O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet70/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Ikkinchi oqim – Vizantiya fani bo’lib, Yunon-Rim dunyosining fanini bevosita vorisi edi. Vizantiyalik mashhur olim Lev Matematik (VIII asr oxiri- IX asrning 60-yilarida) matematika, fizika, mexanika, falsafa, astronomiya, tibbiyot sohalarida asarlar yozdi. U birinchi bo’lib harflarni arifmetikaning belgisi sifatida ishlatdi. Mixail Psel (1018-1096/97 yillar) olim-ensiklopedist bo’lib falsafa bilan shug’ullanib mantiqning asoslarini yaratdi. Nikifor Grigorial (1295-1360 yillar) Arastu g’oyalarini rivojlantirdi, kalendar islohotini taklif qildi.
Georgiy Plefon (1360-1452 yillar) Aflotunning muxlisi bo’lib, uning g’oyalarini o’zining “Qonunlar”falsafiy-diniy asarida rivojlantirdi. U Florensiyada Platon akademiyasini qayta tiklashga erishdi.
Uchinchi oqim Sharq va antik ilmiy tafakkurining asoslarini qabul qilgan G’arbiy Yevropa fani ko’pincha tadqiqotlarda o’z yo’llarini tanlab amalga oshirdi hamda o’rta asr Yevropasini ilmiy merosini yaratdi.
O’rta asr Yevropasining birinchi ensiklopedist olimi Vestgot Ispaniyasi olimi Sevilyalik Isidor edi (570-630 yillar). Uning 20 kitobdan iborat katta (“Etimologiya” yoki “Boshlang’ich”) asarida grammatika, ritorika, dialektika, geometriya, kimyo, astronomiya kabi ilmiy bilimlar to’plangan edi.
XI-XII asrlar Yevropa fani uchun xos bo’lgan xususiyat bu Arastu ta’limotini katolik ilohiyatshunosligi, aqidaparastligini rivojlanishi bilan sintez qilishni amalga oshirishga urinish edi. Bu sohada Foma Akvinskiy (1225/26-1277 yy.) faoliyatini ko’rsatish mumkin. U o’z asarlarida etiqod va bilimni murosaga keltirishga urindi. Bilimni qimmatini tan oldi, lekin din aqidalarga birinchilikni berdi.
Tabiiy va amaliy fanlar rivojlandi. Pizanlik Leonardo Fibonachchi Sharq algebrasi va hind hisobini Yevropa faniga kiritdi. Uning “Hisoblar kitobi” (1202 y) asari matematikani rivojlanishiga va uni injenerlik ishi, qurilishda amalda qo’llashga imkoniyat yaratdi.
Yevropa ilmiy bilimini o’sishida tub burilish XV-XVI asrlar oxirida yuz bergan ilmiy inqilob bo’ldi. Din aqidalaridan xoli bo’lgan, amalda to’plangan dalillarni umumlashtirish asosida dunyoni yangi ilmiy manzarasini yaratish vaqti keldi, bu dunyoni keyingi asrlarda industrial o’zgartirish uchun asosni qo’ydi. Ilmiy kashfiyotlar va texnik ixtisoslarni soni keskin o’sdi.
Ilmiy inqilobni bu bosqichida tabiiy fanlarni yutuqlari yaqqol ko’rinadi. Fizika fanining turli sohalari – mexanika, statika, optika, gidravlika tez rivojlandi. Matematika yanada keng rivojlandi. Logarifmlar kashf qilindi, trigonometriya, sferik geometriya takomillashdi, analitik geometriya yaratildi. Ximiya, biologiya, zoologiya, geologiya va mineralogiyada yangi bilimlar jamg’arila boshlandi. Geografik qarashlar kengaydi. Iqlim, shamollar, dengiz oqimlarini o’rganish boshlandi, gidrografiya, okeanografiya fanlari paydo bo’ldi, kartografiya takomillashdi. Sharq mamlakatlarida, ayniqsa O’rta Osiyoda bu davrda bog’lar barpo qilinib, bu bog’larda dunyoning turli burchaklaridan o’simliklar to’plandi. Bunday bog’lardan Amir Temur bog’lari (Samarqandda), Bobur bog’lari (Afg’oniston va Hindistonda), tarixdan ma’lum. Yevropada birinchi botanika bog’i Italiyada, keyin esa boshqa mamlakatlarda paydo bo’ldi.
Ilmiy texnika inqilobini namunalaridan Leonardo da Vinchining gidravlika va mexanika sohasidagi yutuqlari, Nikolay Kopernikning geliosentrik tizimi, Tixo Brage, Iogan Kepler va Galileo Galileyning astronomiya sohasidagi yutuqlari edi.
O’sha davrning buyuk olimi ingliz Isaak Nyuton (1643-1727 yy.) klassik fizikaning asoschisi bo’ldi, u butun dunyo tortilish qonunini ochdi. Bu olim N.Kopernikni astronomiyada boshlagan to’ntarishini tugalladi, differensial va integral hisoblashlarni ishlab chiqdi, optika sohasida kashfiyotlar qildi, birinchi reflektorli teleskopni yaratdi.
Ijtimoiy fanlarda ijobiy siljishlar yuz berdi. Mashhur faylasuf Frensis Bekon (1561-1626 yy.) barcha bilimlarni asosi tajriba degan xulosaga keldi. U ingliz materializmini asoschisi edi. F.Bekon insonga tabiat ustidan hukmronlikni berishi lozim bo’lgan fanlarni rivojlanish dasturini ishlab chiqdi.
Matematik va faylasuf Rene Dekart (1596-1650 yy.) analitik geometriyani o’zgaruvchan kattaliklar tushunchasini qo’llab matematika fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U kosmogonik nazariyani ilgari surdi. Bu nazariyaga ko’ra Quyosh tizimini yuzaga kelishi va qurilishi uzoq rivojlanish yo’li natijasidir.
Birinchi ilmiy jamiyatlar Sharq mamlakatlarida vujudga keldi. Bag’doddagi “Bayt ul-hikma” (Donolar uyi) xalifa Ma’mun akademiyasi (XI asr), Xorazmda Xorazmshoh Ma’mun akademiyasi (X asr), Samarqandda Ulug’bek akademiyasi (XV asr) buning misolidir.
Yevropada birinchi ilmiy jamiyatlar XVII asrda paydo bo’ldi. London qirollik jamiyati (1662 y.), Fransuz qirollik akademiyasi (1666y.) tashkil topdi. Akademiyalar fanlararo tadqiqotlarni ilmiy umumlashtirish uchun imkoniyat yaratdi, davlat tomonidan akademiyalarga homiylik qilindi.
Sanoatdagi yutuqlar mexanika va pnevmatika fanlarini rivojlanishiga yordam berdi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari fanni jadal taraqqiyotiga olib keldi.

XVIII-XX asrlardagi uzoq muddatli ilmiy sikllar.



Xronologik doiralar

Sikllar

1691-1760 yillar

1761-1830 yillar

1831-1894 yillar

1895-1944 yillar

1945-1975 yillar

Davomiylik (yil)

70

70

64

50

50

Yetakchilik qilgan davlatlar

Angliya
Fransiya
Rossiya
Shvetsiya

Angliya
Fransiya
Rossiya
Germaniya

Germaniya Angliya
Fransiya
AQSh Rossiya

Rossiya
Fransiya
AQSh Angliya



AQSh
Rossiya
Yaponiya

Fanning hal qiluvchi yo’nalishlari

Elektr
Ximiya
Botanika
Falsafa

Texnika fanlari
Ximiya
Siyosiy iqtisod

Biologiya
Ximiya
Elektr
Iqtisod

Fizika
Genetika
Ximiya Biologiya

Atom fizikasi
Mikroelektronika
Kibernetika

Asosiy ilmiy kashfiyotlar

Elektr nazariyasi (Grey, Franklin)
fransuz ensiklopediyasi

Kont-Laplasning kosmogonik nazariyasi, Lavuazening yonish nazariyasi

Darvinning evolyutsiya nazariyasi, to’qimalar nazariyasi, elektro-magnit nazariyasi

Nisbiylik nazariyasi, Kvant nazariyasi, Atom qurilishi, Genetika

Kibernetika, Yangi elementar zarralar. Lazerlar

Fanning tashkiliy shakllari

Akademiya, universitetlarning tarqalishi

Ingliz olimlarining “Oy jamiyati” qirollik instituti

Ilmiy jamiyatlar “Britaniya assotsiatsiyasi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari

Ilmiy institutlar va labaratoriyalar

Davlat ilmiy markazlari, ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari, yirik institutlar




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish