O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi



Download 356,97 Kb.
bet153/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   171
Bog'liq
IPK

297-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ko‘radi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha birinchi sud majlisi kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; da’voning predmetini yoki asosini, da’vo talablarining miqdorini o‘zgartirish haqidagi; qarshi da’vo taqdim etish to‘g‘risidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi.
Kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.
Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining, apellatsiya instansiyasi sudi qarorining mazmunini, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va unga doir kelib tushgan yozma fikrni bayon qiladi. Shundan so‘ng sud sud majlisida hozir bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular kassatsiya shikoyatida (protestida) ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha dalillar taqdim etishga ham haqli.
Dastlab kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar so‘zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan so‘ng kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e’lon qilinadi va u ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Qaror besh kun ichida to‘liq hajmda tuziladi va imzolanadi.
Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning to‘liq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini tushuntiradi.
(297-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish