohada boshlangan to`ntarishlar natijasida – yuzaga kelgan an`analardan kelib qanday o`zgarishlar yuz beradi?
Ta`lim mazmuni bir necha yo`nalishlarda o`zgaradi. Birinchi – o`quv darsliklarini qayta ko`rib chiqish va ularni zamonga mos yangi avlodlarini yaratish. Ta`lim tizimini inersiyasini hisobga olganda o`qituvchilarni bir ikki avlodi va darsliklarni bir necha avlodlarini almashuvi uchun bir necha o`n yillar talab qilinadi. Shundan keyingina darsliklardagi bilimlar summasi postindustrial sivilizatsiyaning mazmuniga mos bo`ladi.
Boshqa yo`nalish- ta`limni insonparvarlashtirish, texnokratik tor pragmatik uklonlarni bartaraf qilish, ta`limni har qanday bosqichida gumanitar sikldagi predmetlarni o`rganishni kengaytirish, kasbiy ta`limni estetik va etik ta`lim bilan qo`shib olib borish, faqatgina har tomonlama ta`lim olgan, jahon madaniyati yutuqlarini egallagan, barcha jarayonlarni siklik dinamikasini va ularni nasliy ildizlarini tushunib biladigan odam, jadal o`zgarayotgan jamiyatga tez moslashadi.
Uchinchi yo`nalish – ta`limni ham umumiy ham kasbiy keng politexniklashuvi. Turmush va mehnat faoliyatining har qanday sohasida har bir kishiga turli xil mashinalarni bir necha avlodlari bilan ish ko`rishga to`g`ri keladi. Texnika va texnologikukladlarni yangilanishiga moslashish uchun keng tayyorgarlik kerak.
Uzluksiz o`sib boradigan va tez yagilanadigan bilimlar hajmi va kasbiy malakalarni o`qitishning eskirgan an`anaviy metodlariga tayanib o`zlashtirish mumkin emas. Ular o`tish davrida tub transformatsiyaga duch keladilar. Katta hajmdagi umumta`lim va kasbiy bilimlarni mexanik esda qoldirishga tayanish o`zini oqlamaydi. Bu bilimlar tez eskiradi. To’plangan bilim va ko’nikmalar inersiyasi o’z vaqtida yangi an’analarni bilib olishga va unga tez moslashishga imkon bermaydi. Eskirgan shablonlar hayot qo’ygan yangi muammolarni yecha olmaydi.
Bundan chiqishni yo’li kreativ pedagogikaga suyanish, mo’quvchini ijodiy qobiliayatlarini rivojlantirish, noananaviy muammolarni qo’yish va yechishda mustaqillik bir faoliyatdan boshqasiga tez va muvaffaqiyatli o’tish, obyektlarga ko’p tomonlama, ko’lamli qarash, yondashuvni aniqliginiqarashlarni kengligi bilan qo’shishdir. Bu chuqur va har tomonlama bilimni talab qiladi.
O’qitishni tashkillashtirishni yondashuvlari o’zgaradi. Asrlar bo’yicha shakllangan o’qitish tizimi va umumta’lim va kasbiy o’quv yurtlarida hayotdan orqaga qolgan muddatli o’qish keyin esa ishlab chiqarish yoki ofisda yangidan amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish va qayta o’qish va ilgari olingan bilimlarni katta qismini astasekin unutish-bu o’qitish tizimi yangi sharoitlarga to’g’ri kelmaydi.
Uning oi’rniga uzluksiz ta’lim tizimi keldi. Bu tizim inson hayotini barcha bosqichlarini qamrab oladi va shaxsni jismoniy, ma’naviy, intelektual rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bilan birga umumiy va kasbiy ta’limni qamrab olib, ilmiy texnik yutuqlar navatorlik g’oyalarini tez o’zlashtirib olish uchun sharoit yaratadi, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Ko’rsatilgan tramoyillarga asoslangan uzluksiz ta’lim tizimi Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya va boshqa qator mamlkatlarda ko’proq o’zlashtirilgan. Bu yerda boshlang’ich, o’rta maxsus ta’limni takomillashtirish bilan birga, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish butun mehnat faoliyati davomida ayniqsa kasbini o’zgartirgan paytda katta e’tibor beriladi.
Uzluksiz-siklik ta’lim tizimi har bir bosqichni ixtisoslashuvini hisobga olgan holda 5 siklni o’z ichiga oladi:
1. Maktabgacha ta’lim –oila va maktabgacha muassasalarda. Bu yerda asosiy e’tibor ota-onalarda pedagogik ko’nikmalarni rivojlantirishga, ularni zamonaviy o’quv qo’llanmalari kompyuter o’yinlari, bolalar teleko’rsatuvlari sikllar bilan tansishtirish
2. Umumta’lim tayyorgarligi-boshlang’ich, to’la bo’lmagan o’rta va o’rta ta’lim. Bu ta’lim spiral bo’yicha oddiydan murakkabga tomon bilimlar majmuasini o’rganish, bu zamonaviy jamiyatda insonga kerakli bilimlar, eng asosiysi- ijodiy qobiliyatlarni rivojlanishini rag’batlantiruvhci va tez yangilanayotgan bilimlar dengizida o’z yo’lini topish. Shu bilan birga asosiy e’tibor gumanitar va tabiiy –ilmiy tayyorgarlikga, informatika asoslarini o’rganishga qaratiladi. O’rta ta’lim bolalarni turli qobiliayatlari va qiziqishlariga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Turli darajadagi kasb ta’limi- kasb o’quv yurti, texnikum, kollej, institut, universitet, aspirantura-mehnat taqsimoti tizimidagi u yoki bu sohada mehnat qilish uchun maxsus bilim va ko’nikmalarni egallashga xizmat qiladi. O’tish davrida bu o’quv yurtlariga xos an’analar tayyorgarlik mprofilini kengaytirish, o’ta tor ixtisoslashuvni bartaraf qilish, ta’limni insonparvarlashtirish, umum ilmiy va maxsus –kasbiy fanlarni dunyoqarash, umummadaniy, etik va jismoniy tarbiya bilan qo’shib olib borish, qaysiki malakali ishchi, mutaxassis har tomonlama kamol topgan shaxs sifatida postindustrial davr talablariga javob berishi .lozim; ta’limnmi politexnikalashuvi, zamonaviy texnikani turli xillari bilan tanishish, chinki ular bilan mehnat faoliyati va uy xo’jaligida ish ko’rishga to’g’rim keladi, ta’limni moddiy ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati bilan birlashtirish.
Ta’lim va madaniyat sohalarida xalqaro hamkorlik kuchayadi. Bu turli mamlakatlar ta’lim tizimini bir-biriga yaqinlashtiradi, bu sohada erishilgan yutuqlarni boshqalar tomonidan o’zlashtirilishiga olib keladi. Natijada yangi texnika, texnologiyalarni o’zlashtirishga olib keladi. Natijada yangi texnika, texnologiyalarni o’zlashtirish, mehnat unumdorligini o’sishiga olib keladi.
O’qitishning texnik vositalari takomillashadi. Ta’limkni axborotlashuvi, kompyuterlar, o’quv televideniyasi, videotexnika, multimediani interfaol vositalari, hmada o’quv yurtlarini yangi jihoz, asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi yuqori darajada bo’ladi. Yaponiya, Germaniya, AQSH va ko’pgina boshqa mamlkatlardab o’quv yurtlarini zamonaviy o’qitishning innovatsion texnologiyalari keng qo’llanilmoqda.
Etika va mafkurada chuqur o’zgarishlar yuz beradi. Bu ikki sohaning dinamikasi jamiyat piramidasining barcha qavatlaridagi o’zgarishlar bilan bog’langan.
XX asrda etikani tushgkunligini Pitirim Sorokin va Karl Yaspers va boshqa jamiyatshunos olimlar b XX arsning 40-yillarida chuqur tahlil qildilar.
Pitirim Sorokin muqobil insonparvar etikani shakllanishiga e’tibor berdi. U beqaror yaratuvchan muhabbat. Bu shunday kuch bo’ladiki agar undan aql bilan foydalanilsa, odamlar va odamlar guruhi orasidagi agressiv to’qnashuvlarni oldini olish mumkin; dushmanlik munosabatlarni do’stona munosabatlarga aylantirish mumkin ; muhabbat xalqaro siyosatga global ta’sir qilishi, millatlararo ziddiyatlarni tinchlasantirishi mumkin; beg’araz dono sevgi jismoniy, aqliy, axloqiy sog’liq uchun hayoti kuch bo’lishi mumkin; altruistlar egoistlardan ko’ra ko’proq yashaydilar degan xulosaga keldi.
Inson ideali, uning axloqiy qoidalari va boshqa odamlar, jamiyat bilan o’zaro munosabatlarda, madaniy qadriyatlar bilan murojaat qilishi yoki e’tiqodga, yoki bilimga asoslanadi. XVIII asr oxiridan va ayniqsa XIX asrda din fannning tazyiqi ostida o’z ta’sirini tez yo’qota boshladi. Marzsistlar jangovar ateizm nuqtai nazaridan diniy e’tiqodnim kuch bilan yo’qotishga urindilar.
XX asr oxorida ideallarni ya;lpi yemirilishi boshlandi. Bu din va axloq sohasida uch an’anani yuzaga keltirdi.
Birinchi an’ana -e’tiqod, fan va barcha axloqiy qoidalarni inkor qiladigan nigilizmni tarqalishi. Nigilizmning axloqning an’anaviy normalari bilan qarama-qarshi u faqat kuchlini qoidasini tan oladi, inson hayotini qadrlamaydi. Nigilizm-jinoyat, korrupsiya, buzuqlikni mafkurasi u o’tish davrida tartibsizliklarni barham topishi bilan yashirin holatga o’tadi.
Ikkinchi an’ana- diniy e’tiqodlarni qayta jonlanishi. Turli sektalar paydo bo’ldi. Ayniqsa yoshlar orasida dunyo dinlari XXI asrda o’z mavqeini saqlab qoladilar. Dinning jonlanishi XXI asrda yangi diniy oqimlarni paydo bo’lishini ko’ramiz, ayrimlari tezda o’zini ko’p sonli muxlislarini topadi, boshqalari yoq bo’lib ketadi. Diniy adabiyot6lar ko’plab chop etiladi. Din arboblari marketing va biznes bilan faol shug’ullanadilar.
Xristian cherkovi, yangi oqimlar missionerlik faoliayatini kuchaytiradilar. Ular ayniqsa rivojlanayotgan dunyoda faol ish olib boradilar. Xxiasrdan diniy uyg’onish sezilarli istiqbolga ega bo’lmaydi.
Postindustrial jamiyatning shaklanish va yetuklik bosqichlarida ehtimol, bu insonparvar jamiyatni mohiyatiga javob beradigan ideallar va etika normalari qaror topadi. Bu idealarning mag’zini inson shaxsini har tomonlama rivojlanishi, jamiyatni bosqichli, siklik progressini tan olish, boshqa odamlarni e’tiqodlariga, etik normalariga tolerantlik tashkil etadi. Bunday mafkura va axloqning ibtidolari hozir ko’p mamlakatlarda yetilmoiqda, lekin hozircha yetakchi mavqega ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |