O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi



Download 356,97 Kb.
bet30/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   171
Bog'liq
IPK

59-modda. Tarjimon
Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur tillarni bilsa ham tarjimon vazifalarini o‘z zimmasiga olishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 10, 21, 51, 60, 117-moddalari.
60-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega bo‘lmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish; sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi to‘g‘riligi xususida e’tirozlar taqdim etish huquqiga ega.
Tarjimon:
sud chaqiruvi bo‘yicha kelishi;
tarjimani aniq, to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirishi;
sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 59, 117-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining 03.07.1992-yildagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” gi Qonuni.
2-§. Sudda vakillik
61-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) vakillari yuritadi.
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 57-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi.
Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan o‘zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 62-moddasining birinchi qismi.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar yoki homiylar) himoya qiladi. Qonuniy vakillar sudda ish yuritishni o‘zlari tanlagan vakilga topshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksi 65-moddasi.
Agar qonunda bu bevosita nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillar bo‘lishi mumkin:
1) advokatlar;
2) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;
3) notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
4) qonunda boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari;
5) birgalikdagi protsessual ishtirokchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha;
6) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan sud tomonidan ruxsat berilgan boshqa shaxslar.
Sudda vakil sifatida ishlarni yuritish bo‘yicha professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish