O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish



Download 356,97 Kb.
bet35/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   171
Bog'liq
IPK

70-modda. Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish
Sudga olib kelish imkoniyati bo‘lmagan yoki olib kelinishi qiyin bo‘lgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni sud ular turgan joyda ko‘zdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Zarur hollarda, dalillarni ko‘zdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 51-moddasi.
Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan darhol ko‘zdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin.
Yozma va ashyoviy dalillarni ular turgan joyda bevosita ko‘zdan kechirish va tekshirish jarayonida ushbu Kodeksning 201-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan bayonnoma tuziladi.
Dalillarni mustahkamlash uchun bayonnoma tuzish bilan birga audio-, videoyozuvga olish, fotosuratga tushirish, ko‘chirma nusxalar, rejalar, chizmalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Dalillarni mustahkamlashning bunday usuli qo‘llanilganligi bayonnomada aks ettiriladi, ma’lumotlarni aks ettiruvchi materiallar bayonnomaga ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 69, 71 — 79, 203-moddalari.
71-modda. Dalillarning aloqadorligi
Sud faqat ishga aloqador bo‘lgan dalillarni qabul qiladi.
Agar taqdim etilgan dalillar ko‘rilayotgan ishga aloqador bo‘lmasa, ular ish materiallariga qo‘shib qo‘yilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 70, 72 — 79-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 261-sonli Qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisi, 7, 20-bandlari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish