114-modda. Da’voning bahosi Da’voning bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1) pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha –undiriladigan summadan kelib chiqqan holda;
2) mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda;
3) ijro etish hujjatini yoki undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda;
4) mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — shu mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda;
5) yer uchastkasini talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — yer uchastkasining belgilangan bahosi bo‘yicha qiymatidan kelib chiqqan holda, bahosi mavjud bo‘lmaganda esa bozor bahosiga ko‘ra.
Da’voning bahosiga da’vo arizasida ko‘rsatilgan neustoyka summalari ham kiritiladi.
Bir nechta mustaqil talabdan iborat da’voning bahosi barcha talablarning summasi bilan aniqlanadi.
Da’voning bahosi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, baho sud tomonidan aniqlanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.04.2008-yildagi 180-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 4.1, 4.2-bandlari. [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji to‘lovchilar va undiriladigan obyektlar]
[TSZ: 1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
115-modda. Davlat bojini qaytarish Oldingi tahrirga qarang. Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim.
(115-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Sud hujjatida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat boji to‘langan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan da’vo arizalari (arizalar), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha hamda davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlari bo‘yicha davlat bojini qaytarish sud tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
(115-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.04.2008-yildagi 180-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 13-bandi.