O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Industrial sivilizatsiyaning gullab yashnashi va so’nishi



Download 1,75 Mb.
bet49/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Industrial sivilizatsiyaning gullab yashnashi va so’nishi. Industria arafasidagi sivilizatsiyaning tushkunligi va so’nishi, keyingi sivilizatsiyaga o’tish davri XVII asrning oxiri XVIII asrni to’la o’z ichiga oladi. Bu vaqtda, aholi o’sishning darajasi o’sdi. Angliya aholisi 1700-yilda 5,08 million kishidan 1790-yil 8,2 million kishiga ko’paydi. O’sib borayotgan aholini hamda qirol saroyi va zodagonlarning hashamatli hayoti ehtiyojlarini manufaktura ishlab chiqarishning tor bazasida va mustamlaka savdosidan kelgan foyda bilan qondirish imkoniyatlari muntazam qisqarib bordi.
Hindiston, Indoneziya orollari, Afrika, Amerika bilan talonchilik savdosidagi ulkan foydalar, talangan qimmatbaho metallar, ziravorlar oqimi tugay boshladi. Yevropa halokatli hosilsizliklarni boshdan kechirdi. Ishlab chiqarishning texnologik usulida to’tarish qaytarilmas bo’ldi. U XVIII asrning so’ngi choragi XIX asr boshlarida sanoat inqilobi ko’rinishida yuz berdi.
Industrial sivilizatsiyaning xronologik chegaralari va fazalarini tavsiflaymiz. Eng avvalo kapitalizm va industrializm jamiyatining tarixiy chegaralarini ajratish kerak bo’ladi.
Jahon progressining episentrlarida kapitalizmning shakllanishi industrial sivilizatsiya arafasiga tegishli. Industrial jamiyatga kelganda esa u gullab-yashnash, barqarorlik va kapitalizmning so’nishi fazalarini qamrab oladi, o’zini tashkiliy aks etishi tarzida mashina va fabrika tizimini o’ziga mos moddiy bazani shakllantirdi. Industrializmning mohiyati ishlab chiqarishning mashinalashgan ko’rinishidan iborat. Bu iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy munosabatlarda o’z izini qoldirdi.
Mashina buyuk tenglashtiruvchi leveller: mashinalashgan ishlab chiqarish ishchilarning ma’lumotini, huquqlarini, siyosiy tengligini tenglashtirgan an’ana bo’ldi. Industrial jamiyatning o’zini shakllanish fazasi XVIII asrning so’ngi choragidan XIX asrning boshlarigacha bo’lgan davrni qamrab oladi.
Angliya industrial jamiyatning birinchi episentri bo’ldi. Keyinchalik esa episentr Yevropaning qit’a qismiga va Shimoliy Amerikaga ko’chdi. Industrial jamiyatni jadal tarqalish fazasi XIX asr o’rtalarigacha davom etdi. Shundan keyin industrial jamiyatning barqaror taraqqiyoti to’g’risida aytish mumkin.
Industrial jamiyat yuksalish va yetuklik fazasini birinchi jahon urushini boshigacha o’z boshidan kechirdi deb tasavvur qilish mumkin. Shundan so’ng uning so’nish fazasi boshlandi. XX asrning so’ngi choragida post industrial sivilizatsiyaga o’tish davriga kirish boshlandi.
Shu bilan birga bu borada boshqa yondashuvlar ham mavjud. I.M.Dyakonov kapitalistik fazani tarixiy taraqqiyotiga qisqa muddat 100 yildan sal ko’proq vaqtni ajratdi. XIX asr o’rtalarigacha (1832-yildagi Angliyadagi parlament islohotlaridan keyin, Fransiya va Germaniyadagi inqiloblar) G’arbiy Yevropaning yetakchi mamlakatlarida burjuaziyaning siyosiy hukmronligini o’rnatilishidan 1952-yil AQSH va 1953-yil SSSR da birinchi vodorod bombalarining sinovlarigacha bo’lgan davr, lekin industrial sivilizatsiyaning boshlanish va tugallanish fazalari bu doiradan chiqib ketdi.
Industrial jamiyatga o’tish davri XVIII asrning so’ngi choragida sanoat to’ntarishi va buyuk fransuz inqilobidan boshlandi. Industrial kapitalistik jamiyatning so’ngi uzoq bo’lmagan parvozi XX asrning 50-60-yillarida kuzatiladi. Uning nihoyasi deb 1973-yilni hisoblash mumkin. Sobiq sovet tarixshunoslarida insoniyat tarixidagi yangi eraning boshlanishi 1917-yilda Rossiyadagi Oktyabr inqilobidan boshlanadi deb qabul qilinadi.
Lekin XX asrning so’ngi o’n yilligidagi voqealar oktyabr to’ntarishi faqat industrial jamiyatning so’nish davridagi o’z tushkunligidan chiqish yo’llaridan biri sifatida sotsialistik g’oyalarni amalga oshirish yo’liga o’tish bilan, tushkunlikdan qutulish uchun bo’lgan yirik to’ntarishlardan biri ekanligini ko’rsatdi. Lekin insoniyat juda qimmatga tushgan tajribadan ba’zi bir foydalarni o’zlashtirib bu yo’ldan bormadi, kapitalizm va sotsializmning buyuk qarama-qarshiligidan uchinchi postindustrial jamiyatni shakllanishi yo’lini tanladi. Shuning uchun zamon tarixini ajralgan vaqti deb XX asrning so’ngi choragida industrial jamiyatdan postindustrial sivilizatsiyaga o’tish deb hisoblash mumkin.
Tarixiy progress qonuniyatlari nuqtai nazaridan industrial sivilizatsiyaning quyidagi xarakterli xususiyatlarini belgilash mumkin:

  1. Milliy va dunyo miqyosida jamiyatning 2 xillikda o’sishi siklik dinamikaning qonuniyatlarini yanada aniq ko’rinishi uchun sharoit yaratdi. O’n yillikda bir marta davriylikda rivojlangan mamlakatlar (barcha dunyo xo’jaligi мФ uning chegaralari kengashi bo’yicha)da iqtisodiy tushkunliklar yuz beradi.

Yarim asrlik (Kondratyev) sikllarining chiziqlari aniqlana boshlandi. Bu texnologik ukladlar texnika avlodlarini yangilanish ritmi, hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini to’lqinsimon spiral ko’rinishdagi dinamikasining an’analari, XIX-XX asr boshlarida tushkunliklar ritmi aniq paydo bo’la boshladi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari sikllarning maromli yurishini buzdi, urushdan keyingi yuksalish, boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga tushkunliklardan qochish mumkinligi umidlarini tug’dirdi. Lekin 1973-1974 yillardagi chuqur jahon tushkunligi navbatdagi Kondratyev siklining tushkunlik fazasi bilan mos kelib bu xom xayollarni tarqatib yubordi. Shu vaqtdan boshlab o’rta muddatli jahon iqtisodiy tushkunliklari havas qiladigan muntazamlikda (1980-1982, 1991-1993 yillar) takrorlana boshladi.

  1. O’sib boradigan mexanizatsiya, avtomatizatsiya va ishlab chiqarishning konsentratsiyasi, mashinalar tizimining tarqalishi bir texnologik xalqaga mahkam bog’langan nafaqat alohida korxonada, balki qator mamlakatlar hajmida (xalqaro monopoliyalar) vaqt o’tishi bilan global hajmlarda (transmilliy korporatsiyalar) jamiyatni o’zaro bir-biri bilan bog’langan katta, o’rta va kichik tizimlarni majmuasiga aylantirdi; eski avtonomiyani yo’qotib, yangi ritmda ishlaydigan yuksalishlar va turg’unliklar, tushkunliklar va yangilanish fazalarini boshidan kechiradigan sinxronlashgan to’plamga aylandi.

Industrial jamiyat texnologiyalarga ustuvor o’rin beradi. Texnik progress mahsulotning raqobatbardoshligi va iqtisodiy o’sish asosida yotadi. Fan yutuqlari eng avvalo insoniyat yutug’i mumkin bo’lgan sohalarga asoslanadi.

  1. Inson industrial tizimda mashinalarning ijodchisi bo’ladi, ularni quradi va ishlatadi. Uning ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan, mashinalashgan ishlab chiqarish endilikda insonni o’ziga yanada ko’proq bo’ysundiradi. Unga hayot ritmini taqab qo’yadi. Texnika avlodlarining almashinuvi ishsizlik xavfini tug’diradi.

Mashinalashgan ishlab chiqarishning gumanizm davri tugadi. Bu madaniyatda o’z ifodasini topdi. Mashinalashgan, standartlashgan milliy har xillikdan mahrum qilingan gumanizm davri merosi bilan aloqasini uzgan ommaviy madaniyat paydo bo’ldi, qaysiki u industrlashgan aksil madaniyatga aylana boshladi. Ayniqsa bu XX asrda industrial sivilizatsiyaning so’nish fazasida yaqqol ko’rindi.
O’tish davrida ma’naviy muhitning tushkunligi yarim asrga cho’zildi. Tarixga ketayotgan industrial va mingyillik sikllar so’nishda badbashara shakllarni qabul qila boshladi.
4. Industrial davr iqtisodiyotida qarama-qarshi an’analar kuzatiladi. Ishlab chiqarish kuchlarining qudratli va uzoq yuksalishida, rivojlangan mamlakatlarda aholining keng qatlamlari turmush darajasining o’sishida uning yutuqlari so’zsiz fanning yirik hajmda texnologiyalar qo’llandi. Buning natijasida, industriyaning o’sib borayotgan qudrati va mehnat unumdorligi o’n martalab o’sdi. Ko’pchilik oilalar uchun televizor, maishiy texnika, avtomobillarning tez-tez almashtiriladigan rusumlari, turistik sayohatlar odatdagi hol bo’lib qoldi. Lekin bunday taasurot qoldiradigan progressga juda o’gir to’lovlar evaziga erishildi.
Milliy va global qayta ishlab chiqarishning buzilgan tuzulmasini istiqboli yo’qligi yanada yaqqol ko’rina boshladi. Rivojlangan ozgina mamlakatlarning gullab yashnashi va farovonligi rivojlanayotgan mamlakatlarning mehnat va tabiiy resurslarini shafqatsiz ekspluatasiya qilishga asoslangan. Erkin raqobat davridan faqat xotiralar qoldi.
Iqtisodiyotni aksiyalash orqali monopoliyalar hukmronligi boshlandi, qaysiki ular keyin kuchli davlat apparati bilan birlashib ketdilar. XX asrning ikkinchi yarmida transmilliy korporatsiyalarning jadal yuksalishi kuzatildi. Ular dunyo iqtisodiyotining yetakchi sohalarida jahon iqtisodiyotining qudratli integratorlariga aylandilar. Tashqaridan qaraganda, kapital demokratiyaga yaqinroq bo’ldi. Aholining aksiya va obligatsiyalarga ega bo’lgan, o’sib borayotgan qatlamlari mulkdorlar deb e’lon qilindi. Lekin bu yolg’on demokratiya pardasi orqasida tor elita qatlamining iqtisodiy va siyosiy qudrati yashirindi.
5. Industrial davrning siyosiy, davlat-huquqiy tizimida qarama-qarshi an’analar mavjud edi. Iqtisodiy kuch-qudratning konsentratsiyasi siyosiy hokimiyatni demokratiya pardasi bilan yashiringan diktaturaga olib kelmasligi mumkin emas edi. Bu umumiy an’anaga aylandi va totalitar tuzumlarni o’rnatilishida o’z ifodasini topdi. Totalitar tuzumlar chuqur tushkunlik va to’s-to’polon sharoitlarida, ba’zida hokimiyatga demokratik yo’l bilan keldilar. (misol uchun 1933-yilda Germaniyada fashizm diktaturasini saylovlar natijasida hokimiyatga kelishi).
Mafkuraviy ta’sir qilishning qudratli industrial vositalari bunday tuzum uchun asos yaratdilar. Kishilarning siyosiy qarashlarini yo’naltirdilar va ana shu asosida ommaviy siyosiy partiyalarni shakllantirdilar.
Agar ilgari siyosiy hukmronlik uchun kurash hokimiyatga ma’lum bir sinf qatlam yoki ustuvor dinning monopoliyasida o’z ifodasini topsa, endi industrial jamiyatda u yoki bu siyosiy partiyalarning saylovdagi g’alabasining natijasi asosida hukmron elitani shakllantirish imkoniyati paydo bo’ldi.
Bu davrda bir, ikki va ko’p partiyali tizimlar shakllandi. Saylov asosida hokimiyatga kelgan partiyalar davlat apparatida hal qiluvchi nufuzli lavozimlarni egalladilar.
Bu jarayon totalitar davlatlarda eng jirkanch ifodasini topdi, qachonki hukmron partiya siyosiy hayotning markazida asosiy qism bo’ldi. Siyosiy partiyalarning rahbarlari, nufuzli siyosatchilar va davlat boshqaruvi elitasini bir-biriga qo’shilib ketish holati yuz berdi.
Industrial jamiyatda barcha fuqarolar va ijtimoiy qatlamlarning qonun oldida tengligini tan olishga asoslangan huquqiy munosabatlarni boshqarishda qonun ustuvorligining, huquqiy tartibi qaror topdi. Industrial sivilizatsiyaning davomiyligida siyosiy hayotni barcha muassasalari harakatida bir necha fazalar aniq ko’rinadi. Qator burjua demokratik inqiloblar (Niderland, Fransuz, Shimoliy Amerika va boshqalar) natijasida burjua demokratiyasining tarqalish va qaror topish davri; XIX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH va boshqalar) demokratiyaning tantanasi; XX asrning 20-yillarida va yuz yillikning deyarli oxirigacha totalitar davlatlarda so’nish va o’z qarama-qarshiliklariga o’tish kabilar.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish