O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish



Download 356,97 Kb.
bet38/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171
Bog'liq
IPK

76-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Ishda mavjud bo‘lgan hujjatlarni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, ularning asli sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ushbu shaxslarga, agar sud hujjatni qaytarish nizoning to‘g‘ri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini taqdim etadi yoki ishda qolayotgan ko‘chirma nusxaning asliga to‘g‘riligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 75, 77 — 79, 192-moddalari.
77-modda. Ashyoviy dalillar
O‘zining tashqi ko‘rinishi, ichki xossalari va mazmuni, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qila oladigan ashyolar ashyoviy dalillardir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 76, 78. 79-moddalari.
78-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash
Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi.
Sudga keltirib bo‘lmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur bo‘lgan taqdirda esa muhrlab qo‘yilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim.
Sud va saqlovchi ashyoviy dalillarni o‘zgarmaydigan holatda saqlash choralarini ko‘radi.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar o‘rtasida taqsimlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 77, 79-moddalari.
79-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ashyoviy dalillar kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi yoxud sud belgilaydigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi.
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan bo‘lsa va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning to‘g‘ri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga ishni yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin.
Sud ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin bo‘lmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 78-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish