O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi



Download 356,97 Kb.
bet45/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
Bog'liq
IPK

8-bob. Da’voni ta’minlash
93-modda. Da’voni ta’minlash asoslari
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
Da’voni ta’minlashga, agar shunday choralarni ko‘rmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoxud bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi.
Davlat foydasiga mulkiy undirish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud da’vogarning arizasiga ko‘ra da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjati qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga zid harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’voni ko‘rishda sud da’vogarning arizasi bo‘yicha da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 94 — 100, 214-moddalari.
94-modda. Da’voni ta’minlash choralari
Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin:
1) javobgarga tegishli mol-mulkni yoki pul mablag‘larini xatlab qo‘yish;
2) javobgarga muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash;
3) boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador bo‘lgan muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash;
4) da’vogar nizolashayotgan, undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat bo‘yicha undirishni to‘xtatib turish;
5) mol-mulkni xatlashdan ozod qilish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilgan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilishni to‘xtatib turish;
6) nizoli mol-mulk buzilishining, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatish;
7) nizoli mol-mulkni uchinchi shaxsga (saqlovchiga) o‘tkazish.
Sud da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralarni ko‘rishi mumkin, shuningdek da’voni ta’minlash bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta chora ko‘rilishi mumkin.
Da’voni ta’minlash choralari bildirilgan talabga mutanosib bo‘lishi kerak.
Da’voni ta’minlash choralari ko‘rilayotganda sud javobgarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning o‘rnini javobgarning iltimosnomasiga ko‘ra qoplashni ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93, 95 — 100-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 262-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 283-sonli Qarorining 18-bandi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish