Bozorning tantanasi. O’tish davrida, feodalizmni genezisi davrida bozor antik sivilizatsiya davrida erishilgan darajaga nisbatan orqaga uloqtirib tashlandi. Sharq dunyosiga qaraganda Yevropada shaharlar, hunar-savdo tushkunligi yaqqol ko’rindi. O’rta asr sivilizatsiyasiga o’tish davrida bozor o’z mavqeini to’la tikladi. Uning geografik chegaralari kengayib, butun Yevropa, Osiyoni katta qismini, Shimoliy Afrikani qamrab oldi. Yangi savdo markazlari – erkin shaharlar, ularning ittifoqlari paydo bo’ldi. Savdo shakllari rivojlandi, sarroflik cheklari, veksellar paydo bo’ldi, eski savdo aloqalari tiklandi, yangi savdo aloqalari yo’lga qo’yildi.
Bu yutuqlar industriya arafasida yanada rivojlantirildi. Mahsulot birjalari, savdo kompaniyalari, banklar yuzaga keldi. Xalqaro savdo ulkan boyliklarni oqib kelishiga sabab bo’ldi, bu XVI asrda “baholar inqilobi”ga olib keldi. Savdoda to’plangan dastlabki jamg’arma, unga ishlab-chiqarishga kirishga, kapitalistik manufakturalarning yuzaga kelishiga yo’l ochdi.
Bozorning haqiqiy tantanasi industriya davrida yuz berdi. Bu davrda kapital ishlab-chiqarish sohasini ayniqsa sanoatni to’la hajmda qamrab oldi, uni ilmiy texnika asosida, jadal rivojlanayotgan bozor talablariga binoan o’zgartirdi. Sanoat kapitali yetakchi o’rinni egalladi, savdo va bank kapitalini siqib chiqardi. XIX asr oxirida ular bilan qo’shilib moliya kapitaliga aylandi. Bozor munosabatlari butun jamiyatni qamrab oldi, faqat oila xo’jaligiga ozgina joy qoldirdi. Feodal qaramligi va o’z xususiy ishlab-chiqarish vositalaridan ozod bo’lgan insonning ish kuchi bosh tovar bo’ldi. Bozor tor lokal doiradan chiqdi, dastlab milliy keyin jahon xo’jaligini buyuk integratoriga aylandi.
Bozor munosabatlarining ikkinchi supersiklining tugallovchi bosqichi, industrial sivilizatsiyaning so’nish davri XX asrga kirdi. Mustaqil mahsulot ishlab-chiqaruvchilarning erkin raqobati, monopolistik, keyin davlat monopolistik boshqaruvi bilan siqib chiqarildi, sotsialistik iqtisodiyotda esa bozorni inkor qilish tovar pul shakllari bilan yarim natural xo’jalikka o’tishga urinish bo’ldi. Bu bozor tushkunligiga, xo’jalikni barqarorligini yemiradigan inflyatsiya to’lqinlariga, tovar zahiralarini o’sishiga, takror ishlab-chiqarishning samaradorligini pasayishiga olib keldi.
Bozorning boshlang’ich shakli mahsulot ayirboshlash, ularni oldi-sotdisi edi. Dastlab u oddiy ko’rinishda bo’lib, dehqon yoki hunarmand o’zi tayyorlagan mahsulotni uyida sotdi.
Keyinchalik ishlab-chiqaruvchi bilan iste’molchi o’rtasida savdogar paydo bo’ldi. U mahsulotni sotib olib, uni yo’l xarajati, qo’shimcha chiqimlarni o’z zimmasiga olib bozorda sotdi.
Xaridorlarni qulayligi uchun oldi-sottining muntazam natijalari do’konlar ochildi. Ular turli mahsulotlarni sotishga ixtisoslashtirildi. Sharq mamlakatlarida IX-X asrdan boshlab ilk ixtisoslashgan bozorlar paydo bo’ldi. X asrda yashagan tarixchi A.Harshaxiy o’zining “Buxoro tarixi” asarida va arab geografi Maqdusiy ana shunday bozorlar to’g’risida batafsil ma’lumot beradilar. Buxoro, Samarqand, Marv, Bog’dod bozorlari IX asrdan mashhur bo’lgan.
Yevropada do’konlar, ko’plab bozorlarni vujudga kelishi XVI asrdan boshlandi. Londonda 1663 yilda 50-60 do’kon bo’lsa, XVII asr oxirida 300-400 ni tashkil qildi. O’rta asrlarda yarmarkalar paydo bo’ldi. Ularda minglab savdogar va xaridorlar to’planib, shartnomalar tuzilar, qarzlar (kredit) berilar edi. Katta va kichik shaharlarda yuzlab yarmarkalar belgilangan vaqtda o’tkazilar edi. Ularning ko’pchiligi ixtisoslashgan edi.
Savdo rivojining eng oliy shakli birjalar bo’ldi, qaysiki mahsulotlar savdo joyiga olib kelinmay, birjada bir xil turdagi tovarlarni yirik partiyalari bilan ulgurji savdo qilinar edi. Birjalar XV asr boshlarida paydo bo’ldi. Birjalarda savdogarlar, ko’proq ularning vositachilari – brokerlar tovar va veksel operatsiyalarini, sug’urta shartnomalarini amalga oshirar edilar. Birinchi birja 1409 yilda – Bryuggeda, 1460 yilda – Antverpenda, 1462 yilda – Lionda, 1530 yilda – Amsterdamda, 1554m yilda – Londonda, 1558 yilda – Gamburgda, 1563 yilda – Parijda tashkil etildi.
Bu “toza” savdo bo’lib, mavjud tovarlardan ajralgan narxlarni ko’tarilishi va pasayishi chayqovchilik o’yini edi. Lekin aynan shu yerda jahon bozori uchun etalon bo’lgan narxlar aniqlanar edi. Ikki siyosiy tovarlar – mehnat (ishchi kuchi) va yer uchun savdoni o’iga xos sharti va uni boshqarish mavjud edi. Savdo foydasini olish uchun savdo olib borilar edi. Uning o’rtacha foydasi belgilanib, unga talab tuzilishi shakllantirilar, u orqali ishlab-chiqarish tuzulmasi shakllantirilar va talabni o’zgarishiga tez javob qaytarilar edi.
Ana shu asosda, savdo yordamida bozor iqtisodiyotini o’z-o’zini boshqaruvi amalga oshirilar edi. Davriy ravishda tovarlarni ortiqcha ishlab-chiqarilishi iqtisodiy tushkunliklarga, savdo urushlariga olib keldi. Tizimli iqtidosiy tushkunliklar, tovarlarni muntazam yo’q qilinishi bu tabiiy jarayon bo’lib qolmoqda.
Yuz millionlab xaridorlar ehtiyoji uchun millionlab tovar ishlab-chiqaruvchilar ishlab-chiqargan tovarlarini mukammal aylanishi metodini hozirgacha o’ylab chiqqanlari yo’q va yaqin kelajakda ham o’ylamasligi mumkin.
Sivilizatsiyadan sivilizatsiyaga yanada mukammal shaklga kirib tovar bozori bilan pul bozori evolyutsiyasi yuz berdi. Feodalizm genezisi va uning ilk bosqichlarida Tovar muomalasini turli xil pul birliklari amalga oshirdilar. Pulni asosida qimmatbaho metallar yotadi. Pul muomala, to’lov, jamg’arish, jahon puli funksiyalarini hozirgacha bajarib keladi. Ichki va tashqi savdoni kengayishi sarroflik do’konlarining ko’payishi va uning asosida banklarning paydo bo’lishiga olib keldi. Amerikadan Yevropaga qimmatbaho metallarning oqib kelishi pul tizimlari uchun yo’qotishlarga, pul metalini qadrsizlanishiga, narxlarni o’sishiga olib keldi.
Muntazam ravishda davlat boshqaruvi, urushlar olib borish uchun pul mablag’larini taqchilligi davlat hokimiyatini pulni sohtalashtirishlarga qog’oz pullarni chiqarishga olib keldi.
Oltinni chetga chiqishiga yo’l qo’ymagan merkantilizm siyosati natija bermadi. Davlat pul muomalasida qonunlar bilan shartlangan me’yordan tashqari qog’oz pullarni chiqara boshladi va bu bilan inflyatsiya mexanizmini qo’yib yubordi. Pul emissiyasi va pul muomalasi ustidan nazorat asta-sekin davlat banklariga o’tdi. Ilk banklar XV asrda (Barselonada – 1401 yilda; Genuyada – 1407 yilda; Amsterdamda – 1609 yilda; Venetsiyada – 1619 yil; Angliyada – 1694 yilda) tashkil topdi. Dastlab ular faqat depozit va hisobdan pul ko’chirish bilan shug’ullandilar.
Veksel yaratildi, keyin aksiya, obligatsiyalar paydo bo’ldi, bozorning turli ko’rinishi – qimmatli qog’ozlar bozori yuzaga keldi va bu bilan banklar, birjalar shug’ullandilar, fond birjasi (dastlab Amsterdamda) tashkil topdi. Fond birjalarining haqiqiy faoliyati qimmatbaho qog’oz chiqaradigan aksionerlik jamiyatlari shakllanganidan so’ng XIX asrda keng tus oldi. Kredit (xususiy va davlat)ning, banklar, tizimining rivojlanishi, biroq rivojining mantig’iga uni bo’linishiga olib keldi. Pul, kredit, fond birjalari bilan tovar bozori to’ldi. Ikkita o’ziga xos bozorni mehnat (aniqrpog’i ishchi kuchi) bozori va tabiiy resurslar bozori, aniqrog’i ularga mulkchilik, qaysiki ipoteka banklari yordami bilan sotildi. Bu bozorlarni o’zaro harakati zamonaviy jamiyatning murakkab qarama-qarshi dinamik iqtisodiy to’qimasini shakllantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |