Tayanch iboralar: shimol-janub, turmush darajasi, inson ehtiyoji, shaxsiy erkinlik, huquq, oila mavqei. motivatsiya, iqtisodiy manfaat, majburiy mehnat, qulchilik, ijodiy mehnat, haykaltarosh, jamoa manfaati, sintoizm.
Takrorlash uchun savollar
O’rta asrlar, industriya arafasi va industrial jamiyatda aholi sonining dinamikasini an’analari qanday edi?
Feodal-industrial sivilizatsiyalarning turli bosqichlarida insonning qobiliyati va ehtiyojlari va uning o’rni qanday o’zgardi.
Ikkinchi tarixiy supersiklning shakllanishi va rivojlanishining turli bosqichlarida insonni mehnatga undash motivatsiya mexanizmlarida qanday o’zgarishlar yuz berdi?
Mustaqil ish mavzulari
Ikkinchi tarixiy supersiklda aholi demografiyasidagi o’zgarishlar.
So’nggi uch sivilizatsiya davrida insonning jamiyatdagi mavqeini o’zgarishi.
Industrial jamiyatda oila.
Sharq va g’arb dunyosida inson o’rnining qiyosiy tavsifi.
Mavzuni o’rganish metodlari
Talaba (magistrant)larga bu mavzuni o’rganish jarayonida o’qitishning tadqiqot modelidan foydalanilsa dars jarayonida ularga o’z fikrlarini mustaqil bayon etishga o’rganish, kerakli adabiyotlardan unumli foydalanish, ularni izlashga, topishga o’rganish ko’nikmasini hosil qiladi. Bu metod orqali talaba (magistrant)larga inson hatti-harakatlariga nisbatan savollar qo’yishni o’rganishga va ularga javoblarni esa jiddiy faktlar yordamida topishga ko’maklashadi.
Tadqiqot usulida o’qitish talaba (magistrant)larga savol berish jarayonida va javob qidirishda uyg’unlikni nazarda tutadi. Tadqiqot metodi boyicha o’qitish ularni amaliy ilmiy izlanish jarayonida bevosita ishtirokini ta’minlaydi.
Tadqiqot modeli bo’yicha dars mashg`uloti quyidagacha rejalashtirilishi mumkin:
a) darsda talaba(magistrant)larga qiziqish uyg’otadigan muammo yoki savol qo’yiladi
b) talaba(magistrant)larga shu muammoni yechish haqida faraz taklif qilinishi yoki talabaning o’zi o’rgangan adabiyotlar yordamida gipotezalarni ilgari surishi mumkin.
s) talaba(magistrant)lar o’zlari haqida shu muammo haqida kerakli adabiyotlarni to`plash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish mahoratini shakllantiradilar, o’z tadqiqotlarini amalga oshiradilar.
Bu metodning afzalligi shundaki, talaba bevosita mantiqiy fikrlashga ko`nikma hosil qiladi va mavzuni ham ilmiy, ham amaliy jihatdan atroflicha o’rganadi.
Talaba(magistrant) larga oldindan mustaqil ish sifatida tegishli adabiyotlarni tavsiya etish mumkin. Dars davomida savollar bilan talabalarga murojaat qilinadi, ular esa adabiyotlarni tahlil qilgan holda o`z fikrlarini himoya qilishlari mumkin:
Dars sifatini oshirish uchun talaba(magistrant)larga bir necha slaydlarni taqdim etish mumkin, bu darsning samaradorligini yanada oshiradi.Bunda talaba(magistrant)larga slaydni mustaqil ravishda mavzu asosida to’plagan bilimlariga tayangan holda to’ldirish so’raladi:
Shuningdek mavzu samaradorligini oshirish uchun klaster usulidan ham foydalanish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |