Uchinchi uzoq muddatli sikl bosqichi (1831-1894 yy)da biologiya, elektr nazariyasi, ximiya va jamiyatshunoslik fanlari yetakchi o’rinni egalladi.
Biologiya fanining taraqqiyotida Ch.Darvinning evolyutsiya nazariyasi markaziy hodisa bo’ldi. Darvin o’zining bosh asari “Turlarning tabiiy fanlar yoki hayot uchun kurashda qulay nasllarni saqlanishi” asarini chop etish uchun “Bigl” kemasida dunyo bo’ylab sayohati vaqtida katta miqdorda material to’plab uni 23 yil davomida qayta ishladi. Asar juda katta qiziqish uyg’otdi, ayniqsa vorisiylik nisbati, o’zgaruvchanlik va tanlov, odamning maymundan kelib chiqishi xulosalari jamoatchilik orasida katta bahs-munozarani tug’dirdi.
Ch.Darvinning kashfiyoti botanika, zoologiya fanlari sohasida o’nlab-yuzlab tadqiqotchilarning asarlarining xulosalari asosida tayyorlangan edi. U dunyoning ilohiy paydo bo’lishi to’g’risidagi tushunchalarga o’rin qoldirmay, yerda hayotning kelib chiqishi va uning taraqqiyoti mexanizmlariga bo’lgan qarashlarda inqilobiy to’ntarishni kiritdi.
Monax Gregol Mendel no’xatni ko’paytirish tajribalarini olib borib genetikaning asosiy qonunini shakllantirdi. U qonuniyatli izchillikda avloddan-avlodga o’tadigan nisbiylikning boshlang’ich birliklari genlarini ochdi. Shleyden va Shvann organizmlarni to’qimalardan tuzilishi va evolyutsiyani kashf qildilar. Bu Fon Beruga yangi fan embriologiyani shakllantirishga imkoniyat yaratdi.
Biologiyada erishilgan yutuqlar ximik Lui Paster tomonidan mikroblarning kashf qilinishi, biologiyaning yangi bo’limi mikrobiologiyani shakllantirishda o’z aksini topdi. Bu fan chorvachilik va tibbiyotda keng qo’llanila boshlandi. Bu kashfiyotlar Pasterning XX asrdagi Biokimyo inqilobining darakchilaridan biri qildi. Kimyoning rivojlanishida ayniqsa, organik kimyoda katta yutuqlarga erishildi. Tadqiqotlar natijasida Dyuma Fon Liba turli kimyoviy modda va birikmalarni ishlatish va ishlab chiqarishning yangi imkoniyatlarini ochdi. D.I.Mendeleyev 1869 yilda davriy sistemani tuzishi o’sha vaqtda fanga ma’lum bo’lgan barcha elementlarni yangi tizimga solish imkoniyatini yaratdi.
Fizikada eng katta kashfiyotlardan biri elektr nazariyasini yaratilishi va uni amaliyotda foydalanishga yo’naltirish bo’ldi. 1831 yilda Maykl Faradiy elektr va magnetizm o’rtasidagi o’zaro aloqani ochdi. Bu elektr-magnetizmning asosi bo’ldi. K.Maksvell elektro-magnit nazariyasini matematik asosladi. 1888 yilda Gerd elektro-magnit to’lqinlarini efirga uzatish imkoniyatini namoyish qildi. Bu radio aloqaning asosi bo’ldi. Qilingan kahsfiyotlar natijasida asr oxirida telefon va radio aloqa ixtiro qilindi. Dinamo mashina yaratildi. 1872 yilda Ladigin cho’g’lanadigan lampochkani ixtiro qildi. 1881 yilda Edison elektr energiyasining taqsimlashni tarmoqli shoxobchasi bilan elektrostansiyani yaratdi. Bu bilan elektrotexnika ishlab chiqarish va maishiy sohani elektrlashtirish asoslari qo’yildi.
Metallurgiyaga bo’lgan ulkan talab po’lat quyishni yanada samarali metodlari kashf olib keldi (Bessener, Simens, Tomas). Shuningdek bu geologiya boshqa texnik fanlarni rivojlantirishga olib keldi.
Shunday qilib XIX asrning oxirlarida tabiiy fanlar tizimlashtirildi. Nazariy tadqiqotlarni amaliy qo’llash eksperimentlarini mustahkam poydevori yaratildi.
Ijtimoiy fanlarda eng avvalo yetuk kapitalistik jamiyatda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan iqtisodiyot nazariyasida chuqur o’zgarishlar yuz berdi. Bu sohada K.Marksning “Kapital” asarini chop etilishi katta voqea bo’ldi. Qiymat nazariyasi qo’shimcha qiymat nazariyasi bilan to’ldirildi. Uning ko’rinishining ko’p xil shakllari ochildi (foiz, foyda, renta, tadbirkorlik daromadi, savdo foydasi va boshqalar). kredit, pul muomalasi, moliyaviy muvofiqlashtirish, yer renytasini shaklantirish va taqsimlash, kapital oboroti aylanishini nozik mexanizmlari tadqiq qilindi.
Siyosiy iqtisodning boshqa maktablari marksizm bilan munozaraga kirishdilar. Iqtisodiyot yo’naishida alohida sohalar rivojlandi. Avstriya maktabi (K.Bemger, E.Bem-Baresk). Ular tovarlarning iste’mol qiymatini, ularning foydaliligini me’yoriy tadqiqotiga alohida e’tibor berdilar. Angliyadagi Kembrij maktabining asoschisi A.Marshall “Siyosiy iqtisod prinsiplari”(1890 yil) asarida baho nazariyasi, uning tuzilishi, talab omillariga e’tibor berdi. Matematik maktab L.Valras, N.Pareto, J.Vons va boshqalar iqtisodiy tadqiqotlarda matematik metodlardan foydalanish asoslarini yaratdilar.
Falsafada turli maktab va yo’nalishlarning soni tez o’sdi. Markscha falsafa bilan bir qatorda, vulgar materialistlar (Moleshott) pozitivizm (O.Kont, J.S.Mill,G. Spenser). Neokantchilik, neogegelchilik, intuitizm va boshqalar keng rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |