O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet21/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

To’rtinchidan, odamni boshqa mavjudotlardan ajratadigan g’oyalarining mavjudligi, maqsadga intilish qobiliyati, bu umumlashtirilgan qarashlar tizimi mafkurada ifodalanadi. Mafkura-odamlarning ko’p qirrali faoliyatlarini, maqsadlari va motivlarini belgilaydigan qarashlar tizimidir. U odamlarni, o’zaro muloqot, qarashlari va manfaatlari yaqin bo’lgan fuqarolar, siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlarni birlashtiradi. Mafkura u yoki bu dinning qonun-qoidalar tizimida qisman aks etgan, mustahkamlangan qadriyatlar tizimiga asoslanishi mumkin. Inson g’oyalarini amalga oshirish maqsadida o’z-o’zini cheklashga va o’z hayotini qurbon qilishga qodir bo’ladi.
Beshinchidan, ma’naviy qadriyatlar dunyosiga ta’limni kiritish mumkin. Ta’lim bu-to’plangan bilim va ko’nikmalarni, estetik qadriyatlar, axloqiy norma, g’oyalar va maqsadlarni avloddan-avlodga merosiy uzatish qobiliyati va metodlaridir. Tajriba-ko’nikmani uzatish hayvonlarga ham xos xususiyatdir. ayiqning onasi-ayiqchani ikki yil o’rgatadi, qushlarga esa maktab bir necha oy yoki haftalar bilan cheklanadi. Bu yerda instikt hal qiluvchi rolga ega. Insonda esa boshqacha: bu yerda o’rgatish bir-ikki o’n yillikga cho’zilib ketadi. Oilada ilk bilim ko’nikmalari olish boshlanib maktab, litsey-kollej, oliy o’quv yurti bilan tugaydi; bilim-ko’nikmalarni to’ldirish odamning hayotini so’ngi damlariga qadar davom etadi. Ta’lim mustaqil ijtimoiy muassasaga, xalq xo’jaligining sohasiga aylandi va shu bilan bir vaqtda inson ma’naviy dunyosi unsurlarining qayta ishlab chiqarish shakli, uni bosqichma-bosqich ko’tarilishi bo’ldi. Shu bilan birga bir qismi eskirib qolgan bilimlar va ko’nikmalar, qadriyatlar, norma, g’oyalar yo’qoladi, “yuviladi” va bir vaqtning o’zida ma’naviy dunyoning boyligi o’sadi, yangi avlodlarning tajribasini singdirib, yanada ko’p xilli va murakkab bo’ladi.
Inson yaratgan boy, murakkab ziddiyatli ma’naviy va moddiy dunyo tarixiy jarayonning mantiqini shakllantirib doimo o’zgaradi. Bu jarayonning alohida bosqichlari, fazalari sikllarining bo’lishga qanday mezonlarni asos uchun qabul qilish mumkin?
Yuqorida keltirilgan fikrlardan bu savolga oddiy bo’lmagan javob kelib chiqadi, qaysiki ko’pincha nima birlamchi ong yoki materiyami, yoki ruhmi deb shakllantiriladi. Ming yillar davomida bu savolga javob bo’yicha falsafa maktablari bahslashdilar va ajraldilar (materialistlar, idealistlar). Har bir holatda inson-tarixiy jarayonning sub’ekti emas, ob’ekti bo’ldi.
Albatta ongni kelib chiqishi, inson onggi, biologik vorisiylik yadrosi unsurlarining barcha o’xshashligi bilan insonning o’zi ham rivojlanayotgan materiyaning mahsulidir. Miyasiz ong mavjud bo’lmaydi, miya bu neytronlarning majmuasini ota murakkab tuzilishidir. Odam o’zini yaratgan materiyaning kengligidan ajralib, statistika qonunlariga, jamiyat dinamikasi va genetikasiga bo’ysunib o’z taqdiriga ega bo’ldi. Inson nafaqat bu qonunlarga bo’ysunadi, balki uni biladi va ulardan o’z maqsadlarida foydalanadi.
Turli odamlar, ularning guruhlarini bilish darajalari, estetik baholari, axloqiy qoidalari, ma’lumot darajalari saviyasi o’ta farq qiladi. Ularni manfaatlari ko’p hollarda qarama-qarshi, shuning uchun tarixiy progressning yo’li mashaqqatli va o’nqir-cho’nqirdir.
Insoniyatning ikki yoqlamaligini, jism va ruhning intilishlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni er. avv. I asrdayoq rimlik tarixchi Gay Sallyustiy Krisp shunday ta’kidlagan edi: “Barcha bizning mavjudligimiz jism va ruhga bo’linadi. Ruh odatda hukmronlik qiladi, jism xizmat qiladi va bo’ysunadi, ruh bilan, xudolar bilan teng egalik qilamiz, jismga-hayvon bilan.” (23. c.35.) Insondagi jismoniy va ruhiy bog’lanish va bir-birisiz yashash mumkin emas. Lekin ulardan har biri o’z shaxsiy, insonning hayot sikllari bilan o’zaro bog’langan qonunlar bo’yicha ham rivojlanadi. Insoniyatning ko’p yillik tarixi davomida odamning gavda va fiziologik xususiyatlari biologik tur sifatida deyarli o’zgarmadi. Lekin insonning ma’naviy dunyosi, ayniqsa uning bilim doirasi, malakalari, ularni ta’lim tizimi orqali uzatish ko’p marta boyidi.
Umumiy tarixiy an’ana (uni insoniyat taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlari sifatida qarash mumkin) shundan iboratki, insonni Homo sapiens turi shakllanish manbalaridan uzoqlashib borishi bilan jamiyatning ma’naviy sohasi uning dinamikasini belgilab yanada ko’proq ahamiyat kasb etadi. Inson tomonidan yaratilgan, uning mehnati bilan o’zgartirilgan tabiat buyumlari yanada oshadi; lekin bu-ilmlarning buyumlashgan kuchi, boshqacha qilib aytganda inson ma’naviy dunyosining kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish natijalaridir. Biroq, jamiyat taraqqiyoti-to’g’ri chiziq emas; m’anaviy qayta ishlab chiqarish dinamikasida navbatdagi bosqichga chiqish egri-bugri tarzda yuz beradi, vaqti-vaqti bilan madaniy qatlamlar butunlay yo’qoladi.
Inson moddiy va ma’naviy dunyosining barcha boyligi-uning o’z mehnatining natijasi, o’z-o’zini rivojlantirishidir. U ollohning ijodi, boshqa planetadagilarning ehsoni emas. Tarix-jamiyatning o’z taraqqiyotini yilnomasi, uni mag’lubiyat va g’alabalari, yutuq va omadsizliklari, tarixiy progressning bosqichdan - bosqichga azobli harakatidir.
Yuqorida aytilganlardan tarixni davrlashtirishning mezonlariga yangi yondashuv kelib chiqadi.
Eng avvalo tarixiy jarayon mantiqiga keng tarqalgan yondashuv bilan bahslashish zarur. Bu yondashuvda keyingi tarixiy davrga o’tishini boshlanishiga birinchi turtki, moddiy ishlab chiqarish-kuchlari taraqqiyotida navbatdagi bosqich-ishlab chiqarish vositalari (mehnat qurollari va predmeti, energiya manbalari, ishlab chiqarishga tortilgan tabiat kuchlari) insonning bilim va ko’nikmalari darajasini aks ettiradigan, uning maqsadga yo’naltirilgan irodasi, mehnat faoliyati mahsulotlari deb hisoblaydi. Bosh ishlab chiqarish kuchi-bu uning ehtiyoj va qobiliyatlari, bilim va ko’nikmalari, xohish va irodasi bilan insonning o’zidir. Qoniqtirilmagan ehtiyoj insonni o’z aql-zakovatini, o’rab turgan muhitni o’zgartirishga safarbar qilishga undaydi, bilimlarga chanqoqlik va faol harakat zarurligini, tushunishni tug’diradi. Keyingi har bir avlod ehtiyojlarini sakrashsimon o’sishi ularni to’la qondirish uchun moddiy va ma’naviy qayta ishlab chiqarishda, mulkchilik shakllari, ijtimoiy-siyosiy ustqurmada tub o’zgarishlar asosida samarali yo’llarni izlashga kuchli turtki beradi.
Jamiyatda ahamiyatli bo’lsada, lekin ishlab chiqarish munosabatlari, mulkchilik shakllari tarixiy davrlarni davrlashtirishda bosh va hal qiluvchi mezon bo’lib xizmat qilishi mumkin emas. Ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish, ularni almashuvi, ular insonning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qanchalik darajada qondirishiga, yordam berishiga bog’liq. Jamiyat hayotidagi tub yangiliklarni yuz berishi sababli odamlar ularni zaruriyatligini angladilar va o’z tushunishlari hajmida ongli amalga oshirdilar. Ongdagi o’zgarishlargacha ijtimoiy ongda, moddiy ishlab chiqarishda, mulkchilik shakllaridagi o’zgarishlar bo’lib o’tadi. Odamlar o’z tarixining ijodkori bo’ladilar.
Mulkchilik shakllarining almashuvi asosida tarixiy davrlarni davrlashtirish mukammalikdan uzoq. Tarixni davrlashtirishda yangi mezonlar izlash zarur. Quyidagi taklif etilayotgan yondashuv insoniyat harakatini davrdan-davrga ma’naviy-ijtimoiy bog’lanishni birlamchiligidan anglangan ehtiyojlar ustuvorligidan kelib chiqadi. Qaysiki u odamlarni yangi bilim va ko’nikmalarni egallashga, atrof dunyoni o’zlashtirishga, ishlab chiqarish va moddiy ne’matlarni va xizmat ko’rsatishni almashuvi, vositalarini va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish usullarini ijtimoiy-siyosiy va davlat munosabatlari, huquq normalarini o’zgartirishga undaydi. Shuningdek harakat notekis tushkunliklar va yorib o’tishlar-nisbatan silliq, evolyutsion rivojlanish davrlari almashuvi, tarixiy progress avangardiga goh bir-goh boshqa mamlakat, xalqlarni chiqishi yuz beradi. Aynan yo’lboshchilarda keskin tafakkur faoliyatiga yo’naltirilgan inson ruhi parvozi kuzatiladi, parvoz jamiyatni barcha sohalarini qamrab oladi, keyin uning intensivligi pasayadi.
Navbatdagi bosqich cho’qqisiga erishib jamiyat ayniydi. Tugatgan texnologik tizimlar va iqtisodiy sikllar tez o’sayotgan ehtiyojlarni qondira olmaydilar. Hukmron elita bu ziddiyatlarni tashqi manbalar, boshqa hududlarni bosib olish hisobidan yechishga urinadi. Lekin bu tushkunlikni chuqurlashtiradi va turg’unlikka olib boradi. Ertami, kechmi baribir tushkunlik yuz beradi, ishlab chiqarish kuchlarining bir qismini buzilishi va yo’qotishga, jamiyatni texnologik va o’z navbatida va axloqiy degradatsiyasiga olib keladi. Lekin bir vaqtning o’zida yangilangan, ba’zida yangi yorib o’tish urug’i yetiladi. Bu yerda biz tarixiy sikllar tushunchasiga yaqin kelamiz.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish