O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


To’rtinchi uzoq muddatli ilmiy sikl



Download 1,75 Mb.
bet73/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

To’rtinchi uzoq muddatli ilmiy sikl (1895-1944) ni boshlanishi ilmiy inqilob bilan mos tushdi. Qaysiki u tabiiy fanlar sohasida to’ntarishga olib keldi. Dunyoni yangi manzarasini shakllantirdi. Tabiatshunoslikda ilmiy inqilobning yetakchisi sifatida fizika fani xizmat qildi. 1895-1896 yillarda boshlab Rentgen nurlari va radioktivlik. M.Plankning kvant nazariyasi (1900 y). A.Eynshteynning maxsus (1905 y) va umumiy (1916 y) nisbiylik nazariyalari, T.Rezerford va N.Borning (1913 y) atom tuzilishi modeli kashf qilindi. Ilmiy inqilobning ikkinchi to’lqini vaqtida ikki jahon urushi oralig’ida D.Broyl-Shredingerning to’lqinsimon mexanikasi, T.Rezerfordning (1929 y) yangi kvant, neytronni (1932 y) pozitron-mezon (1935 y), atom yadrosdining bo’linishini ochilishi (1938 y) fan tarixida muhim voqea bo’ldi. Atom fizikasining katta yutuqlari kelgusi atom erasining fundamental asoslarini qo’ydi.
Biologiya fanining rivojlanishi fermentlar, vitamin va garmonlar, viruslar va antibiotiklarni kashf etilishiga, organizm va biosferada moddalar almashinuvi mexanizmnining ochilishiga olib keldi. N.Vavilovning asarlarida o’simliklarning tizimlashtirish ilmiy asoslandi. Genetika fani jadal rivojlandi. I.P.Pavlovning shartli reflekslar va oliy nerv faoliyatining regulyatsiyasi yirik ilmiy kashfiyot bo’ldi. Biologiya fanlarining turli sohalarida katta yutuqlarga erishildi va ular qishloq xo’jaligi, sanoatda va tibbiyotda keng amaliy qo’llanila boshlandi. Bu o’z navbatida sanoatda yangi sohalarni (vitamin, mikrobiologiya) meditsina va farmokologiyada yangi bo’limlarni yaratilishi uchun tibbiy mashinasozlik rivojlanishini asosi bo’ldi.
Texnika fanlarida elektr energiyani va axborotni uzatishning yangi turlarida (radio, televideniya), kimyoviy jarayonlarni turmushda, tibbiyotda (rentgen diagnostikasi)da foydalanishda, uzatishda, qaytarishlarda yangi usullar ochildi. Mashina va mexanizmlar nazariyasi, samolyotsozlikni rivojlanishi bilan bog’liq yangi bilimlar bian to’ldirildi (E.Sialkovskiyning “Airodinamika”si). Samolyotlar, tanklar, avtomobillarda ichki yonuv dvigatelidan foydalanish jadal texnik va ijtimoiy taraqqiyotga olib keldi.
Ijtimoiy fanlar sohasida bu davrda yetakchi an’ana marksizmning tez suratlar bilan tarqalishi va rivojlanishi bo’ldi. V.Leninning asarlarida maksizmning iqtisodiy nazariyasi rivojlantirildi. Agrar sohada kapitalizmni taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari (imperializm) tadqiq qilindi. Kapitalizm taraqqiyotining yangi bosqichining xos belgilari ochib berildi. Bilish nazariyasi, davlat taraqqiyoti muammolari ishlab chiqildi. G’arb marksistlari ichidan Karl Kautskiy, E.Bernshteyn asarlarini ko;rsatish mumkin. Marksistlar o’rtasida turli g’oya va oqimlarning kurashi kuchaydi. Davrning oxirida markscha nazariya, I.V.Stalinning va jamiyatshunoslarning asarlarida vulgarlashtirildi. XX asrning so’nggi choragida sotsiologiyaning asoslari M.M.Kovalevskiy, P.A.Sorokin, N.D.Kondryatevning asarlarida shakllantirilishi yirik voqea bo’ldi. E.D.Kondryatev (konyukturaning katta sikllari) nazariyasini asosladi, A.A.Bogdanov (tekstologiyaga) tizimli yondashuvni bayon qildi. E.D.Buxarinning o’tish davri iqtisodiyotini ilmiy va amaliy jihatdan muhim o’rin egalladi. XX asrning 10-20 yillarida ijtimoiy fanlar sohasida Rossiya yetakchi o’rinda edi. Totalitar tuzum o’rnatilishi bilan taniqli olimlar jismonan yo’q qilindi, ularning bir qismi esa xorijga ketishga majbur bo’ldilar . G’arb mamlakatlarida oldingi ilmiy siklda shakllangan jamiyat yo’nalishi yanada rivojlandi. Falsafada idealistik-sub’yektiv maktablar (intuitivizm, neogegelyanchilik, neopozitivizm, ekzistensializm va boshqalar).rivojlandi. Bu davrning eng yirik faylasuflari Max va Averanius, Rassel va Sartrlardir.
Iqtisodiyot fanida J.M.Keynsning “Bandlik, foiz va pul umumiy nazariyasi” asari katta voqea bo’ldi (1936 yil).Bu asarda inflyatsiya, ishsizlik muammolariga, tushkunlikka qarshi tadbirlar, taqchil moliyalashtirishga yangi nazariy yondashuvlar ishlab chiqildi. Qayta ishlab chiqarish, pul jarayoni muammolariga davlatni aralashuvining kuchayishi asoslandi. Keynsning “konsepsiya”si o’n yillab davlat monopolistik kapitalizmining ilmiy bazasi bo’ldi. A.Aftalon va J.B.Klayk daromad, talab va taklif dinamikasida o’zaro aloqani tadqiq qildilar. V.V.Leontev, L.V.Kantorovichning asarlaridsa iqtisodiy-matematik tahlil metodlari, sohalararo balans keng tarqaldi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish