O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


O’RTA ASRLAR VA INDUSTRIAL DAVRLARDA MADANIYAT



Download 1,75 Mb.
bet75/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

O’RTA ASRLAR VA INDUSTRIAL DAVRLARDA MADANIYAT
Yuksalish va tushkunliklar:
Hozirgi zamon madaniyati 4 qudratli oqimlar asosida shakllandi1. Ko’p qatlamli va turli xilli Sharq madaniyati. Eng avvalo Xitoy, Hindiston, O’rta Osiyo va Arab mamlakatlari.
Qadimgi Sharq antik madaniy merosni o’zlashtirgan Vizantiya madaniyati XV asr oxirida ochilgan yangi dunyoning xalqlarini qadimgi va o’ziga xos madaniyatlari
O’rta asrlarda dunyoning turli hududlarida madaniyat taraqqiyoti turli darajada kechdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Marv, ko’hna Urganch, Termiz, Toshkent kabi shaharlar xo’jalik fan va madaniyatning yirik markaziga aylandi. Mintaqada me’morchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ijtimoiy siyosiy hayot madaniy aloqalarning rivojlanishida Sharq va G’arb o’rtasida oltin ko’prik bo’lgan Buyuk Ipak yo’li muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni shu davrda ushbu zaminda o’z ijodi bilan ilm-fan va madaniyatning ulkan hissa qo’shgan ulug’ allomalar yetishib chiqdi. Islom Arabistonida vujudga kelgan bo’lsada, u Movorounnahrda ravnaq topdi. Bu diyor allomalari o’z durdona asarlari bilan o’rta asrlarda Qur’on tavsifi, hadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi), Kalom (islom falsafasi) ilmlarining turli sohlari taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdilar.
Qur’on mazmunini sharhlab, tavsifini bayon qiluvchilar mufasirlarning aksariyati (Imom al–Moturidiy, Imom Abu Lays as– Samarqandiy, Imom az–Zamaxshariy, Imom an–Nasafiy) ushbu diyor vakillari edi. Hadis islomda Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblanib, Muhammad alayhisallomning diniy va axloqiy ko’rsatmalari, hikmatli so’zlaridan iboratdir.
Bu davrda ushbu zamindan islom huquqi sha’riyat ancha rivoj topgan bo’lib, bu sohada ham Mavorounnahrlik allomalar boy me’ros qoldirganlar. Ayniqsa bu borada Burxoniddin al-Marg’inoniyning “Hidoya” asari islom olamida mashhur bo’ldi. Shuningdek islom diniga asoslanuvchi musulmon olamida keng tarqalgan buyuk ta’limot tasavvuf jamiyat ma’naviy hayoti rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu yerda Yassaviya, Naqshbandiya, Kubraviya kabi turli sufiylik tariqatlari shakllandiki ular orqali insoniyat islom dinining ichki va tashqi go’zalligini, uning buyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Chunki tasavvuf ta’limotining o’zagi inson va uni ma’naviy jihatdan kamol topishidir.
VIII asrdayoq Xitoyda Xonlik favlar akademiyasi tashkil qilingan bo’lib, bu akademiya davlat ahamiyatiga molik dunyodagi eng qadimgi ilmiy muassasa edi. O’rta asrda Xitoy o’zining yilnomalari bilan dong chiqardi. Xitoyda VIII asrning boshlarida “Poytaxt axboroti” nomli rasmiy hukumat gazetasi vujudga kelgan bo’lib, bu gazeta XX asrning boshlarigacha nashr etilgan. Alximiklar abadiy hayot doirasini axtarib, yangi metallar va minerallar xususiyatlarini kashf etdilar. Tabiblar ilm va sehrgarlikni mujassamlashtirib, ko’plab o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini aniqladilar. Muhandislar va matematiklar shaharlar va kanallar qurilishlarida dong taratdilar.
Geografiya, tarixshunoslik, she’riyat sohalari ham yuksak darajaga ko’tarildi. Pantomimo teatri tashkil topdi. Me’morchilik sohasining rivojlanishiga yangi din buddaviylikning yoyilishi katta ta’sir qildi. Ko’p qavatli ibodatxonalar pagodalardagi Budda haykallari, g’orlardagi buddaviylik ibodatxonalari fikrimiz isbotidir.
Keng miqyosdagi tashqi aloqalarning yo’lga qo’yilishi, olis o’lkalarda dengiz safarlari turli ilmiy bilimlarning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ilmning turli sohalari: tibbiyot, geomorfolofiya va speologiya rivojlandi.
Xitoyda, o’rta asrlarda ko’plab ixtirolar qilindi. Dastlab mushakbozlikda ishlatilgan o’q-dori (porox), keyinchalik harbiy sohada ham keng qo’llanila boshlandi. XIII asrlarda miltiq, XIV asrdan tosh va temir, o’q otadigan zambarak to’plar yaratildi. Bosma kitobning yaratilishi Xitoyda xususiy nashriyotlarning vujudga kelishini ta’minladi. Jumladan, poytaxt Pekinnning o’zida 2 ta bosmaxona mavjud edi. Falsafa, tarixshunoslik fanlarining ham o’sishiga birmuncha imkoniyat yaratildi. Tasviriy san’atda yangi soha – badiiy asarlarni rasmlar bilan bezash vujudga keldi.
Mamlakatda an’anaviy san’at sohalari saqlanib qolsada, asta-sekin fan, adabiyot va san’atda yangi yo’nalishlar shakllanib, zamondoshlar diqqat e’tiborini jalb qila boshladi.
Hind olimlari, matematika, astronomiya va tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishdilar. O’rta asrlarda hind olimlari boshchiligida qurilgan rasadxonalar hozirgi kunga qadar saqlanib kelmoqda. Hind astronomlari Yerning o’z o’qi atofida aylanishi va uning shar shaklida ekanligi farazini yaratdilar. Hind tabiblari odam bosh suyagini ochib o’gir jarrohlik asboblari va og’riqni bosadigan dori-darmonlardan foydalanishni bilganlar. Hind tabiblari o’z bilimlari va mahoratlari bilan butun sharq dunyosida mashhur edilar. Me’morchilik sohasida tosh va g’ishtlardan minorali ibodatxonlar qurish keng tus oldi. Ushbu ibodatxonalarning ko’rinishi ulkan mevalarni eslatardi. Hindistonda katta qoya toshlar yoki g’orlar ichida o’yib solingan ibodatxonalar ham bo’lgan. Markaziy Hindistonda g’or ichida o’yib qurilgan ibodatxona ayniqsa mashhur edi. Ajanta ehromlarining qurilishi mil.avv. II asrda boshlanib, oradan IX asr o’tgach tugallangan. U konussimon tog’ bag’rida, tog’ chuqurligida inson qo’li bilan qazilgan g’ordan iborat. Unda turli haykallar va rasmlar ishlab bezatilgan 29 ta ehrom va jome joylashgan. Ularning devoriga bo’rtma naqsh suratlar solingan bo’lib, bu suratlardan hindlarning turmushi va hayotiga old ma’lumotlar olish mumkin. Ibodatxonalar ichi baland ustunlar bilan bezatilgan, devoriga yuksak didli insonlar ham lol qoladihgan naqshlar solingan. Induizim diniga oid xudolarning ulkan haykallari jezdan quyilib yoki toshdan o’yilib yasalardi.
Musulmon me’morchiligi XIII asrdan boshlab Hindiston me’morchiligiga katta ta’sir ko’rsatdi. Yangi hukmdorlar, masjidlar, go’zal madrasalar va maqbaralar, sharqona saroylar qurdirdilar. Jumladan, Shoh Jahon podsholigi yillarida qurilgan va hozirgi kunga qadar “Hindiston marvaridi” yoki dunyoning yetti mo’jizasining biri bo’lgan Agra shahridagi Tojmahal maqbarasi fikrimiz dalilidir.
Uning davrida Dehli shahridagi Jome’ masjidi, Qizil fort qal’a- saroyi va boshqa me’morchilik durdonalari yaratildi. O’rta asrlarda Hindiston madaniyati va san’ati ko’plab Sharq mamlakatlari ustalarning mahoratini va yutuqlarini mujassamlashtirdi. Boburiylar davrida rassomchilik san’ati ayniqsa gullab-yashnagan. Boburiy hukmdorlar o’z saroylariga, Iroq, Eron, O’rta Osiyodan rassom, ustalar, musavvirlarni taklif etdilar.Ular hind tasviriy va amaliy san’atini boy tajriba bilan boyitdilar, natijada hind san’ati o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tarildi. Yuksak mahoratga ega bo’lgan musavvirlar kitoblarni, tarixiy asarlarni, ajoyib miniaturalar bilan bezashgan. Keyingi ming yillik davrida bu mamlakatni asosan turkiy sulolalar boshqargani natijasi o’laroq urdu tilining vujudga kelishi va shakllanishida boshqa tillar bilan birga turkiy tili faol ishtirok etdi.
O’rta asrlar Yevropasida turli hududlardagi madaniyat o’ziga xos rivojlandi. X-XI asrlarda Rusda madaniyatni rivojlanishi, XII-XIII asrlarda Yevropa madaniy taraqqiyotida Fransiyaning yetakchiligi kuzatildi. XIV asrdan ikki yarim asr mobaynida Italiya madaniy yetakchilikni egallab, insoniyatga uyg’onish davrining buyuk daholarini ijodiy yutuqlarini sovg’a qildi. XVI-XVII asrlarda gumanistik uyg’onish davr yutuqlari butun Yevropaga tarqaldi. Ispaniya, Niderlandiya, Germaniyada, Fransiyada san’atning ajoyib namunalari yaratildi. XVIII-XIX asrlarda diniy aqidalardan xoli bo’lgan dunyoviy madaniyat ustivor ahamiyat kasb etdi, uning episentri G’arbiy Yevropa bo’lib, keyin esa uning faol vakillari orqali Shimoliy Amerikada Evropa madaniyati rivojlandi.XX asrda radio, televideniya, kinoni tarqalishi madaniyatni ommaviy ko’rinishini yuzaga keltirdi. XX asr ommaviy madaniyati katta industrlashuvi va unifikatsiyalashuvi bilan ajralib turadi. Bu jarayonda AQSh yetakchi o’rinni egalladi.
Bir yarim ming yillik supersikl davomida uch yuqori uzoq muddatli madaniyat dinamikasini, sivilizatsiya siklini ajratish mumkin.
Vizantiya madaniyati xristian cherkovi ta’siri ostida rivojlandi. Me’morlar Isidor va Anfiliy 523-537 yillarda mashhur Sofiya ibodatxonasini Konstantinopol shahrida bunyod qildilar. Ibodatxonalarda payg’ambar- avliyolar suratini chizish keng tus oldi. Vizantiya cherkov madaniyati ta’siri ostida rus yerlarida cherkov me’morchiligi rivojlandi.
Ilk o’rta asrlar G’arbiy Yevropa madaniyatida Qadimgi Rim madaniyatidan orqaga chekinish yuz berdi.
Lekin shu bilan bir vaqtda bu sivilizatsiyaning bosh yo’lidan chekkada turgan Yevropaning o’nlab qabila va xalqlari uchun madaniyatni cho’qqilarini egallashda bir qadam olg’a tashlash demak edi. Aynan ilk o’rta asrlarda kelajak o’rta asr madaniyatini belgilagan tub vazifalar yechildi. Jahon tarixida va qandaydir madaniy tarixiy birlik sifatida huquqiy Yevropa sivilizatsiyasining asosini yaratish vazifasi hal qilindi. Aynan ilk o‘rta asrlarda antik dunyoning hamda Sharq va G’arb sivilizatsiyasi mahsuli bo’lgan madaniy- ma’naviy me’rosini sintezi asosida shakllangan Yevropaning o’z madaniyati tarixini boshlanishi ilk o’rta asrlardan edi. O’rta asrlar Yevropa madaniyatining shakllanishiga Sharqning boy madaniyati bilan bo’lgan har tomonlama aloqalar ta’sir ko’rsatdi. Evropa Sharqning noyob madaniy yutuqlarini to’la o’zlashtirib oldi va uni o’z madaniyati poydevorini yaratishda unumli foydalandi. Sharq bilan savdo aloqalari, Arab xalifaligining Evropaga boy Sharq madaniyatini olib kirishi, salb yurishlari kelajak Evropa ma’naviy-madaniy taraqqiyoti uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi.
G’arbiy Yevropa madaniyatining yuksalishi X asrdan boshlandi. Bu me’morchilikda yaqqol aks etdi. Me’morchilikda X-XII asrlarda roman usuli yetakchi o’rin egalladi. Haykallar bilan mo’l-ko’l bezatilgan ulkan ibodatxonalar qurildi. Keyinchalik me’morchilikda gotika uslubi paydo bo’ldi. Reymsdagi,Kyolndagi, Siyenadgi ibodatonalar gotika me’mor chiligining mahsulidir.
Ritsar madaniyati “Rolland tog’risidagi qo’shiq” (Fransiya), Nibelunglar qo’shig’i (Germaniya), qirol Artur va doira stol ritsarlari to’g’risidagi kelt eposida, Tristan va Izolda to’g’risidagi ertak, ko’p sonli ritsar romanlarida o’z ifodasini topdi.O’rta asrlar Yevropasining tasviriy san’ati bibliya motivlari bilan to’la edi.
Ikkinchi yuqori uzoq muddatli sikldia gumanizm ustivor ahamiyat kasb etdi. U uyg’onish bayrog’i bilan boshlangan uyg’onish boshlarida Dante Aligeri (Ilohiy komediya) va Franchesko Petrarka turdilar. Italyan uyg’onish (Renessans) davri 3 asrni qamrab olib, protorenessans (XIII asr oxiridan), ilk Renessans(XV asrdan), yuqori Renesans (XV asrning g’oyalari), so’ngi Renessans (qaysiki ko’p miqdorda Venetsiyaga tegishli XV asr oxirida)ga bo’lindi. G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarda Uyg’onish davri zaif ifodalangan.
Uyg’onish davri san’atining shohi tasviriy san’at bo’ldi. Proto renessans davridayoq psixologik realizmni belgilari Jotto R ayniqsa uning mashhur (Iudaning o’pishi) freskasida, hamda ilk Uyg’onish davrida Sandro Botichelli ijodiyotida, uning eng mashhur “Veneraning tug’ilishi” asarida aks etdi. Tasviriy san’atning cho’qqisini Leonardo da Vinchi, Rafael Sante, M. Buonarotto va ijodiyoti va haykallarida erishdilar.
Yuqori va so’nggi uyg’onish madaniyatiga Jovanne Belli, Jorj Jone, Paolo Verzeni, Fitsion Vechello uning “Kesardinari”si, “Flora”, “Vakxaniliya”, “Kain va Avel”, “Tavba qilayotgan Mariya Magdalenna” noyob asari ajoyib hissa edi.
Germaniya “Uyg’onish an’analari” Albrext Dyurer asarlarida aks etdi. O’sha davrda Niderlandiya va Flandriya san’ati Yan Van Eyk, Iyronim Bosx, Bregel, Rubens, Rembrantning ijodiyotida eng cho’qqisiga chiqdi. O’sha davr ispan tasviriy san’atida El-Greko, Diego-Velaskes eng mashhurlar edilar.
Haykaltaroshlik (Nikolo Pizano, Donatello, Bruneleski, Mikelanjelo, Benvenito Chellini), me’morchilik (Ispaniyadagi Eskoriral saroy-monastiri, Florensiya, Venetsiyada, Pizadagi ajoyib ansambllar,Rimdagi muqaddas Pyotr ibodatxonasi), musiqa (1594 yildagi Ya Perining “Dafna” nomli birinchi operasi; Andreya va Jovanni Gabrieli, Ge Shyutes,I.S.Baxning to’plamlari), adabiyot (Torkvato Tasso, Rotterdamlik Erazm,Tomas Mor, Migel Servantes, Saks, Chosel, F.Rable), teatr san’ati (Italiyada niqoblar komediyasi., K.Marlo, V.Shekspir, Lope de Vega) rivojlandi.
I.Guttenberg kitob bosishni kashf qildi.1455 yilda Rimda birinchi bosma dastgoh o’rnatildi. Kutubxona va litseylar soni o’sdi.
Bu davrda O’rta Osiyoda, Temuriylar davrida ijtimiiy siyosiy jarayonlar tezlashadi. Hokimyatga Amir Temurning kelishi va markazlashgan davlat barpo etilishi bilan turli jabhalarda yuqori natijalarga erishildi. Ayniqsa bu davrda Sharqning ko’plab shaharlarida arxitektura san’atining yuksak namunalari yaratildi.Bu davr o’yg’onish davrining so’ngi bosqichi edi. Buni ayniqsa ilm- fan, tasviriy san’at, musavvirlik, me’morchilik, xattotlik va badiiy adabiyotda kuzatishimiz mumkin. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo’ldi. Bu davrda Samarkandda miniatyura maktabi shakllandi.Amir Temurning o’g’li Shohruh va nabirasi Ulug’bek bu siyosatni davom ettirishga harakar qildi.Amir Temur davrida O’rta Osiyoning mustaqil davlat sifatida birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruhiya, Shahrisabz, Qarshi kabi Sharqning go’zal shaharlarida hunarmandchilik sohalari rivoj topadi.
Falakiyotshunoslik fanida Ulugbek, Qozizoda Rumiy, Mavlono Ahmad, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar yaratdi. Tarix ilmida Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Mirzo Ulugbek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, yer kurrasini o’lchash va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasida Ulug’bek matematika, geometriya, falakiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Bunga matematikaga doir "bir daraja sinusni aniqlash haqida risola", falakiyotshunoslikka oid "Risolai Ulug’bek" va "Musiqa ilmi haqida risola" kabi asarlari misol bo’la oladi. Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod kildi. Badiiy ijodning g’azal, ruboiy, tuyuq, kabi turlari rivoj topgan.
XV asrning ikkinchi yarmi o’zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo’lib, bu yuksalish Temuriy Boyqaro va o’zbek adabiyotining porloq quyoshi A. Navoiy nomlari bilan bog’liq. Boyqaro hukmronligi davrida adabiyot, san’at va fanning ko’p sohalari rivojiga katta ahamiyat bergan. XV asrda o’zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho’qqiga ko’tarildi. O’zbek adabiy tili shakllandi.Temuriylarning adabiyot va madaniyat sohasidagi an’analari keyinchalik Boburiylar tomonidan Afg’oniston va Hindistonda, XVIII-X1X asrlarda Xorazm va Qo’qon xonligida rivojlantirildi. Movarounnahr va Xurosonda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda ro’y bergan madaniy yuksaklik butun musulmon sharqidagina emas, balki Yevropa mamlakatlarini kam hayratga soldi. Bu davrda Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limoti yuksak cho’qqiga ko’tarildi. Bu Yusuf Hamadoniy, G’ijdivoniy, Bahoviddin Naqshband, Xoja Ahror nomlari bilan uzviy bog’liq. Bu davrda tabobat ilmining yirik vakillari Burhoniddin Nafis, ibn Avaz Hakim al-Xirmoniy, Sulton Ali tabib Xurosoniy, tabib Xusayin Jarroh kabilar yashab o’tganlar. Samarkqand va Hirotda temuriylarning saroy kutubxonalari tashkil etildi. X1V-XV asrlar O’rta Osiyo xalqlarining musiqa va hattotlik san’ati taraqqiyotida ham yangi bosqich bo’ldi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar va muhofizlar, musavvir, hattotlar yetishib chiqdi.
Turli ijtimoiy siyosiy sabablar natijasida bu yuksalishlar tanazzulga uchradi. XVI asr boshida O’rta Osiyoda yangi sulola vakillari Shayboniylar tarix sahnasiga chiqdi. Bu davrda Temuriylar davri madaniyati asosida vujudga kelgan Shayboniylar davri madaniyati, ilm- fani sezilarli darajada rivoj topdi. Bu zaminda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Ko’plab fan sohalari (falakiyotshunoslik, tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix fanlari) rivojlandi. Bu davrda adabiyotda ham yuksalish ko’zga tashlanadi va bevosita bu sohalar rivojiga davlat boshliqlarining rahnamoligi ko’rinadi. Shayboniylar davri yutuqlaridan biri bu arxitektura sohasidir.Bunga misol tariqasida ular tomonidan bunyod etilgan, haligacha ulug’vorligini yo’qotmagan Buxoro, Karmana, Samarqand, Toshkentdagi tarixiy obidalar bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Uchinchi uzoq muddatli sikl feodal kapitalistik asr dinamikasida XVII asr o’rtalaridan XX asrning so’nggi o’n yilliklarigacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Bu vaqt yetuk industrial jamiyatni qaror topishi ma’naviy hayotga ta’siri, uning ritmini industrial tizim talablariga bo’ysundirish va nihoyat XX asr tushkunligining vaqtidir.
Bu davr dinamikasida bir necha qarama-qarshi an’analar mavjud edi. Bu birinchidan uyg’onish davri gumanizmi va yuqori ijodiyotini qabul qilish edi. Lekin uyg’onishning merosi o’zgarmay qolmadi, u jamiyat hayotining o’zgaruvchan sharoitlariga yangi tajribaga mos davriy isloh qilindi. Bunday o’zgarishlar Yevropada reformatsiya davrida, ma’rifatparvarlik davrida va ayniqsa XIX-XX asrlarda ro’y berdi. O’rta Osiyoda esa gullab-yashnagan Temuriylar davri madaniyati va undan keying Shayboniylar davrida ma’naviy-madaniy taraqqiyot sekinlashib tushkunlikka yuz tutdi. Diniy mutaasiblik, aqidaparastlik ustuvor ahamiyat kasb etdi. Lekin ayrim nodir asarlar bu davrda yaratildi. Yevropada boshqa bir anana qat’iy diniy aqidalardan ijodiyotning ozodligi yuz berib, san’at hayotiyroq tus oldi va insonga tomon yuz tutdi.
Uchunchi an’ana texnologik sivilizatsiya ta’siri ostida gumanistik an’analar, ularni yo’qotishdan iborat bo’ldi. Industrial jamiyat madaniyatini tarqalishi va rivojlanishining ilgari ko’rilmagan vositaslarini yaratdilar (radio, kino, televideniya), turli mamlakatlar va hududlarda madaniyatni yaqinlashuviga olib keldi. Madaniyatda industrial davrning mashinalashgan tuzumi ta’sirining salbiy tomonlari madaniyatning aristokratik va xalqchil asoslarini buzushda, uni ommaviy, o’rtacha darajada bo’lishida ko’rildi. Mashinalashgan tuzum va axborot portlashlari aholining o’sib borayotgan harakatchanligi va ta’limning unifikatsiya qilinishi xalq madaniyatining buzilishi an’anaviy uzatish an’analarini buzilishidan saqlash va qayta ishlab chiqarishni buzilishiga olib keldi. Madaniyat o’ziga xos milliy, hududiy jihatlarini yo’qotadi, madaniy an’analarning mustahkam iplarini uzdi.
Uch asrdan ko’proq vaqt davomida bir necha uzoq muddatli sikllarni ko’rsatish mumkin:
1650-1789 yillar – ingliz va fransuz inqiloblari oralig’ida industrial jamiyatning madaniyatini hukmronligining qaror topishi va tarqalishi;
1790-1870 yillar – industrial madaniyatining yetuklik davri va uning oliy yutuqlari;
1871-1930 yillar – so’ngi industrial jamiyatning qarama-qarshiliklarining keskinlashuvi vaqti, uning tushkunligining boshlanishi;
1931-1985 yillar – industrial madaniyatining keskin tushkunligi va yemirilishi davri, uning o’rta totalitar shakllarini paydo bo’lishi va ularni bartaraf etilishi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish