332-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi va muddati Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan birinchi sud majlisi arizani ish yuritishga qabul qilish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak.
(332-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 328 — 330, 332-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi. 333-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqariladigan ajrim Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda ko‘radi.
LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 328 — 332-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 14 — 17-bandlari. [OKOZ: