100-modda. Da’voni ta’minlash tufayli javobgarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash Da’voni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin javobgar da’vogardan da’voni ta’minlash tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashni o‘sha sudda da’vo taqdim etish yo‘li bilan talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi. 9-bob. Ish yuritishni to‘xtatib turish 101-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart:
1) mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmaganda;
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2012-yildagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi. 2) javobgar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da’vogar-fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 46-moddasi. 4) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro muomala layoqatini yo‘qotganda;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi. 5) taraf sud tomonidan tan olinishi va ijroga qaratilishi to‘g‘risida ko‘rilayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini bekor qilish yoki uning ijrosini to‘xtatib turish haqida vakolatli organga iltimosnoma berganda.
Oldingi tahrirga qarang. 6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilganda.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 102 — 107-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01.2006-yildagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.