O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet24/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

O’tish davri: Mezolit. Mezolitni o’tish davriga mansubligini qanday asoslash mumkin. O’tish davri qadimgi Old Osiyo uchun taxminan er. avv. 10-8 ming yilliklarga tengdir.
Bu vaqtda yirik ekologik tushkunlik yuz berdi.Yerning yashashga yaroqli quruqlik qismida iqlim sharoitlari, flora va fauna o’zgardi. Yirik hayvonlar kamaydi, asosiy oziq – ovqat manbai bo’lgan ovning unumdorligi pasaydi. O’q – yoyni o’zlashtirishi mezolitning mashhur kashfiyoti edi. Kamon, o’q – kamon ipi – degan edi, F.Engels juda murakkab qurolni tashkil qiladi, uni kashf qilish, uzoq to’planadigan tajribani va rivojlangan aqliy qobiliyatni, shuningdek, bir vaqtni o’zida boshqa kashfiyotlarni bilishni talab qiladi. O’q uchlari, nayza, garpunlar, otiladigan kalta nayzalar tayyorlana boshlandi.
Odamlar baliq ovida qarmoq va to’rlardan foydalana boshladilar, loydan idishlar tayyorlay boshladilar. Ibtidoiy jamoalar tirikchilik uchun yangi ovqat manbalarini, tabiatda tabiiy qayta ishlab chiqarishdan qaramlikni kamaytirishning yangi usullarini izlay boshladilar.
Bu jarayon ming yillarni qamrab oldi, lekin natijada asosiy oziq – ovqat mahsulotlarini sun’iy qayta ishlab chiqarishga asta – sekin o’tish boshlandi. Ishlab chiqarish xo’jaligi – dehqonchilik va chorvachilik paydo bo’ldi. Birinchi ekin tariq edi. Undan keyin boshqa donli ekinlar o’zlashtirila boshlandi.
Er. avv. 10-8 ming yilliklarda Falastin, kichik Osiyo, Eronda, er. avv. 6 ming yillikda Misrda, er. avv. 5-4 ming yillikda O’rta Osiyoda g’alla ekila boshandi.
Mezolit davrida echkilar, qo’ylar, eshak (oldinroq it), keyinchalik yirik shoxli mollar, cho’chqa madaniylashtirildi. Albatta, suyak va tosh motigalar bilan yerga ishlov berish kam hosilli, qo’lga o’rgatilgan hayvonlar sut, jun, go’sht berar edi. Lekin, bu yirik texnologik to’ntarishning boshlanishi edi. Qaysiki u yangi iqtisodiy ukladning shakllanishiga yordam berdi. Mehnat unumdorligiga qarab jamoa va oilalarni mulkiy tabaqalanishi kuchaydi. Ilgari foydalanilmagan o’tloqlar, ekishga yaroqli bo’lgan yerlarni o’zlashtirish ehtiyoji tug’ildi: urug’- qabilalar o’rtasida yer, o’tloq, podalar uchun to’qnashuvlar kuchaydi. O’sha davrga tegishli qoyatosh tasvirlarida jang manzaralari mavjuddir. Ovchilik qurollari (o’q-yoy, o’qlar, nayza, tayoq) odamlarni o’ldiradigan qurol sifatida foydalanila boshlandi.
Dehqonchilik mashg’uloti muqim turmush tarzini talab qildi. Aholi ko’pgina manzilgoh, qo’rg’onlarni barpo qila boshladi. Ba’zida devorlar bilan o’ralgan Falastinda (Ierixon), Kichik Osiyoda (Chatalguyuk), Suriya va Hindistonda (Bahor) kabi qo’rg’onlar paydo bo’ldi.
Chorvadorlar yaylovlarning o’t-xashak zahiralarini tugatib boshqa hududlarga ko’chdilar, tabiiyki ular o’zlari ko’chib borgan yangi hududlarda yashab turgan boshqa urug’-jamoalar bilan to’qnashdilar. Er. avv. 8-7 ming yilliklarda Yevro Osiyo qabilalari Shimoliy Afrika, Yaqin Sharqning cho’l yaylovlariga ommaviy ravishda ko’chib joylashdilar. Insonning ma’naviy dunyosida ham o’zgarishlar ro’y berdi. Dehqonchilik va chorvachilikni o’zlashtirgan jamoalar tabiiy jarayonlarni, o’simliklarni o’stirishning yilliklarini, hayvonlarni o’stirishning ko’p yillik sikllarini bilishni yuqoriroq darajalariga tayandilar. Ovchi qabilalar ham tobora kamayib borayotgan hayvonlarni ov qilishning yangi takomillashgan usullaridan foydalana boshladilar. Yuzaga kelayotgan jamiyatning tuzilishi murakkablashdi, faoliyat turlari ko’paydi (tosh, yog’och, suyakdan mehnat qurollarini tayyorlash, yerga ishlov berish, mol boqish, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, uy-joy qurilishi va h.k.)
Bu iqtisodiy va jamoa ichidagi munosabatlarni, mahsulot taqsimotini tartibga solishni murakkab, tabaqalashtirilgan, murakkablashtirilgan qoidalarini talab qilar edi. Natijada mezolit davridagi mavjud qarama-qarshiliklarni yengib o’tish natijasida uning bag’rida birinchi sivilizatsiya-neolit tug’ildi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish