O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi



Download 356,97 Kb.
bet17/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171
Bog'liq
IPK

2-§. Sudlovga tegishlilik
32-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi
Oldingi tahrirga qarang.
Sudga taalluqli ishlar tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘riladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari:
taraflardan biri O‘zbekiston Respublikasi norezidenti — chet el shaxsi bo‘lgan ishlarni;
chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qo‘yish va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘z ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.
Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘riladi.
(32-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
33-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari
Yuridik shaxslarga nisbatan da’volar ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi.
Yuridik shaxslarga nisbatan ularning alohida bo‘linmalari faoliyatidan kelib chiqadigan da’volar alohida bo‘linmalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi.
Fuqarolarga nisbatan da’volar ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish