Birinchi uzoq muddatli sikl (1650-1789 yillar) Renessans davri yutuqlarini o’zlashtirish va tarqalishi uning asosiy mazmuni edi. Volter, Jan-Jak Russo, I.F.Shiller tafakkur daholari edilar. Bu davrning oliy cho’qqisi I. Gyotening “Faust” asari edi.
Dramaturgiya yuksak cho’qqilarga erishdi –Kornel, Moler, Bomarshe. Tasviriy san’atda – Nikola Pussen, Antuan Vatto, Jovanni Kanaletto va musiqada V.A.Motsartlardir.
Ikkinchi uzoq muddatli sikl talantlar bilan yanada boyroq edi. Ayniqsa davr boshlanishida adabiyot birinchilikni egalladi. Rossiyada – A.S.Pushkin, A.S.Griboyedov, M.Yu.Lermontov, Angliyada –.J.Bayron, Germaniyada – G. Geynelar.Bu davrda proza janri ham rivojlandi – Stendal, Onore de Balzak, Emil Zolya, Gyustav Flober , Charlz Dikkens, N.V.Gogol, I.S.Turgenevlar; dramaturgiyada G.Irvin, G. Ipsen A.N.Ostrovskiylar. Musiqada kuchli gullab-yashnash davri boshlandi – L.Betxoven, B.Smetana, F.List, F.Shubert, Dj Verdi, J.Bize, Rixard Vagner, F.Shopen, M.I.Glinka va boshqalar. San’atni diniy aqidalardan xolis bo’lishi davom etdi. (P.Sorokin bo’yicha XVII asrda dunyoviy kartina va haykallarning ulushi 42,4 % dan XIX asrda 90 % gacha o’sdi).
Keyingi uchunchi uzoq muddatli siklda (1871-1930 yillar) industrial davr boshlangan ijodiy ko’tarinkilik qudrati asta-sekin tugay boshladi. Bu davrning birinchi yarmida realistik madaniyatning qudratli oqimi ustuvor bo’ldi, qaysiki uning ildizlarini Uyg’onish an’analaridan izlash lozim. U insonning ichki dunyosi, kundalik hayotga qaratilgan edi.
Aka-uka Lyumyerlarning 1895 yilda kinomotografiyani kashf qilishi kino san’atiga asos yaratdi. Bu davrda kino san’atining taniqli ustalari Ch. Chaplin, Ya Protazanov, D.Bertov, S.Eyzenshteyn, J.Epshteyn, V.Pudovkinlar ozlarining noyob asarlarini yaratdilar.
XX asrning 20-yillarida kino san’ati ommaviy tus oldi.
Kino industriya tadbirkorlik faoliyatining o’ta foyda keltiradigan sohasiga aylandi. Bu kapitalning oqib kelishini ta’minladi va madaniyat sohasida industrial-tashkiliy faoliyatning ziddiyatlarini bir vaqtning o’zida yoritdi.
XIX asr oxirida madaniyat dinamikasi an’analarida burilish boshlandi. Ekspressionionistik san’at paydo bo’lib, u rassomni shaxsini aks ettiradigan predmetni sub’yektiv ko’rishini aks ettiradigan oqim edi. XX asrning birinchi 30 yillida tasviriy san’at va haykaltaroshlikda bu stil tez tarqaldi. Abstrakt tasviriy san’atning kuchli oqimi yuzaga keldi. Uning nazarioyotchilaridan biri V.V.Kandinskiy edi.
Birinchi vakillari V.Malevich (“Qora kvadrat”), M.Larionov, N. Goncharov.
Do'stlaringiz bilan baham: |